Amirliklar va Bahraynning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bitimiga qarshi xalq tadbirlari davom etmoqda

249
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Amirliklar va Bahraynning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bitimiga qarshi xalq tadbirlari davom etmoqda

«Arabiy 21» veb-saytida (hijriy 1442 yil 1 safar, milodiy 2020 yil 18 sentyabr juma kuni) nashr qilingan xabarda bunday deyiladi:

«Amirliklar va Bahraynning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bitimiga qarshi xalq tadbirlari davom etmoqda. Tadbirlarda juma kuni o‘nlab marokashliklar poytaxt Rabotda norozilik namoyishi uyushtirib, Falastinga nisbatan birdamlik bildirdilar, Amirliklar va Bahrayning bosqinchilarga nisbatan bunday pozitsiyalarini qoraladilar.

Ushbu 28 nafar jamiyat va hay’atning chaqirig‘i bilan uyushtirilgan tadbir Parlament binosi oldida «Falastin omonatdir, munosabatlarni normallashtirish xiyonatdir» shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar «Xiyonatchilar bitimini qoralaymiz», «Bosqinchilikka ham, munosabatlarni normallashtirishga ham o‘rin yo‘q, Falastinni sotish yo‘q», «Yahudiylarga qarshi kurash omonatdir, ular bilan normallashish xiyonatdir» kabi shiorlar bilan hayqirdilar.

Iroqning Falluja shahrida ham juma kuni Riboti Muhammadiya Ulamolar kengashi va mahallalar faollari bosqinchilar bilan munosabatlarni normallashtirish bitimiga nisbatan norozilik namoyishi o‘tkazdilar.

Falluja mahallalari, Riboti Muhammadiya Ulamolar kengashi va siyosatchilar nomidan bir nechta ma’ruzalar qilindi. Ularning hammalari musulmonlarning Falastin zamini va u erdagi muqaddas dargohlari doxil huquqlaridan voz kechishga hech kimning haqqi yo‘q, degan fikrga bir ovozdan qo‘shildilar. Shuningdek, o‘z mahallalari bilan Falastindagi har bir shaharning asosiy masalalari bitta ekanini ta’kidladilar.

Juma namozidan so‘ng o‘nlab yamanliklar yurt janubidagi Abiyan muhofazasining Vazi shahrida Falastinni qo‘llab-quvvatlash hamda Amirliklar va Bahraynning yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish bitimiga norozilik bildirish namoyishi o‘tkazdilar.

Namoyishchilar ayni bitimni qoralovchi so‘zlar yozilgan plakatlar ko‘targan holda shahar ko‘chalari bo‘ylab yurish qildilar. Shu bilan birga, Yamanning janubiy sharqidagi Saqtariy (Sokotra) arxipelagida yahudiylarning joylashganini qoralovchi shiorlar ham ko‘tarib chiqildi.

Butun arab va islomiy xalqlar ayni bitimni bekor etilishini talab qilib, uni «Dinimiz va islomiy e’tiqodimizga xiyonat», deb baholadilar.

Bahrayn poytaxti Manamada ham odamlar o‘z hukumatlarining ayni bitimga imzo chekkanini qoralab namoyishlar o‘tkazdilar. Bular xuddi Yamanning janubiy hududlaridagi noroziliklar bilan bir xil ko‘rinishda bo‘ldi.

Bahraynlik norozilik namoyishchilari Falastin va Bahrayn bayroqlarini hamda o‘z harakatlariga shior sifatida «Quddus uchun g‘azab jumasi», deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib chiqishdi.

Frantsiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, «Quddus uchun g‘azab jumasi», deb yozilgan norozilik namoyishlari juma namozidan so‘ng Bahraynning bir nechta shahar va qishloqlarida bo‘lib o‘tgan, shahar va qishloqlar tashqarisiga politsiya kuchlari tashlangan».

Roya gazetasining 2020 yil 23 sentyabr chorshanba kungi 305-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.