Koronavirus epidemiyasi hamda Evropa Ittifoqi

549
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Koronavirus epidemiyasi hamda Evropa Ittifoqi

Koronavirus epidemiyasi Evropa Ittifoqini qulatadimi? Yoki ekstremist o‘ng qanotlarni kuchaytiradimi? Musulmonlarga nima bo‘ladi va ular nima qila oladilar?

Haqiqatdan ham, bu epidemiya boshqalar qatori Evropaga ta’sir qilib, uning tez tarqalishi va unga qarshi kurasha olmasliklari manzarasida Evropa davlatlarini boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘ydi. Uning oldida ojiz ekanliklarini his etishdi. Shuning uchun, ilmoniy bo‘lishlariga qaramay, dinimizga murojaat qilishdi, ya’ni, musulmonlarga o‘zlarining yirik davlatlari osmonida azonlarni baralla aytishlariga ruxsat berishdi. Biroq, krizis tugasa, dinimizdan foydalanishni ham bas qilishadi. Chunki ular musulmonlar manfaatiga qonun chiqarishgani yo‘q, balki vaqtinchalik qarorlar chiqarishdi, xolos. Shuning uchun musulmonlarga nisbatan siyosatlarida aslo o‘zgarish bo‘lmaydi. Hatto muslimalarning shar’iy libos kiyishlari, shar’iy yo‘l bilan qurbonlik qilish va baland ovozda azon aytishlar hamon ularning tazyiqlari ostida qolmoqda. Faqat musulmonlarga qarshi dushmanliklarida ma’lum darajada engillik ko‘rindi, xolos.

Germaniyada ekstremistik millatchilar musulmonlarni krizis paytida odamlar bilan munosabatda bo‘lib, ularga yordam taqdim etishganini ko‘rgach, «musulmonlar koronavirusdan foydalanishyapti», degan gaplarni qilishdi. Lekin bu millatchilarning ovozi past… jo‘yali ish qilish va xalqlariga fikr berib, biror echim taqdim etishdan ojiz. Shuning uchun o‘z nafrat va ginalarini musulmonlarga qaratishdi. Zotan, ularning ishlaridagi asosiy ko‘zga tashlanuvchi narsa ham mana shu. Chunki ular fikriy va siyosiy jihatdan abgordirlar. Shuning uchun biror rolь bilan shug‘ullanish yoki echim berish qo‘llaridan kelmagani sababli xalqchilliklari yo‘qolib, ko‘tarilishlari amri mahol bo‘lib qoldi. Bu holatni butun Evropada kuzatish mumkin. Go‘yo bu millatchi harakatlar yuqoriga ko‘tarilishga ojizliklari uchun hozirgi hukumatlarning ortida yashirinib olib, bu ularning muvaffaqiyatsizlikka uchrashini va tartibsizliklar kelib chiqishini kutib turishgandek. Masalan, ayniqsa Germaniyada, hukmron partiyaning xalqchilligi oshdi. Bu partiyadagilar tibbiy yordamlar ko‘rsatish va zarar ko‘rganlarga moliyaviy yordam berish, tovarlarning monopoliya qilinib, narxlari oshirilishiga qarshi turish bilan krizisni nazorat qilishga muvaffaq bo‘lishdi. Ular ayni ishlarida yordam berishda hamda shifokor va hamshiralarning tibbiy yordam ishlarida hamkorlik qilishda yonlarida faqat musulmonlarni ko‘rishdi.

Koronavirus Evropa Ittifoqiga nisbatan bir imtihon bo‘ldi, uning qanchalar sobit va birdam turish-turmasligi shu imtihonda ko‘rindi. Misol uchun Frantsiya prezidenti Makron 2020 yil 26 mart kuni «Evropa loyihasi xavf ostida… Duch kelayotganimiz bu tahdid Shengen zonasini yo‘q qilishi mumkin», dedi.

Germaniya kantsleri Merkel bunday so‘zlarni aytdi: «Menimcha, Evropa Ittifoqi, o‘zi tashkil topgandan beri bugun eng katta sinovga duch kelmoqda… Muhimi, Ittifoq koronavirus sababli kelib chiqqan bu iqtisodiy krizisdan sog‘ chiqmog‘idir».

