Sudandagi o‘tish davri hukumati xavfni sezib, hokimiyatda ko‘proq qolish chora-tadbirlarini ko‘ra boshladi

489
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Sudandagi o‘tish davri hukumati xavfni sezib, hokimiyatda ko‘proq qolish chora-tadbirlarini ko‘ra boshladi

2020 yil 11 aprel shanba kuni kechqurun o‘tish davri hukumati tarkibidagi rahbarlar Inqoz rejimi qulatilganining bir yilligini xotiralab, yig‘in uyushtirishdi (ular Suveren kengash, Vazirlar kengashi, Ozodlik va O‘zgarish Kuchlari rahbarlari edi). Yig‘inda o‘tgan davr mobaynida erishilgan yutuqlar va erishilmagan ishlar muhokama qilindi. Uchala tomon o‘tish davri tarkibi o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlashga, qo‘zg‘olon vazifalarini oxiriga etkazish uchun kollektiv ravishda harakat qilishga hamda yurtni qiynayotgan inqiroz va tahdidlarni to‘xtatish zarurligiga kelishib olishdi. Tinchlik masalasi va iqtisodiy krizis… kabi masalalar muhokama qilindi.

O‘z-o‘zidan savollar tug‘iladi: Haqiqatda ham o‘tgan davrda biror yutuqqa erishildimi yoki aksincha, ahvol yanada murakkablashib, yomonlashdimi?! O‘tish davri hukumatining muvaffaqiyatsizligi shu rahbariyatning o‘zida emasmi?! Kollektiv rahbariyat aqlan va shar’an muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgan, boshqaruv shakli ham Sudan ahliga tushunarsiz. Xo‘sh, ushbu uch tomonning qay biri mamlakatni boshqaryapti? Qaror chiqaradigan davlat rahbari kim o‘zi?! Aslini olganda, qaror sohibining o‘zi yo‘q. Chunki ishlarga na Suveren kengash boshchilik qilyapti, na Vazirlar kengashi va na Ozodlik va O‘zgarish Kuchlari! Chunki uchalasining ham qo‘lida hokimiyat yo‘q. Bunga yaqqol dalil, general-leytenant Burhon joriy yil mart oyida Ugandada Netanьyaxu bilan uchrashganda, bosh vazir Hamduk Burhonning bu uchrashuvidan xabari yo‘q ekanini aytdi! Burhon esa, Xartum gazetalaridagi uzundan-uzun maqolalarda bu uchrashuvning AQSh tashabbusi bilan amalga oshganini ma’lum qildi! Xo‘sh, qani hokimiyat?! Hamduk va Burhon yurtni boshqarayotganlarini da’vo qilishmaganmidi?! Rejimda hamkorlik qilayotgan bu tomonlarning har biri boshqasining oyog‘idan chalishga harakat qilib yotibdi. Shuning uchun ham mazkur yig‘in bayonotida rahbarlar o‘rtasidagi darz ketgan ishonchni qayta mustahkamlash haqida aytildi. Hatto hokimiyatga qarshi harbiy to‘ntarish to‘g‘risida gaplar urchimoqda. Bu haqda harbiy kengashning sobiq a’zosi general-leytenant Saloh Abdulxoliq «Majhar siyosiy» gazetasi bilan o‘tkazgan suhbatida bunday dedi: «Hozirgi vaziyat talabi shuki, endi harbiy muassasaga uddaburon zobitlar kerak, ular bilan harbiy to‘ntarish yasab, shoshilinch saylovlar uyushtirish va yurtni partiyasiz vakolatlar bilan boshqarish zarur». U shuningdek, Sudanda xorijiy aralashuv mavjudligini ham ta’kidladi. Uning bu gaplari Ozodlik va O‘zgarish Kuchlari uchun go‘yo somonga o‘t ketib, so‘ng gaz balonini portlatgandek bo‘ldi. Bundan tashqari, sobiq xavfsizlik xizmati rahbari Saloh Qushning qaytishi va o‘zgarish jarayonida qatnashishi to‘g‘risida bashoratlar ham paydo bo‘ldi. (Al-Jazira net, 2020 yil 11 aprel shanba).

