بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati namoyishi
Hizb ut-Tahrir – Suriya viloyati a’zolari G‘arbiy Halabning Atorib shahrida juma namozidan so‘ng «2254 sonli qaror qo‘zg‘olonni yo‘q qilish va rejimni mustahkamlash qaroridir» nomli yurish o‘tkazdilar. Yurish qatnashchilari ko‘tarib chiqqan plakatlarda bunday deyildi: «Amerikaning siyosiy echimi rejimni yangi basharasi bilan qayta tiklashdir», «Amerikaning siyosiy echimi bir malayni boshqa malayga o‘zgartirishdir», «Amerikaning siyosiy echimi qo‘zg‘olonni tugatish va rejimga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonchilarni yo‘q qilishdir».
Idlib aholisi ham xuddi shunday yurish qilib, shahar ko‘chalarini aylanib chiqishdi. «Talabimiz qasos», nomli ushbu yurishda shaharlik ikki yigitni hech qanday aybsiz o‘ldirib yuborishgani uchun Tahriri Shom hay’ati xavfsizlik xodimlaridan qasos olishga chaqirildi. Namoyishchilar Tahriri Shom hay’ati va uning rahbari Juloniyga qarshi hayqirib, hay’atni Idlibdan chiqib ketishini talab qildilar. Namoyish boshida ishtirokchilar xavfsizlik xodimlari tomonidan qarshilikka uchradilar, ularni tarqatish uchun o‘qlar otildi… Biroq buning ortidan juda ko‘p odamlarning namoyishga kelib qo‘shilishi ortidan namoyish kuchayib, o‘z yo‘lini to‘g‘rilab oldi va Idlib ko‘chalarini aylanib chiqdi.
Roya gazetasining 2020 yil 6 yanvar chorshanba kungi 320-sonidan