Tojikiston koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha Qozog‘istonni ortda qoldirdi

486
0

Tojikiston koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha Qozog‘istonni ortda qoldirdi

 Tojikistonda bir kun davomida 204 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakatdagi koronavirus ma’lumotlarini berib beruvchi covid.tj saytida xabar berilgan.

 Manbada ko‘rsatilishicha, 16 may kuni yana uch kishi koronavirus sabab vafot etgan va umumiy o‘lim holatlari 36taga etgan. Kasallanganlar soni esa 1 322 nafarga etdi. Mamlakatdagi tibbiyot birlashmalarida 4 326 kishi shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi.

 Bugun Tojikistonda tibbiyot mutaxassislari ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan bolalar yuqumli kasalliklari bo‘yicha sog‘liqni saqlash vazirligining bosh mutaxassisi Gavhar Saidmurodova mamlakatda kamida 1 oy karantin joriy etish zarurligini aytgan.

 Kunlik o‘sish yana 200 kishidan ko‘p bo‘lgan Tojikiston umumiy kasallanganlar soni (1 322) bo‘yicha Qirg‘izistonni (1 117) ortda qoldirdi. O‘rta Osiyoda eng ko‘p kasallik yuqtirganlar Qozog‘iston (5 850) va O‘zbekitonda (2 719) qayd etilgan. Turkmanistonda esa rasman virus aniqlanmagan. Umumiy o‘limlar soni bo‘yicha Tojikiston (36) Qozog‘istonni (34) ortda qoldirib, bu borada mintaqada o‘ziga xos etakchiga aylandi.

 Izoh: Tojikiston hukumati ikki oyga yaqin mamlakatda virus qayd etilmaganiga ishontirib keldi. Ammo olamiy siyosatni koronavirus vahimasi orqali yangi o‘zangga solmoqchi bo‘layotgan yirik davlatlar bosimi ostida oxir oqibat bu vahima karvoniga qo‘shilishga majbur bo‘ldi. Xalqaro tashkilotlar hatto mamlakatda qancha odam virusni yuqtirishi va qancha odam vafot etishi ham belgilab berishdi.

 Xalqaro bank Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 72 mingdan 230 ming kishigacha etishi, olti yarim mingdan 21 minggacha odam halok bo‘lishi mumkinligini tahmin qildi. Endilikda tojik hukumati bu “topshiriqni” ado qilish uchun mamlakatda virus bilan og‘riganlar va vafot etganlar soni keskin oshib borayotganini xabar qilmoqda. Hatto Tojikistonda virus natijasida vafot etganlar soni mintaqada birinchilardan bo‘lib karantin rejimini joriy qilgan Qozog‘istondan ham oshib ketdi. Bunday ko‘rsatkichlarni paydo bo‘lishi bir tomondan xalqaro tashkilotlar bosimi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ushbu tashkilotlarning moliyaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha bergan va’dalari ham sabab bo‘lmoqda. Tojikiston iqtisodi ham Qirg‘izistonniki kabi tashqi qarz va yordamlarga qaram. Shu sababli, xalqaro tashkilotlar bosimiga itoat qilishga majbur.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.