1441 yilning shavvol hilolini kuzatish natijasi
E’lon
Nabiy ﷺ aytdilar:
«صُومُوا لِرُؤْيَتِهِ، وَأَفْطِرُوا لِرُؤْيَتِهِ، فَإِنْ غُبِّيَ عَلَيْكُمْ فَعُدُّوا ثَلاَثِينَ»
«Hilolni ko‘rib ro‘zani boshlanglar, hilolni ko‘rib ro‘zani tugatinglar. Agar havo bulut bo‘lsa, oyning sanog‘ini to‘la o‘ttiz kun qilib belgilanglar».
Bugun 2020 yil 22 may, jum’adan shanbaga o‘tar kechada shavvol hiloli kuzatilgandan keyin hilolni shar’iy ko‘rish bilan ko‘rilgani ayrim islomiy yurtlarda o‘z isbotini topdi. Shunga ko‘ra, demak, ertaga shanba kuni shavvol oyining hamda muborak ramazon hayiti kunlarining birinchi kunidir.
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi