Qirg‘iziston siyosiy doirasi parlament qabul qilgan konstitutsiya loihasiga qarshi chiqdi

280
0

Qirg‘iziston siyosiy doirasi parlament qabul qilgan konstitutsiya loihasiga qarshi chiqdi

Sadir Japarov komandasi tomonidan ilgari surib borilayotgan konstitutsiyaga yangilik kiritish loihasiga Qirg‘iziston siyosiy doirasi qarshi chiqdi. Konstitutsiyaning yangi loihasi parlament tomonidan tasdiqlanib, shu kunlarda xalq muhokamasiga qo‘yilgan edi.

Bir qator eski siyosiy doira vakillari mamlakatning parlamentlik boshqaruv shaklidan yana prezidentlik boshqaruv shakliga qaytishiga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsata boshladi. Taniqli siyosatchilar, shuningdek tajribali yuristlar parlamentda bu qonunni qabul qilish jarayonidagi qo‘pol xatolar va shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilganini ta’kidlashmoqda.

 “Azattыk” teleradio dasturlari orqali kuchayib borayotgan bu fikriy yo‘nalish ko‘p o‘tmay tashqi xalaro demokratik institutlar va tahlilchilar tomonidan ham konstitutsiyalik qonunchilikka zid amalga oshirilayotgani e’tirof etila boshlandi. Qizig‘i shundaki, shu masalada eski siyosiy doira yangi shakillanib borayotgan g‘arbparas siyosiy doira bilan paralel fikrlay boshladi. Bu esa, g‘arbparas siyosiy kuchlar Qirg‘izistonda jamiyatga kirib, unda o‘z siyosiy doirasini shakllantira olganiga dalolat qiladi.

  Qirg‘iziston siyosiy doirasi ham, Rossiya va boshqa O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi doiralar singari kommunistik Rossiya saqofati ostida shakllangan bo‘lib, hozirgacha ular yangilangan emas. Lekin Qirg‘iziston kabi davlatlardagi siyosiy doira katta davlatlar ta’siri va qo‘llovi ostida hayotga baho berishga odatlangan. Ular o‘zlarining va mamlakatining orqasida turadigan kuchli davlat izlashga, uning hazorati bilan muvofiqlashib borishga odatlanishgan. Bu siyosiy doiralarning o‘zlarida mabda yoki muayyan hazorat mavjud emasligi bois, ularda ta’sir quvvati kuchayib borayotgan har qanday mabda yoki hazorat bilan birlashib ketishga harakat qilish tabiati mavjud.

Qirg‘iziston xalqaro siyosat oldida mamlakatni demokratik yo‘lga solishga va’da qilib, G‘arb saqofatiga keng yo‘l ochib bergan davlatdir. Tabiiyki G‘arb dunyoqarashi davlat siyosatiga ham, siyosiy doirasiga ham, ta’sir ko‘rsatmay qo‘ymadi.

Rossiya mamlakatda prezident diktaturasini o‘rnatishga har qancha harakat qilmasin, endi kech qoldi. G‘arb hazorati parlamentarizm singari demokratiyaning tamoyillari bilan mamlakatni boshboshdoqlik va beqarorlik tomon tortib boraveradi. Chunki saqofiy mustamlakaning ta’sir quvvati o‘ta muhim va kuchli ta’sirga egadir. Bunga biz Gruziya, Ukraina, Belorusiya… kabi sobiq sovet ittifoqi mamlakatlarida guvoh bo‘ldik.

Shulardan kelib chiqib xulosa qilsak, Qirg‘izistonda siyosiy kurash endi boshlandi. Sadir Japarov o‘ta zaif va kelajagi qorong‘u ko‘chadan borayapti. U ham, Atambaev va Jiyanbekov kabi o‘z etakchi guruhini paydo qilishga harakat olib borayotib, jamiyatdagi siyosiy kuchlar, siyosiy doiralar bilan hisoblashmayapti. Rossiyaning qo‘lloviga erishish uchun bor imkoniyatini sarflab, mamlakatning ichki quvvatlaridan ajrab, bo‘linib qolyapti.

 Rossiya esa avvalgi ta’sir quvvatiga ega emas. Qirg‘izistondagi uning ta’siri ostidagi siyosiy doira zaiflashib, G‘arb hazorati bilan uyg‘unlashib boryapti. Qirg‘izistonning Rossiyaga iqtisodiy bog‘liqlik darajasi o‘ta zaiflashib, deyarli ishchi migrantlarga cheklanib qoldi. Demak ichki nizolardan bizni Rossiya qutqarib yoki to‘xtatib qola olmaydi. Balki u Arman – Azarbaydjon urushida bo‘lgani singari, vaziyatdan faqat o‘z manfaati yo‘lida foydalanib olish uchun ish ko‘rishga harakat qiladi!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.