Xavfsizlik kengashi korruptsiyaga qarshi yangi strategiya loyihasini muhokama qiladi

368
0

Xavfsizlik kengashi korruptsiyaga qarshi yangi strategiya loyihasini muhokama qiladi

 2020-yilning iyun oyida 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Qirg‘izistonda korruptsiyaga qarshi kurash va uning sabablarini bartaraf etish bo‘yicha yangi davlat strategiyasi loyihasini muhokama qilish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Bu haqda prezident saytida xabar qilindi.

 Strategiya loyihasi Xavfsizlik kengashining 2020-yil 24-yanvardagi qarorlarini amalga oshirish uchun mazkur kengashning bir guruh milliy ekspertlari guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Prezident saytida, strategiya davlat idoralarida korruptsiya ko‘rinishlarini kamaytirishga qaratilgan zomonaviy mexanizmlar ishlab chiqilgani xabar qilingan.

 Loyiha soliq va bojxona tartib-qoidalarini fiskallashtirish, siyosiy shaxslarning boyliklarini tekshirish, korruptsiya darajasini o‘lchash bo‘yicha milliy tizimni yaratish, korruptsiya uchun jazoni kuchaytirish kabi choralarni o‘z ichiga oladi.

 Izoh: Qirg‘izistonda barcha tarmoqlar deyarli hukumat nazorati ostida. Davlat strukturalari va ulardagi korruptsion sxemalar… va mamlakatdagi jinoyatchilar tizimi, din ishlari, millatchilik va “tangrichi mushriklar” tarmog‘i… bularning barchasi davlat nazorati ostida. Davlat o‘ziga tobe bo‘lgan yuqoridagi barcha jinoiy tarmoqlarni xavfsizlik xizmati, prokuratura, sud va organ xizmati quvvati yordamida ushlab turadi. Bu rejim korruptsiya yo‘li bilan korruptsiyaga qarshi kurashayotgan rejimdir. Siyosiy doira vakillari bo‘lgan amaldorlardan tortib, davlat quvvatining kafolati bo‘lgan sud, prokuratura, xavfsizlik xizmati, kuch organlari barchasi korruptsiya botqog‘iga botib bo‘lgan. Ular shu botqoq ichida turib, yana unga qarshi kurashmoqchi bo‘lishyaptimi…

 Aslida korruptsiya muammosi shaxslarda yoki amaldorlarda emas, balki barcha narsani moddiy manfaat ustiga qurgan kapitalistik tuzumda. Chunki barcha amaldorlar va siyosatchilarning tashvishi o‘zi vaqtincha egallab turgan lavozimdan foydalanib qolish bo‘lib, ular xalq hisobidan cho‘ntaklarini qappaytirishdan boshqa narsani bilmaydilar. Ular Allohning oldida va na bandalar oldida javob berishdan qo‘rqishmaydi. Qolaversa, amaldorlarning nazorat qiluvchi organlarning o‘zi shu baloga giriftor bo‘lgan. Kapitalistik tuzum tatbiq qilinar ekan korruptsiya balosi xalq qonini zulukdek so‘rishdan to‘xtamaydi. 

 Korruptsiya balosidan qutulishning yagona yo‘li islomiy Xalifalik davlatini barpo etishdan iborat. Islomda siyosat insonlarni g‘amxo‘rlik bilan boshqarishdan iborat. Davlat siyosatchilari oddiy insonlar tomonidan nazorat qilinadi, kerak bo‘lgan vaqtda mazolim mahkamalariga tortiladilar, bundan tashqari, ularni oxiratda eng qattiq hisob-kitob kutadi. Chunki, Islomdagi siyosat foyda olish emas, balki Alloh taolodan qo‘rqqan holda bajarish lozim bo‘lgan omonatdir. Shu sababli ham Xalifalik tuzumida bugungi kunda kapitalistik tuzumda bo‘layotgan korruptsiya aslo bo‘lmasligi tabiiydir.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.