“Payg‘ambarimizni yaxshi ko‘raman”, “jonim, ota-onam sizga fido bo‘lsin yo Rosululloh” kabi shiorlarning izohi

546
0

“Payg‘ambarimizni yaxshi ko‘raman”, “jonim, ota-onam sizga fido bo‘lsin yo Rosululloh” kabi shiorlarning izohi

Oxirgi o‘n yillikda Payg‘ambarimiz mustafa sollollohu alayhi vassallamni kofirlar har turli iflos uslublar bilan mazax qilib, behayo suratlar chizish hatto filmlar chiqarib tahqirlashni odat qilib olishdi! Har safar bu xunrezlikka qarshi ummatning bir bo‘lagi qattiq jumbushga kelsa, boshqa bir qismi ularning shijoatlilarini to‘xtatishga va mavjud kufr qonunlariga rioya qilishga chaqiradi yoki majburlaydi! Vaholanki shijoatlilar ham, ularni to‘sayotganlar ham, Payg‘ambarimizni yaxshi ko‘rishni da’vo qiladi.

Muhammad sollollohu alayhi vassallamni jonimizdan, ota-onamiz va oila-farzandlarimizdan ham yaxshiroq ko‘rish bilan mo‘’minning iymoni komil bo‘ladi. Lekin uni amalda ko‘rinishi qanday bo‘ladi?

“Ota-onamni yaxshi ko‘raman” degan odamning gapi amalda ularga moddiy va manaviy yaxshilik qilish bilan o‘z tasdig‘ini topadi. “Oilam va farzandlarimni yaxshi ko‘raman” deganda ham, ularning oldidagi burch vazifalarini ado etish nazarda tutiladi. Aks holda bu gaplarning hech qanday qiymati yo‘q, shunchaki balandparvoz hayqiriqlar bo‘lib, uni aytayotgan odamlar jamoatchilik oldida malomatga qolishadi.

Birdarlar, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallamni jonimizdan, eng yaqinlarimizdan ko‘ra yaxshiroq ko‘rish ibodati quruq gap bo‘lib qolsa, biz ham har ikkala dunyoda malomatda qolishimiz aniq.

Kofirlar, bizni xorlab, tahqirlab, xonavayron qilib muqaddasiyotlarimizni oyog‘-osti qilishda davom etib kelishayapti. Biz ularga qarshi har xil yo‘llar bilan, gohida boshqa kufr quvvatlariga shikoyat qilish bilan qarshilik qilib kelamiz. Lekin hayotda Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallamning yo‘li, sunnatlariga, u kishi bosib o‘tgan tariqatlariga e’tibor berib rioya qilishga beparvo bo‘lyapmiz. Natijada bizni kufr bilan boshqarib kelayotgan olamiy etakchi davlatlar Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallamni oddiy odamlar qatorida mazxara qilinishi kerak deb mahkam turib olishdi. Bizni va Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallamning sha’nini himoya qiluvchi davlatimiz yo‘q bo‘lgani uchun tarqoq holda dunyoning har chetidan dod-faryod solib, namoishlar qilib, tor imkoniyatlarimizdan foydalanish bilan faqat tuyg‘ularimizni vaqtincha qondirib kelyapmiz! Zulm eskirib endi yodimizdan ko‘tarilayotganida, ular o‘zlarining biror siyosiy maqsadiga muvofiq yana muqaddasiyotlarimizni tahqirlab, bizni qo‘zg‘ata boshlashadi. Kufr olami bizning jamoiy harakatlarimizdan xavotirlanishmaydi. Chunki biz butun g‘azabimizni  Makron singari shaxslarga qaratamiz. Bizning qo‘limizda shu ishlari uchun ularning ustiga tortishimiz vojib bo‘lgan qo‘shinlarimiz yo‘q!

Demokratiyaga asoslangan kapitalistik boshqaruv sistemasi, o‘z aqida va qadriyatlariga muvofiq, Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vassallamni tahqirlagan fuqorolarini himoya qilishmoqda. Ular har bir fuqorosining erkinligini kafolati uchun butun davlat quvvati bilan himoyaga kirishadi. Bizning davlat rahbarlarimiz esa, kufr qonunlariga rioya qilib, juda bo‘lsa olamiy kufr tashkilotlariga shikoyat yoki murojaat qilishdan nariga o‘tmaydi. Davlat rahbarlari oddiy odamlar singari ommaviy tinchlik namoishlari uyushtirishayapti. Bu nayranglari bilan o‘z zaifliklarini yashirishga va fuqorolarini aldab kufrga qarshi o‘zining zimmasidagi shar’iy vazifasini bajara olmasligini yashirmoqchi bo‘lishadi.

Ey Islom ummati, biz Payg‘ambarimiz Muhammad sollollohu alayhi vassallam amonat qoldirgan azizlikni yo‘qotib, amonatga xiyonat qilib qo‘ydik. Biz yashayotgan hayotda Islom bilan hukm qilmaslik va sunnatni tark qilish mavjud bo‘lsa-da, biz xotirjam, kufr olami bilan murosa asosida yashashga odatlanib qoldik! Oxir oqibat nimani talab qilsak o‘shani oldik! Chunki dunyoda faqat ikki tomon bor bo‘lib biri Islom bo‘lsa, qolgan ikkinchi tomonning hammasi kufrdir! Qachon biz Islomdan yuz o‘girsak albatta kufrga yuz tutamiz! Kufr esa bizni dinimizdan voz kechmagunimizga bizdan rozi bo‘lmaydi!

Shuning uchun biz mo‘’min-musulmonlar kufrga qarshi islomiy shar’iy pozitsiyalarimizni ongli ravishda himoya qilishimiz va islomiy Aqidadan balqib chiqqan mabdaiy islomiy tuzumni hayotimizga olib kelish uchun shu bugundan boshlab kufrni inkor qilishimiz hamda har bir ishimizni islomiy hukmlarga, sunnatga bog‘lab, kufr bilan murosa qilishdan va unga tilyog‘lamachilik qilishdan tiyilishimiz vojib.

Hokimlarimizni ham, hokimiyatga muvofiq shariy hukumlarga rioya qilishga chaqirib, o‘z strotegiyalarini bizni aldash asosiga emas, kufrga qarshi shar’iy, siyosiy yo‘lga burishga da’vat qilaylik, muhosaba qilaylik! Assalamu alaykum.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.