بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Ramazon hayiti tabrigi
Iydul Fitr muborak
Qadrli Qirg‘iziston musulmonlari, barchangizni Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz!
Alloh Subhanahu va Taolo tutgan ro‘zalaringizni qabul qilsin.
Alloh Taolo shu muborak oy hurmati sababli barchangizni rahmatiga burkab, gunohlaringizni mag‘firat qilib, hammangizni do‘zaxdan ozod bo‘luvchilardan qilsin.
O‘qigan taroveh namozlaringiz, tasbeh va qilgan hatmi Qur’onlaringizga O‘zi va’da qilgan ajrlarni ato etsin.
Qadr tuni qilgan ibodlaringizni qabul qilsin.
Ro‘za fitrlaringiz o‘z vaqtida haqdorlarga etib borib, hayitni bayram qila olmaydigan musulmonlar qolmasin, amin.
Qadrli Qirg‘iziston musulmonlari! Ushbu tabrik va tilak-istaklarimiz bilan bir qatorda – barchamiz uchun yaxshilik bor degan umidda – sizlarga quyidagi nasihatni ham etkazib qo‘ymoqchimiz.
Ma’lumki, bu yilga Ramazon oyimiz o‘zgacha sinovlar bilan o‘tdi. Bu muborak oyimiz pandemiya bahonasi ortida shariatga zid ravishda qabul qilingan karantin sharoitiga to‘g‘ri keldi (karantin atayin ro‘zaga qadar cho‘zilganini ehtimoli kuchli). Albatta, shariatga zid tarzda juma namoziga, taroveh namozlariga va hayit namoziga taqiq qo‘yildi. Bu mustamlakachi kofirlarning Islomga qarshi kurashish doirasidagi islomiy qadriyatlarga zarba berish kampaniyasiga kiradi. Kofirlar buni mahalliy hokimiyat egalari qo‘li bilan amalga oshirishmoqda. Boshqacha aytganda, “boltaning dastasi yog‘ochdan” bo‘ldi. Ya’ni, kofirlarning islomiy qadriyatlarga zarba berish kampaniyasiga malaylarcha itoat qilgan hokimyatdagilar, ularni qo‘llab-quvvatlovchilar Ramazon oyida gunohkor bo‘lishdi. Shu sababli ularga bu gunohlariga tavba qilishlarini nasihat qilamiz. Tavbaning shartlari: gunohga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish, bunday gunohlardan tiyilish va boshqa bunday gunohni qaytarmaslikdan iborat. Tavba eshiklari yopilishidan oldin tavba qilinglar!
Qirg‘izistonda islomlashish tobora kuchayib borayotgani sababli mustamlakachi kofirlar shu kabi hujumlarini kuchaytirishmoqda. Shu sababli, buni barchamiz anglab etishimiz va birgalikda bunday munkarlarga qarshi kurashishimiz zarur. Kofirlar bugun pandemiya bahonasi bilan juma va hayit namozlarimizni taqiqlagan bo‘lsa, ertaga yana boshqa bahonalar bilan har birimizning besh vaqt namozlarimiz, ro‘zalarimizni taqiqlashga o‘tishadi. Shuning uchun ularning barcha makr-xiylalariga shariat talab qilgandek solih amallarimiz bilan qarshi turishimiz kerak. Bu hozir va kelajakda duch kelishimiz mumkin bo‘lgan har qanday holatlar echimiga taalluqli. Shu tarzda ularning makkor rejalari va uslublari barbod bo‘ladi, in sha Alloh.
Endi asosiy echimga kelsak, mustamlakachi kofirlarning Islomga qarshi makr-xiylalari, Islomga qarshi tuzgan rejalari va ularni amalga oshirish uslublari Islomiy Xalifalik Davlati barpo etilishi bilan batamom yo‘q bo‘ladi. Chunki, Xalifalik mustamlakachi kofirlarning demokratiya niqobini kiygan kapitalistik tuzumini butunlay qo‘porib tashlaydi, oqibatda ularning jabr-zulmlari ham, makr-xiylalari ham “yomon tushga” aylanadi. Shuning uchun, aziz musulmon birodarlar, barcha musulmonlarni birlashtiradigan va o‘z dinlarini himoya qiladigan Xalifalik davlatini barpo etish uchun birgalikda harakat qiling. Aks holda mustamlakachi kofirlar dinga qarshi fitna uyushtirishda davom etaveradilar va kofir bo‘lmaguningizcha aslo rozi bo‘lishmaydi.
Qadrli Qirg‘iziston musulmonlari, Alloh bizlarga keyingi Ramazon hayitini boshqa musulmon birodarlarimiz bilan birgalikda Xalifalik soyasida bayram qilishni nasib etsin, amiin.
Iydul Fitr muborak bo‘lsin!
Hizb ut-Tahrir
Qirg‘iziston
1 shavvol 1441h
23 may 2020m