Xalqaro konferentsiyalar va yahudiy vujudini qonuniylashtirish

260
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalqaro konferentsiyalar va yahudiy vujudini qonuniylashtirish

«Maan» axborot agentligi veb-saytida (hijriy 1432 yil 19 jumodulavval, milodiy 2021 yil 3 yanvar yakshanba kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Falastin tashqi ishlar vaziri Riyoz Molikiyning ta’kidlashicha, xalqaro tinchlik konferentsiyasini o‘tkazish bo‘yicha Mahmud Abbosning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro kelishuv mavjud.

Molikiy Falastin televideniesi o‘tkazgan «Milaful Yavm» dasturida bunday dedi: Falastin rahbari BMT bosh kotibidan konferentsiya uyushtirish va unga tayyorgarlikni boshlash uchun manfaatdor mamlakatlar bilan maslahatlashuvlarni boshlash mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishni talab qildi. Shundan keyin Abbos Bosh kotibdan javob maktubini oldi. Unda Bosh kotib Falastin rahbari taqdim etgan maktubni o‘qiganini va undagi aytilgan narsalarga roziligini, o‘zining ushbu maslahatlashuvlarni boshlashga javobgar ekanini ta’kidladi. Molikiy bu maslahatlashuvlarning shu yil avvalidan boshlanishini bildirdi.

Molikiyning ta’kidlashicha, Xavfsizlik Kengashining yangi yig‘ini shu yanvar oyi oxirida bo‘lib o‘tadi va unga Tunis raislik qiladi. Falastin tomoni Tunis bilan suhbat boshlab, ushbu yig‘inda qatnashish va unda ishtirok etuvchilar sonini oshirish, Falastin rahbarining xalqaro tinchlik konferentsiyasini o‘tkazish chaqirig‘ini amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlariga e’tibor qaratish haqida gaplashadi».

Roya:

Falastin rahbari Mahmud Abbosning tinchlik, deya da’vo qilingan xalqaro konferentsiyaga chaqirig‘i xiyonatdir. Bu chaqiriqda uni qo‘llab-quvvatlagan uning gumashtalari, Falastin jamoalari, musulmon yurtlar hukmdorlari, G‘arb davlatlari va xalqaro tashkilotlarning barchasi xoinlardir… Shuningdek, bu Falastin masalasini hal etish emas, balki muborak Falastin zaminidan voz kechib, uni bosqinchi yahudiy vujudiga oltin patnisda topshirishdir. Chunki xalqaro konferentsiyalar mustamlakachi davlatlarning, asosan, Amerikaning qo‘lidagi qurolidir. Ular bu konferentsiyalardan quyidagi maqsadlarni ko‘zlashadi:

–          Yahudiy vujudiga xalqaro qonuniylik berish, qog‘ozga yozilgan zaif davlatcha evaziga muborak zaminning katta qismini mana shu jirkanch vujudga topshirish, bu davlatcha zimmasiga shu vujudni mudofaa qilish vazifasini yuklash, Falastin ahlini bunga rozi bo‘lishlari uchun madaniy va iqtisodiy jihatdan tarbiyalash.

–          Yahudiylarning muborak zaminni bosib olishlari oqibatida kelib chiqqan musibatlarni muzokaralar orqali echish mumkin bo‘lgan gumanitar muammo, deb hisoblash. Ular yahudiylarning manzilgohlar qurishlari masalasini, suv masalasi, to‘siqlar masalasi va asirlar masalasini, Aqso masjidiga ibodat makoni sifatida kirishni, bularning barchasini o‘nlab yillar mobaynida yahudiy vujudi bilan muzokaralar o‘tkazish orqali echilishi mumkin bo‘lgan ishlar, deb hisoblashadi. Shu orqali ular yahudiy vujudining halovatini buzayotgan muammolarni hal qilib, manzilgoh qurayotgan yahudiylar tinchligini ta’minlamoqchilar, Falastin ahliga g‘amxo‘rlik qilmoqchi ham, muammolarini hal etmoqchi ham emaslar.

–          Yahudiy vujudi tayanchlarini mustahkamlash, uni mintaqa davlatlari doirasiga qo‘shish, malay rejimlarni u bilan munosabatlarni normallashtirishga undab, unga qarshi kurashga barham berish. Toki, bu bosqinchi vujud Islom Ummatining birlashishiga to‘siq bo‘lib, e’lon qilingan salibchilik kurashida oldingi safda xizmat qilsin. Toki, Ummatning Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalikni barpo etishi oldi olinib, uni haqiqiy dushmandan chalg‘itsin hamda shu zaif bosqinchi vujud bilan ovora qilib tursin. Zotan, mustamlakachi davlatlar tomonidan tuzilgan hamda o‘shalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, tiriklik omillari bilan ta’minlanayotgan bu vujud, aslida, Ummat tomonidan bir kundayoq yo‘q qilib tashlanishi mumkin darajada zaifdir.

Shubhasiz, muborak Falastin zamini masalasining yagona shar’iy echimi bor bo‘lib, bu echim na xalqaro konferentsiyalar uyalaridan o‘tadi va na BMTning badbo‘y yo‘laklaridan. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, muzaffar Salohiddin Ayyubiy ushbu muborak zaminimizni salibchilardan ozod etib, ularning qirolliklarini yo‘q qilgan. Demak, bu echim Ummatning ezib-yanchib tashlovchi ma’rakasida gavdalanadi. Bu echim Ummatning Sayks-Piko orqali yasalgan davlatchalarning o‘rniga Payg‘ambarlik minhoji asosidagi ikkinchi roshid Xalifalik davlatini barpo etishda o‘z aksini topadi. Ushbu Xalifalik davlati Rosululloh ﷺning Isro maskani bo‘lmish muborak zaminimizni ozod qilib, bizni va Islomimizni yomon ko‘ruvchi mustamlakachi davlatlarning yurtlarimizdagi ildizlarini qo‘porib tashlaydi, Islomni da’vat va jihod orqali butun dunyodagi insoniyatga nur, hidoyat, rahmat sifatida etkazadi.

Roya gazetasining 2020 yil 13 yanvar chorshanba kungi 321-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.