Evropa Ittifoqi o‘zining ikki rahbari og‘zidan qulash bilan ogohlantirilmoqda. Chunki u ayni krizisni jilovlash borasida bir ittifoq sifatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi va hammani hamkorlik va birdamlikka undovchi biror mushtarak reja ishlab chiqishga muvaffaq bo‘lolmadi. Aksincha, Ittifoqqa a’zo davlatlar bir-birlari oldida chegaralarini yopib olishdi va ochiq chegaralar, harakat va savdo erkinligi  kelishuvi bo‘lgan Shengen shartnomasiga nisbatan ishonchsizlik paydo bo‘ldi. Bir-birlarini hamkorlik qilmayotganlikda ayblab, har bir davlat o‘zini o‘ylab, biri boshqasini tibbiy jihozlardan mahrum qildi… Xudbinlikning jirkanch ko‘rinishi namoyon bo‘ldi. Holbuki, hammalari kapitalistlar bo‘lgani uchun xudbinlik illati ularning ich-ichlarida tomir otganligi, hargiz undan qutulisholmasligi bilindi. Italiyaliklar Ittifoqdan chiqishni talab qilishdi… Demakki, Evropa Ittifoqiga darz etishi tabiiy. Chunki u zaif ittifoqdir.

Ehtimol, bu Ittifoq hozir qulamas, chunki u o‘zaro yordamga muhtoj. Lekin o‘zaro ishonchsizlik Ittifoq orasiga mina kabi ko‘milib, qachondir portlash-bo‘linish xavfini tug‘dirmoqda hamda Ittifoq Britaniyaning chiqib ketishi bilan hanuz silkinishdan qutulolgani yo‘q. Endi koronavirus krizisidan so‘ng ham qayta tom ma’nodagi ittifoqqa aylanishi mushkul. Hammalarining bor tashvishi Shengen shartnomasi kabi erishgan yutuqlarini saqlab qolish bo‘lib qoldi. Zotan, bu Ittifoq umumiy ichki va tashqi siyosatda siyosatlar birligi sari biror salmoqli qadam tashlay olmadi. Misol uchun, Polsha, Vengriya, Slovakiya va Chexiya 2015-2016 yili Ittifoqning qochqinlarni bo‘lishib olish to‘g‘risidagi qaroriga qo‘shilishdan bosh tortishdi. Buning ustiga Ittifoq davlatlari Evropa armiyasini bino qilishda hali ham sustlik qilishyapti.

Bu Evropa Ittifoqi uchun bir muhlat. Shu muhlatda jiddiy zarar ko‘rgan davlatlarini tezroq qutqara olmasa, uni halokat kutmoqda. Shuning uchun Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches 2020 yil 5 aprelda bunday bayonot berdi: «Hozir favqulodda vaziyatda qoldik, bu sobit pozitsiyani talab qilmoqda. Yo bu muammoga qarshi kurasha olamiz yoki Ittifoq sifatida muvaffaqiyatsizlikka uchraymiz… Biz shunday aro yo‘lda qoldikki, aksar davlatlar va Ittifoqimizni qo‘llab-quvvatlovchi hukumatlar, hatto Ispaniyadagi kasaba uyushmalari ham Ittifoqni saqlab qolishga biror real dalil topolmay qoldilar… Yuz tutayotganimiz muammo misli ko‘rilmagan darajada favqulodda muammo bo‘lib, bizni bitta, birdam va tub echimga chaqirmoqda, iqtisodiy va ijtimoiy tizimimizni saqlab, fuqarolarimizni himoya qilish istagiga chorlamoqda».

