Musulmon yurtlari hukmdorlarining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishlari davom etyaptimi yoki to‘xtadimi?!

266
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Musulmon yurtlari hukmdorlarining yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirishlari davom etyaptimi yoki to‘xtadimi?!

AQSh prezidenti Donalьd Tramp Amirliklar bilan yahudiy vujudi o‘rtasida erishilgan munosabatlarni ochiq-oshkor normallashtirish kelishuviga Saudiya rejimining ham qo‘shilishini taxmin qilmoqda. Tramp Oq uyda bergan matbuot konferentsiyasida ayni kelishuvni «juda yaxshi», deya baholadi. U «Bu kelishuvga ayrim davlatlarning ham qo‘shilmoqchi bo‘layotganini hech kim taxmin qilmagandi», dedi. Ammo Saudiyadan boshqa davlatni ochiqlamadi. Shu nuqtai nazardan, ibroniy axborot vositalari yahudiy vujudi razvedka vaziri Eli Koen «Sudan tashqi ishlar vaziri bayonotidan farqli o‘laroq, Sudan bilan aloqalarimiz mavjud», degan so‘zlardan ham iqtibos keltirdi. Koen bu so‘zlarni Sudanning «ishdan olingan», deyilayotgan tashqi ishlar vaziri matbuot voizi Haydar Badaviyning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish haqidagi bayonotidan so‘ng bir kun o‘tib gapirdi.

Payshanba kuni Hizb ut-Tahrir – Sudan viloyati rasmiy notig‘i ustoz Ibrohim Usmon (Abu Xalil) matbuot bayonotida quyidagi haqiqatlarni ta’kidladi:

«Avvalo, oshkor etilmagan stol ostidagi muzokaralar mavjud. Ularning birinchisi, joriy yil fevral oyida Ugandada Netanьyaxu bilan Burhon o‘rtasida bo‘lib o‘tgan mash’um uchrashuvdir. Bu masalaning Sudan tashqi ishlar vazirligida muhokama etilmaganligi ikki tomonda aloqalar yo‘qligini anglatmaydi. Qolaversa, Haydar Badaviyni ishdan olinishi sudanliklarni chalg‘itishga urinishdir. Bu kimsa tashqi ishlar vaziri sifatida hamon mavjud. U axborot xizmatidan chetlatilib, vazirlikda rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i qilib qoldirildi. Bu esa, ushbu masala qasddan kelishib olinganini va faqat Haydar Badaviyning o‘zi bilan bog‘liq emasligini anglatadi. Demak, yahudiylar bilan munosabatlarni normallashtirish Allohga, Rosuliga va mo‘minlarga xoinlik sifatida saqlanib qolmoqda».

Roya gazetasining 2020 yil 26 avgust chorshanba kungi 301-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.