BMT qurbonni oʻldirib soʻng uning janozasida qatnashmoqda

761
0

BMT qurbonni oʻldirib soʻng uning janozasida qatnashmoqda

BMT 2017 yil 17 yanvarda bildirishicha Yamandagi kurash oʻn mingdan koʻproq odamning qurbon boʻlishiga olib keldi. Qonuniylikni qoʻllab-quvvatlash degan bahona bilan Saudiya boshchilik qilayotgan koalitsiya bilan qonuniylik degan narsaga qarshi bosh koʻtargan Husiylar oʻrtasidagi urushda shuncha odam qurbon boʻldi! Holbuki Husiylarni hokimiyatga sherik qilishga harakat qilayotganlar Amerika va shu BMTning oʻzidir. BMTning yana bildirishicha Yamandagi urush “Bu ahvolni hal qilish zarurligini taʼkidlamoqda, xususan urushdagi oziq-ovqat yetishmasligi, kasalliklar kabi ahvoldan zarar koʻrayotgan yamanliklar soni tobora koʻpayib borayotgani sababli bu ahvolni hal qilish zarurligini taʼkidlamoqda” emish.

Yamanda urush avj olgani sayin insoniy krizis yanada keskin va yanada xatarli tus olmoqda. Buning oqibatida vaziyat tasvirlab boʻlmaydigan darajada falokatli boʻlib qoldi… oʻn minglab odam oʻldirildi. Bu faqat eʼlon qilingani, xolos! Bu urushning davom etishidan millionlab Yaman ahli aziyat chekmoqda. Ular uchta narsadan: urush, ochlik va kasallikdan azob chekishmoqda. Ular sogʻliqni saqlash va taʼlim kabi asosiy zaruriyatlarga muhtoj boʻlib qolishmoqda. Ayni vaqtda “arabiy” koalitsiya kuchlari va Husiylarning qurolli toʻdalari tinimsiz toʻs-toʻpolon, oʻldirish va bemalol qon toʻkish muhitini yoyib inglizlar va amerikaliklarning bu mintaqa ustidagi kurashiga xizmat qilishmoqda. Bu xunrezlik qonunchilikni qoʻllab-quvvatlash yoki undan mahrum qilish degan niqob ostida amalga oshirilmoqda.

Tabiiy boyliklar uch burchagida joylashgan va neft bilan gazning eng katta zahiralari boʻyicha eng oldingi oʻrinni egallab turgan Yaman Angliya va Amerika boshchilik qilayotgan oʻzaro qir-pichoq siyosiy nizolarga boʻyin egmoqda. Vaholanki bu ikkalasi (yaʼni Angliya va Amerika)dan har biri boʻlib tashlash rejasi boʻyicha ish tutadi. Bu ikki mustamlakachidan har biri boʻlib tashlash oʻzining manfaatlariga xizmat qiladi deb bilsa buni toifachilik va qabilachilik urushi, qonuniylikni qoʻllab-quvvatlash va “terrorizm va ekstremizm”ga qarshi kurash degan niqob ostida amalga oshiradi. BMT kabi xalqaro tashkilotlar xuddi shu “qozon”ning ichida ish olib borib, tinch aholining oʻldirilishiga hissa qoʻshadi, soʻng inson huquqi va tinchlik oʻrnatish degan daʼvolar bilan jar solib qurbonning janozasida qatnashadi!! BMTning arab mintaqasining sharqiyu gʻarbi boʻylab jar solayotgan fojiali stsenariylari fosh boʻlib, ochilib qoldi. Chunki BMT Amerika manfaatlariga aʼlo darajada xizmat qilish uchun butun toqatini sarflamoqda, siyqasi chiqqan qoralash va tashvish bildirishni yana takrorlamoqda, yanada koʻp muzokaralar oʻtkazib va yanada koʻp yon berishlar orqali krizisni tezroq hal qilish zarurligi haqida jar solmoqda. Bu bilan BMT har safar oʻzining barbod boʻlgan va keraksiz tashkilot ekanligini isbotlamoqda.

Yamanda yechim “bepusht” jinoyatchi tashkilotlar “pushti kamari”dan tugʻilmaydi va xalqaro hamjamiyat va xalqaro huquk degan narsa qarorlariga suyanish bilan ham tugʻilmaydi. Aksincha Ummat aqidasidan – Islom muolajalarini hakam qilish va Rabboniy qonunga qattiq amal qilish bilan – tugʻiladi. Bugun Yaman ahli oʻzining haq-huquqlarini himoya qiladigan, qonini asraydigan va kufr va yovuzlik changalini tiyib qoʻyadigan Paygʻambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik davlatiga oʻta muhtoj boʻlib turibdi.

Ey, xolis musulmonlar armiyalari! Bu Ummat qoni haqida Allohdan qoʻrqing, mazlum musulmon birodarlaringizga yordam berishga harakat qiling va qurol-aslahani haq yoʻlda koʻtarib chiqing… Amirliklar, Iordaniya, Saudiya va Quvaytdan iborat arab koalitsiyasidagi ey armiyalar, Robbingizdan hayo qiling, xoin, malay hokimlarni rozi qilish uchun va jazoingiz Allohning qahr-gʻazabi va mazlumlarning laʼnati boʻlishi uchun Yamandagi birodarlaringizni oʻldirish, ularning farzandlarini va ayollarini terror qilib qoʻrquvga solishdan iborat oʻz qoʻlingiz bilan qilayotgan jinoyatlaringizdan uyaling… Ey Eron rejimi va uning hizblari va toʻdalari musulmonlar yurtlarida buzgʻunchilik qilishdan, fitnalarni alangalatishdan va musulmonlar qoni evaziga mustamlakachilar rejalarini amalga oshirishdan tiyiling.781

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot boʻlimi

Manzil: al­Mazraa – “Kolumbia Tsentr” – blok b – ikkinchi qavat

Pochta qutisi 14­5010

telefon: 00961 1 30 75 94

uyali telefon: 00961 71 72 40 43

elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.