Turkiya S-400 tizimini sinovdan o‘tkazishni boshlamoqda

354
0

Turkiya S-400 tizimini sinovdan o‘tkazishni boshlamoqda

 Turkiya qurolli kuchlari Rossiyadan sotib olingan S-400 raketaga qarshi mudofaa tizimini sinovdan o‘tkazishni boshlaydi. Bu haqda Turkish Minute nashri xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, S-400 tizimini sinovdan o‘tkazish uchun Sinop raketa poligoniga 10 dona Banshee havo nishonlari keltiriladi. Sinovlar 5 oktyabrdan 16 oktyabrgacha o‘tkaziladi.

 Qayd etilishicha, sinovlar vaqtida kuzatuv postidagi qo‘mondonlar har bir raketa uchirilishidan ikki soat avval Turkiya prezidentining ruxsatini olishlari lozim bo‘ladi.

 S-400 batariyalari, 10 dona havo nishoni va boshqa kerakli qurilmalar 5 oktyabr kuni Murtad aviabazasidan Sinopga keltirilishi kerak edi.

 Nashrning eslatishicha, Turkiyaning Rossiya zenit raketa tizimlarini sotib olishi uning AQSh tomonidan beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini yaratish dasturidan chiqarib yuborilishiga sabab bo‘lgan.

 Izoh: Turkiya Rossiyadan S-400 sotib olishini ma’lum qilganidan boshlab AQSh Turkiyaga nisbatan sanktsiyalar qo‘llash, tiyib qo‘yish bilan “tahdid” qila boshlagan edi. Unga javoban Erdogon va turk hukumati AQShga qarshi keskin bayonotlar bilan javob qaytarib, o‘z fikridan qaytmasligini aytib keldi…

 Ammo joriy yilning boshida “newsland.com” internet nashri Amerika OAV asoslanib xabar qilishicha, 2019 yil 18-noyabrda Turkiya va AQSh Rossiyaning S-400 havo mudofaasi tizimi Amerikaning F-35 qiruvchi samolyotlarini aniqlay oladimi, agar aniqlay olsa undan qanday qochish mumkinligini o‘rganish maqsadida ekspertlar guruhini tuzishganni xabar qildi.

 Xabarga ko‘ra, amerikalik harbiylar oldida mudofaa tizimidan foydalana olishlari uchun o‘zlari olgan ma’lumotlar kodini ochish vazifasi turipti. Agar AQSh tizimidagi kodni buza olsa u tizimning ishiga ta’sir o‘tkazishi, radarlarni statik bilan yopishi va hatto dushmanlariga aslida yo‘q samolyotlarni bordek qilib ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, barcha S-400lar bir xil chastotalarda ishlatiladimi yoki yo‘qmi bu ham aniq emas. S-400 ustidagi tadqiqot ishlari bir yil davom etadi…

 Bundan xulosa qilish mumkinki,Turkiya Rossiyadan sotib olgan S-400 tizimini sinovdan o‘tkazish ishlari ham AQSh bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin. Bundan ko‘zlangan maqsad – Rossiyaning S-400si amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini aniqlash va zarba berish imkoniga egami yoki yo‘qmi, shuni aniqlashdan iborat. Sinov natijasida AQSh ushbu tizimning zaif tomonlarini o‘rganib chiqadi va o‘zining yangi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini bu tizimga qarshi imkoniyatlarini kuchaytirib oladi.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.