Putin: “Qirg‘iziston har safar ichki siyosatini G‘arb boshqaruviga muvofiqlashtirmoqchi bo‘lganida bir ishkal chiqadi”

281
0

Putin: “Qirg‘iziston har safar ichki siyosatini G‘arb boshqaruviga muvofiqlashtirmoqchi bo‘lganida bir ishkal chiqadi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot anjumanida bir jurnalistning “Rossiya MDH davlatlaridan yana birini yo‘qotish arafasida turibdimi? degan savoliga javob berayotib: “Qirg‘iziston har safar ichki siyosatini G‘arb qadriyatlariga muvofiqlashtirmoqchi bo‘lganida bir ishkal chiqadi” dedi.

Putin Qirg‘izistondagi notinchliklar avvalda ham bo‘lganiga ishora qilar ekan, “Ular zamondan oldinga sakramoqchi bo‘lishyapti. Masalan fuqorolarining bir necha yuz yillar shakllangan siyosiy ongi, balog‘ati, mintalitetiga bog‘liq deb, Frantsiyaning parlamentar tizimiga o‘tishi, Qirg‘izistonning bu darajada emasligiga dalolat qildi”, dedi.

Putin, Qirg‘izistonda kutilayotgan referendumga nisbatan o‘zining balki Rossiya siyosatining munosabatini bildirdi. Ular Qirg‘izistonda prezident boshqaruvi (diktaturasi) bo‘lishi tarafdoridir.

MDH davlatlari ichidan Qirg‘iziston xuddi Ukraina, Belorusiya singari G‘arb bilan Rossiya o‘rtasida qolgan navbatdagi davlat bo‘lib qolishi kutilyapti. Qirg‘izistonda har ikki tomonning siyosiy elektorati bor. Rossiyaning siyosiy doirasi ham parchalanib, uning siyosiy manfaatlari G‘arb hazorati bilan birlashib boryapti.

Rossiya nafaqat Qirg‘izistonda, balki butun MDH davlatlari ichki siyosatida o‘z nufuzini yo‘qotib boryapti. Bunga sabab Rossiyaning xalqaro siyosatdagi nufuzini tubanlab borayotgani, hamda undagi iqtisodiy investitsiya muhitining yo‘qolib borayotganidir.

Aslida, Rossiyaning o‘zining ichki siyosatini ham, Qirg‘izistonnikiga nisbatan ustunroq deyish qiyin. Undagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatlar ham Putin o‘ylaganchalik yoki yashirishga urinayotgandek mustahkam emas. Tabiiyki bunday zaiflashib borayotgan etakchi davlatlar vaqt o‘tishi bilan mustamlaka qilish yoki mustamlaka davlatlarini qo‘lida ushlab qolish mexanizmlarini yo‘qotadi.

Putin boshqaruvdagi kamchiliklari sababli mamlakati uchun strotegik ahamiyatli hududlarni yoki butun boshli mamlakatlarni boy berib borayotganini yashirishga yoki aybni o‘sha davlatlarning etakchiligi xiyonatiga yoxud G‘arb davlatlarining ularni ichki siyosatlariga aralashganlariga  ag‘darmoqchi bo‘lyapti. Lekin haqiqat ochiq oydan ko‘rinib turipti, Rossiya cho‘kib boryapti! O‘z mamlakatning farovonligini, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishini o‘ylagan davlat rahbarlari yoki siyosiy guruhlar ham, Rossiya bilan rivojlanishga umid qilmaydi. Tabiiyki davlat siyosatini ham u bilan bog‘lashga shoshilmaydi.

Qirg‘izistonda haqiqatda ham siyosiy maydon qizigan holicha turibdi. U hali ham, sovugan emas. Balki battar qizib boryapti desak to‘g‘riroq bo‘ladi.

Mo‘’min – Musulmon da’vatchi birodarlar! Vaziyat keskinlashib boryapti. Turli xil iflos kuchlar paydo bo‘ldi va ular jamiyatimizni egallab borishyapti. Biz faqat islomiy mafkura bilan ularning iflos, harom maqsadlarini oldini olib qolishimiz mumkin. Chunki millatchilik, vatanparvarlik, mintaqachilikning rivojlanishi mamlakatda ma’lum muddatli mina kabidir. Vaqti kelib undan har qanday nosog‘lom kuchlar foydalanishi mumkin!

Bu kabi nopok tushunchalarni jamiyatdan surib chiqarish uchun islomiy tushunchalarni, diniy muhitni va bir birimizni muhosaba qilish bilan jamoiy ruh (jomoiy Allohga bog‘lanish)ni kuchaytirib borishimiz vojib! Har bir boy berilgan toza muhit o‘rnini kufrga asoslangan buzuq tushuncha va muhitlar egallab keladi. Keyin biz odamlarga xitob qilamiz, ular kufrga odatlanib qolishgani sabab, boshiga salla o‘rab olgan g‘arbparast demokrat yoki millatchiga aylanib qolishadi! Tarixdan saboq olib, Allohdan qo‘rqib, dinimizga mahkam bog‘lanaylik, birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.