Shinjonda yuz minglab musulmonlar paxta dalalarida majburan ishlatilmoqda

442
0

Shinjonda yuz minglab musulmonlar paxta dalalarida majburan ishlatilmoqda

 AQSh tahlil markazi rasmiy Pekin Shinjonda yuz minglab uyg‘urlar va boshqa mahalliy musulmonlar paxta dalalarida ishlashga majbur qilinayotganini xabar qildi. Seshanba kuni “Global Siyosat Markazi” tomonidan e’lon qilingan hisobotda aytilishicha, Xitoy hukumatining rasmiy hujjatlari va OAVdagi xabarlarida uyg‘urlar ko‘p yashaydigan uch tumandan kamida 570 ming kishi paxta terimiga jo‘natilgani ma’lum bo‘lgan. Ular qashshoqlikni kamaytirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida majburiy mehnatga jalb qilingan.

 Hisobotda Shinjondan eksport qilinadigan paxtaning katta qismi majburiy mehnat orqali ishlab chiqarilganligi ta’kidlangan. AQSh avtonom mintaqadagi yarim harbiy “Shinjon ishlab chiqarish va qurilish korpusi” bilan aloqador kompaniyalarning paxta va paxta mahsulotlarini olib kirishni taqiqladi. Ushbu korpus Xitoydagi eng yirik paxta etishtiruvchi hisoblanadi.

O‘z navbatida, Xitoy tashqi ishlar vazirligi amerikalik tahlil markazi e’lon qilgan hisobotdagi ma’dumotlarni rad etib, Shinjondagi etnik ozchilik vakillari qaysi ishda ishlashlarini o‘zlari tanlashlari, ularni hech kim majburiy mehnatga jalb qilmaganini ma’lum qildi.

 Izoh: Xitoy 1949 yilda Sharqiy Turkistonni bosib olganidan buyon Sharqiy Turkiston musulmonlari dahriy Xitoy rejimi qo‘lida vahshiyona qirg‘inlar va azob-uqubatlarni boshdan kechirib kelmoqda. Kommunist Xitoy davlati, bir jihatdan, Sharqiy Turkiston boyliklariga ega chiqib olgan bo‘lsa, boshqa tomondan, mintaqa aholisining aksar qismini tashkil etivchi  uyg‘ur musulmonlariga nisbatan repressiv siyosat qo‘llay boshladi.

 Xitoy Sharqiy Turkistonni bosib olgandan beri o‘zining turli vahshiy uslublari bilan millionlab musulmonni qirib tashladi. Ammo dahriy hukumat shu bilan kifoyalanib qolmay, musulmonlar qalbidan Islomni o‘chirib tashlashga jiddiy kirishdi. Musulmonlarga diniy ilmlar o‘rganish taqiqlandi. Yoshlarga islomiy ilm berib kelayotgan olim va ulamolar quvg‘in qilindi, turli xil ayblovlar bilan qamoqqa tashlandi. Erkaklarga soqol qo‘yish, ayollarga hijob kiyish man qilindi. Imomlar maydonda ommaviy raqs tushishga majbur qilindi. Hattoki ramazon oyida ro‘za tutish, hukumat ishida ishlayotgan musulmonlarga namoz o‘qish taqiqlandi. Musulmonlar to‘ng‘iz go‘shti eyishga, muslima singillarimiz esa  najas xanlar bilan oila qurishga majburlandi…

 2016 yildan boshlab “qayta tarbiyalash lagerlari” deb nomlangan harbiy lagerlar qurdi va u erga 1 milliondan 3 milliongacha bo‘lgan nafaqat uyg‘urlar, balki qozoqlar, qirg‘izlar va boshqa musulmonlarni joylashtirdi. Lagerlarga tashlangan musulmon ota-onalarning bolalaridan bir milliondan ziyodini “mehribonlik uyi” deb atalgan lagerga topshirib, ularni kommunistik saqofat bilan tarbiyalashni boshladi. O‘tgan yillar davomida rasmiy hukumat 25 mingta masjidni vayron qildi. Tarixiy masjidlarni ko‘ngilochar maskanlarga aylantirdi.

 Dahriy Xitoy hukumati Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurashini terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bahonalar ostida olib bormoqda. Xitoyning “kasbga qayta tayyorlash markazlari” deb nomlab olgan lagerlarini xalqaro tashkilotlar tomonidan “qiynoqqa solish” va majburiy haq to‘lanmaygan yoki kam haq to‘lanadigan mehnat, ona tilidan foydalanish hamda o‘zlarining madaniy va diniy an’analariga amal qilishni taqiqlovchi “kontsentratsion lagerlar” deb ta’riflandi.

 Xitoy hukumatining uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz va boshqa oz sonli musulmonlarga nisbatan qo‘llayotgan zulmlari, majburiy mehnatga jalb qilishlari dunyo hamjamiyati, xususan, islomiy yurt rahbarlari ko‘z o‘ngida sodir bo‘lmoqda. Islomiy yurtlarning malay hokimlari esa mushrik hukumatni tiyib qo‘yish o‘rniga, musulmonlarga qarshi olib borayotgan qatag‘on siyosatini “Xitoyning ichki ishi” degan bahona bilan qo‘llab-quvvatlab kelishmoqda.

 Shunday ekan, biz musulmonlar xalqaro hamjamiyat yoki boshqa malay hokimlarga umid ko‘zini tikmay payg‘ambarlik minhoji asosidagi Xalifalikni qayta barpo etish yo‘lida jiddu jahd bilan harakat qilishimiz zarur. Faqat Xalifalik davlatigina nafaqat Sharqiy Turkistondagi balki barcha islomiy yurtlardagi musulmonlarning xavfsizligi va haq-huquqlari to‘la ta’minlay oladi. Faqat ana shundagina musulmonlar hech kimdan hayiqmagan holda butun olamlarni Yaratuvchisi bo‘lgan Alloh Taoloning barcha buyruqlarini emin-erkin bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.