Pokiston rejimi Hindiston rejimiga Kashmirni anneksiya qilganining bir yilligini nishonlashi uchun yashil chiroq yoqib berdi

284
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Pokiston rejimi Hindiston rejimiga Kashmirni anneksiya qilganining bir yilligini nishonlashi uchun yashil chiroq yoqib berdi

Avgustda Hindistonning Kashmirni anneksiya qilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan Pokiston rejimi Qurolli kuchlarning reklama bo‘limi orqali qo‘shiq chiqardi. Qo‘shiqda Hindistondan bosib olingan Kashmirni tark etishini talab qilish hamda Pokistondagi musulmonlarni shunga keng ko‘lamda targ‘ib etish kuylangan.

Bunday harakatga nisbatan Hizb ut-Tahrir – Pokiston viloyati matbuot bo‘limi bayonot nashr qildi. Bayonotda zolim bosqinchining murojaat bilan yurtni tark etgani tarixda biror marta uchraganmi, qo‘shiq sababli yurtni tark etganini-ku aytmay qo‘ya qolaylik?! – deya savol tashlanadi. Keyin «Kashmir va Pokistondagi musulmonlar yurt qurolli kuchlaridan bir yildan beri safarbarlikni kutganlaridan so‘ng, endi hukumatdan quruq gaplar va qo‘shiqlarni guvohi bo‘lmoqdalar!», deya qo‘shimcha qilindi. So‘ng bunday deyiladi:

«Biz bu Bajva-Imron rejimining o‘z manfaatlarimiz va muqaddas zaminlarimizni mudofaa qilishiga qanday ishonamiz, axir, ular shu narsalarimiz bilan savdo qilishayotgan bo‘lsa?! Ularning qo‘l ostida qiruvchi va bombardimonchi samolyotlari, tanklari, suv osti kemalari, havo mudofaa tizimi va yadroviy qurollari bo‘lsa-yu, ular qo‘shiq kuylash, kuzatuv chiziqlarini suratga tushirish va avtomagistral nomini o‘zgartirish variantini tanlashsa?! Bu rejim o‘zining mana shunday yosh bolalarcha qilig‘i bilan Hindiston davlatiga Kashmirni anneksiya qilganining bir yilligini tantanali ravishda nishonlashiga ko‘k chiroq yoqib berdi».

Matbuot bayonoti Pokiston qurolli kuchlari safidagi musulmonlarga murojaat qilish bilan yakunlandi:

«Ey qurolli kuchlarimiz safidagi musulmonlar! Bu Bajva-Imron rejimi AQSh buyrug‘iga binoan, sizni Hindiston davlatining musulmon yurtidan bir qismini bosib olishiga yordam berishga undamoqda. Biroq bosib olingan Kashmirdagi aka-uka va opa-singillaringiz qo‘shiq eshitishga emas, balki samolyotlar va tanklarning ovozini eshitishga mushtoq bo‘lib turibdilar. Bas, darhol Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik uchun nusrat bering. Ana shundagina xalifa sizni bosib olingan Kashmirni ozod etish sari safarbar qiladi, Srinagar uzra Rosululloh ﷺning bayroqlari hilpiraydi, u Kun mushrik hind bosqinchilari uchun motam kuniga, mo‘min qavm uchun esa, dillari taskin topadigan kunga aylanadi».

Roya gazetasining 2020 yil 12 iyul chorshanba kungi 299-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.