Rossiya 2014 yildan keyin yuzaga keladigan vaziyatdan tashvishda

391
0

images (3)

Markaziy Osiyoda o’z ta’sirini yo’qotib borayotgan Moskva, NATO va AQSh o’z kuchlarini shu mintaqada boshqatdan joylashtirganidan keyingi yuzaga keladigan vaziyatdan tashvishda. Shuning uchuni ham Rossiya Markaziy Osiyoda KXShT davlatlari qo’shinlarini mustahkamlashni rejalashtirmoqda.

27-28 may kunlari KXShTning Bishkekda o’tadigan sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o’z hamkasblariga KXShT mushtarak kuchlarini zamonaviy rus qurollari bilan qurollantirishni taklif qiladi, shu jumladan qurolning mahfiy turlari bilan ham. Kamiga, bu qayta qurollanish 2013 yilning oxiriga qadar bitishi kerak.

KXShT bo’linmalari qurol va texnikani Rossiya armiyasi arsenalidan olishligi kutilmoqda. Rossiya Mudofaa ministrligi bunday ko’rsatmani prezident ma’muriy boshqarmasidan 8 may kuni Moskvada bo’lib o’tgan xavfsizlik kengashining yig’inidan so’ng olgan.

Bu borada e’tibor asosan Tojikiston va Qirg’izistonga qaratiladi, chunki bu mamlakatlar qurolli kuchlari o’ta nochor holda. Tojikiston va Qirg’izistonning iqtisodiy holati esa o’z qurolli kuchlarini mustaqil ravishda yangi qurollar bilan ta’minlashga yo’l qo’ymaydi. Bu ikki mamlakatni qayta qurollantirish uchun Rossiya 1,5 mlrd dollar ajratgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.