Bularning barchasi Evropa Ittifoqining Frantsiya va Germaniya doxil ikki davlati rahbarlariga bog‘liq. Ma’lumki, ko‘p zarar ko‘rgan Frantsiya bo‘ldi. Uning moliya vaziri Bryuno Le Mer 2020 yil 6 aprelda bunday dedi: «Frantsiya Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yomon iqtisodiy urushni boshdan kechirishi mumkin. Deflyatsiya darajasi 2008 yilgi global moliyaviy krizisdan so‘ng 2009 yildagi 2.2 %dan bir muncha yuqori… Bu yil ham o‘sish 1 %ga qisqaradi». Shunga qaramay, Frantsiya o‘zining Ittifoqqa etakchilik qilayotganini isbotlashga urinyapti. Masalan, uning prezidenti Italiyaga yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi. Chunki bundan oldin Italiya Evropa davlatlarini, xususan, Frantsiya va Germaniyani tibbiy niqoblar va boshqa tibbiy ashyolar etkazib bermayotganlikda ayblagandi. Frantsiya prezidenti «biz Evropaning sog‘liqni saqlash va moliyaviy darajada kuchli birdamligisiz ayni krizisni bartaraf eta olmaymiz», dedi. Koronavirusga qarshi kurashish uchun butun Evropa Ittifoqini qo‘shma kredit fondi tuzishga chaqirdi. Ammo Germaniya bu chaqiriqqa rozi bo‘lmadi, balki Ittifoqqa hukmronlik qilishni boshqa yo‘lini istamoqda.

Evropa Ikkinchi Jahon urushida vayron bo‘ldi. Shunda AQSh pullarini to‘kish va kompaniyalarini kiritish maqsadida Marshall planini boshladi… Ammo bu plan Evropaga qimmatga tushdi. Chunki u Amerika hukmronligi ostida qoldi va hozirga qadar undan qutulolmay kelyapti. Lekin Amerika bugungi kunda Evropaga yordam berishga qodir emas. Chunki u ham koronavirus krizisidan so‘ng o‘zini qutqarish uchun kurashadi va qutqara oladimi-yo‘qmi bu dargumon. Shu paytgacha Amerika o‘zini 2008 yilgi moliyaviy krizis oqibatlaridan qutqarish uchun Evropa va boshqa davlatlarga qarshi savdo urushi e’lon qilgan edi.

Ammo Germaniyaning moliyaviy va insoniy ziyoni boshqalardan ko‘ra ozroq bo‘lishi ehtimoli bor. Chunki uning qo‘lida juda yirik moliyaviy balansi va ulkan sanoat salohiyati bor. Agar Germaniya Evropa mamlakatlariga pul va kompaniyalarini hozirgidan ham ko‘proq jalb qilsa, bu narsa uning Evropaga hukmronlik qilish va dunyoda yirik davlatga aylanishi uchun qulay imkoniyat bo‘ladi. Zotan, bunga bir necha yillardan beri intilib kelmoqda. Biroq, bu narsa Germaniya siyosatchilarining ongi, shijoati va to‘g‘ri xatti-harakatiga bog‘liq.

Nima bo‘lganda ham, kapitalizm tuzumi yiqilish arafasida turibdi, uning davlatlari parchalanmoqda… bundan uni Germaniya ham – har qancha kuchaymasin – aslo qutqara olmaydi. Zero, bu davlat o‘zining qora natsizm tarixi bilan evropaliklar ishonchidan chiqqan. Faqat ko‘hna va sog‘lom Islom sistemasi qolmoqda. Islom Ummatining olg‘a bosishi uchun imkoniyat mavjud. Biroq, buning qarshisida ulkan to‘siq borki, u rejimlar va ularning tepasidagi hukmdorlardir… Bu kimsalar o‘zlariga yirik kapitalistik davlatlarni do‘st tutishni munosib ko‘rishgan… Bu rejimlardan biri ketsa, boshqasi kelyapti! Bugun Islom fikrlarini tiniq o‘zlashtirgan, islomiy dastur istinbot qilgan va Islom tuzumini, ma’muriy strukturasini, boshqaruvini, tatbiq mexanizmini bayon qilgan hamda davlat rahbarlari sifatiga ega er o‘g‘lonlarni etishtirgan xolis ongli siyosiy hizblarga suyanish kerak. Bugungi kunda ushbu Ummatga mansub bo‘lgan har bir musulmon zimmasiga javobgarlik tushadi. Zero, Alloh Subhanahu bu Ummatga butun insoniyatni qutqarish vazifasini yuklagan. Buning uchun Ummat Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik qasrini barpo etish uchun ushbu xolis ongli kishilar bilan birgalikda harakat qilishi kerak. Ushbu davlat esa, mazkur vazifaning ado etilishida Ummatdan vakil sifatida va u bilan birgalikda amalda etakchilik qiladi.

Roya gazetasining 2020 yil 29 aprel chorshanba kungi 284-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.