AQSh siyosiy echimining har bir bandi Shom qo‘zg‘oloniga yakun yasashga qaratilgan

361
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

AQSh siyosiy echimining har bir bandi Shom qo‘zg‘oloniga yakun yasashga qaratilgan

AQShning Damashqdagi elchixonasi o‘zining tvitterdagi sahifasida Suriya rejimining tupikdan chiqishi uchun yagona strategiya Xavfsizlik Kengashining 2254 sonli rezolyutsiyasi ekanini ta’kidladi. So‘ng Suriya rejimi ortga qaytmas keskin qadamlarni tashlashi kerakligini, bu Suriya xalqining haq-huquqlari va irodasini hurmat qiladigan qadam bo‘lishini, aks holda, rejimni qo‘shimcha sanktsiyalar va yakkalanishlarga duch keladigan siyosiy echim kutayotganini qo‘shimcha qildi. Elchi Jeffri – Bashar Asad va uning rejimi Suriyadagi iqtisodiy vayronagarchilikning bevosita javobgarlari ekanini ko‘p bor ta’kidladi.

Roya gazetasi sharhi:

Shuncha ishlardan keyin ortiqcha izohga hojat qolmadiki, bugungi kunda Amerika tog‘ut Asad rejimini himoya qilib, uni hayot sabablari bilan ta’minlab, tupikdan qutqarishga zo‘r berib harakat qilmoqda hamda ikki million shahid berilganidan keyin ham o‘zining xavfsizlik va harbiy repressiya mashinasini qayta ishlab turishini kafolatlash uchun elib yugurmoqda. 2254 raqamli rezolyutsiya rejimning arkonlarini mustahkamlaydigan muqaddimadan boshqa narsa emas. Bunda rejimning boshi qoladimi yoki ketadimi farqi yo‘q. Zero, qo‘zg‘olonchi Shom ahli yana jinoyatchi rejim zulmi ostiga kiritilmoqda. Shu uchun ham, bo‘lib o‘tgan barcha ishlardan so‘ng, rejimni barcha arkonu basharalari bilan qo‘shib yiqitish va odamlarni uning yovuzligidan qutqarish sari qo‘zg‘olonni davom ettirish zarurligi yana bir bor tasdiqlanmoqda. Chunki yarimtaki qo‘zg‘olonlar halokatga olib borishi aniq.

Roya gazetasining 2020 yil 24 iyun chorshanba kungi 292-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.