Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti: «Sinovlar ortidan tuhfalar keladi» nomli ramazon kampaniyasi

400
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti: «Sinovlar ortidan tuhfalar keladi» nomli ramazon kampaniyasi

Bu yilgi ramazon o‘tgan ramazonlar kabi bo‘lmayapti. Ya’ni, bir necha aka-uka va opa-singillarimiz o‘tgan bir necha haftada koronavirus tufayli suyganlari va yaqinlaridan judo bo‘ldilar, qolganlari kasalxonalarda qolmoqdalar. Bularning barchasi, Ummatimiz Suriya, Yaman, Kashmir, G‘azo sektori, Arakan (Mьyanma), Sharqiy Turkiston va boshqa musulmon yurtlarida bombalar va o‘qlar yomg‘iri ostida nobud bo‘layotgan yoki bosqinchilik zulmidan yoxud qochqinlar jamloqlari (o‘lim lagerlari)da azob-uqubatlar chekayotgan bir paytda sodir bo‘lmoqda. Bundan tashqari, dunyoning aksar yurtlarida karantin sababli aka-uka va opa-singillarimiz og‘ir iqtisodiy qiyinchiliklarga uchradilar hamda ahllari, oilalari va qarindoshlaridan uzoqda qoldilar. Bizning ko‘pchiligimiz juma namozlari, jamoat va tarovih namozlarini ado etishdan, iftorlik dasturxonida birgalikda o‘tirishdan mahrum qolmoqdamiz.

Mana shunday salbiy holatlar va qora kunlar manzarasida, ba’zan umid chirog‘ini yoki shu’lasini ko‘rishimiz qiyinlashib qolishi mumkin. Biroq biz musulmonlarmiz, shu bois buyuk dinimiz bizga sinovlar, balolar, musibat va qiyinchiliklarning maqtovga loyiq Haq Taologa yuzlanish va undan yordam so‘rash fursati ekanini o‘rgatgan. Alloh Taolo bunday deydi:

الم * أَحَسِبَ النَّاسُ أَنْ يُتْرَكُوا أَنْ يَقُولُوا آمَنَّا وَهُمْ لاَ يُفْتَنُونَ * وَلَقَدْ فَتَنَّا الَّذِينَ مِنْ قَبْلِهِمْ فَلَيَعْلَمَنَّ اللَّهُ الَّذِينَ صَدَقُوا وَلَيَعْلَمَنَّ الْكَاذِبِينَ

«Alif, Lom, Mim. Odamlar – imon keltirdik, deyishlari bilangina, imtihon qilinmagan hollarida, qo‘yib qo‘yilishlarini o‘yladilarmi?! Holbuki, Biz ulardan avvalgi (imon keltirgan barcha) kishilarni imtihon qilgan edik-ku!! Bas (shu imtihon vositasida) albatta Alloh (imon keltirdik, deb) rost so‘zlagan kishilarni ham, yolg‘onchi kimsalarni ham aniq bilur» [Ankabut 1-3]

Shuning uchun sinovlar va qiyinchiliklar bizga imonimizda xolis va dinimizga vafodor ekanimizni Xoliqimiz Subhanahu va Taologa isbotlash imkoniyatini beradi. Buning uchun shu sinovlardan Alloh Subhanahu va Taologa yaqin bo‘lish va unga tiz cho‘kishda samarali foydalanmog‘imiz darkor. Chunki – xoh shaxsiy holatda, xoh Ummat sifatida bo‘laylik – bu sinovlar Alloh Taologa itoat qilish va barcha amrlariga amal qilishdagi zaif va chala nuqtalarimizni to‘g‘rilab olishimiz uchun shunday bir qulay fursatdirki, ushbu qiyinchiliklarning barchasidan g‘olib kelaylik, karami keng, qudrati ulug‘ Robbimizga ko‘proq ibodat qilib olaylik.

Shu bilan birga, ushbu sinov va qiyinchiliklar o‘zimiz yashayotgan olamdagi vaziyat haqida hamda tuzumlar, qonun va qoidalar to‘g‘risida tafakkur qilishimiz uchun ham qulay fursatdir. Zero, bu tuzum va qonunlar yurtlar ustidan hukm yuritib, hozirgi (COVID-19) epidemiyasi kabi, Ummatga salbiy ta’sir o‘tkazayotgan krizislarni kuchaytiryapti. Shu bilan birga, bu tuzum va qonunlarning insoniyat uchun tog‘-tog‘ muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘layotganiga ham guvoh bo‘lmoqdamiz… Demakki, bugun bularning barchasini qanday qilib o‘zgartirish to‘g‘risida fikrlash uchun zarur fursat tug‘ildi. Shu boisdan, o‘zimizda, yurtimizda va butun olamda ijobiy haqiqiy o‘zgarishni paydo qilishimiz uchun ushbu sinov va mashaqqatlar tayyor imkoniyatdir.

Xo‘sh, falokatlardan aziyat chekayotgan, musibat va mashaqqatlarga duchor bo‘layotgan bir paytimizda, o‘zimizni eng kuchli ekanimizni namoyon qilish uchun Ramazondan qanday foydalanamiz?! Zotan, biz fikrlashda va dinimizni tushunishda kuchli bo‘lsakkina Alloh Taolo bu dunyoda biz uchun xohlagan oliy martabaga, yuksak maqomga ko‘tarila olamiz. Allohning dini yo‘lida insonlar ustida guvoh bo‘ladigan Ummat darajasiga ko‘tarilsakkina dunyoyu oxiratda yutuqqa erishamiz.

Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limi ayollar qanoti 1441 hijriy sanadagi muborak Ramazon oyi davomida «Baloga qarshi turishda yutuq sari harakat qilish» masalasini muhokama qiladilar.

Kampaniyani quyidagi elektron manzilimiz orqali kuzatishingiz mumkin:

http://www.hizb-ut-tahrir.info/ar/index.php/hizb-campaigns/67595.htm

Roya gazetasining 2020 yil 29 aprel chorshanba kungi 284-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.