Ozodlik va O‘zgarish Kuchlari uchun xavotirli ishlardan yana biri, ko‘chadagi qo‘zg‘olonchi yoshlarning ularga ortiq ishonmay qo‘yishgani bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchi yoshlarning ularga ishonmay qo‘yishi Sudandagi AQSh malaylari bo‘lgan harbiy kengashga qarshi pozitsiyani egallagan Evropa malaylari uchun juda muhimdir. Gap shundaki, qo‘zg‘olonchilarning «ikonnasi» va Ozodlik va O‘zgarish Kuchlarining axborot «dinamigi», deya nom qozongan Ibrohim Shutaym voqea-hodisalarni ikir-chikirigacha yoritib, izohlay boshladi. Ko‘cha yoshlarini adashtirib, miyalarida Ozodlik va O‘zgarish Kuchlari haqida yaxshi taassurot uyg‘otdi. Keyin kutilmaganda chiqib, Ozodlik va O‘zgarish Kuchlarining soxtalik va yolg‘onlarini fosh qilishga va o‘ziga qarshi bir necha bor suiqasd urinishlari bo‘lganini aytishga o‘tdi. Zotan, o‘sha paytda yoshlarga turtki bergan Shutaym singari media faollari ko‘payib ketdi. Bu ishlardan o‘tish davri hukumatining tamom bo‘lishi vaqti yaqinlashgani ko‘rinib qoldi. Hukmdorlarning asl basharalari qanday ekanligi, mansabparast siyosiy elitaning qo‘zg‘olonchi yoshlarga xiyonat qilgani va qo‘zg‘olonlarini o‘g‘irlagani oshkor bo‘ldi. Bugun esa, ishlar ochiq oydinlashib qolgandan so‘ng, yana bu hukmdorlar zolim hukmronliklari vaqtini cho‘zib olish uchun yangi-yangi fitnalar to‘rini to‘qishmoqda.

Ularning favqulodda vaziyat bo‘yicha iqtisodiy qo‘mita tuzishganiga kelsak, bu ta’mirlashdan boshqa narsaga yaramay qolgan hamda tub o‘zgarish yasashdan ojiz muvaffaqiyatsiz kapitalistik tuzumning o‘ylab topgan bid’at-yangiliklaridan biri, xolos. Sudan hukumatidagilarning omadsizligiga sabab, ularda Sudanni iqtisodiy tanazzuldan qutqara oladigan to‘g‘ri iqtisodiy dasturning yo‘qligidir. Aksincha, tanazzulga har doimgidan ham tezroq tushib ketilmoqda va buning sababi, mahalliy valyuta kursining boshqa valyutalarga nisbatan tushib ketganligi hamda davlatning foydali qazilmalar, boyliklar va qishloq xo‘jalik erlaridan iborat resurslarini idora qilinmayotganligidir. G‘arb ko‘rsatmasi bilan tuzilgan bu hukumat ishlarni boshqarish o‘rniga, adolatsizlikni o‘ziga kasb qilib, xalqdan soliq yig‘ish bilan ovora! U avvalgi rejimdan farqsiz, vahshiy sarmoyador rejim bo‘lib, balolarning boshidir.

Bu zaif bayonot xulosasida tinchlik masalasini muhokama etish va uni amalga oshirish aytilgan. Ushbu tinchlik masalasi Troya oti kabi xizmat qiladi. Chunki shu narsani dastak qilib, yurt bo‘lib-parchalab tashlanmoqda. Biz Inqoz hukumatining Janubiy Sudanni tinchlik nomi bilan bo‘lib yuborganini hargiz unutmaymiz. Bugungi kunda muzokaralar harakati navbatdagi bo‘linishga zamin tayyorlamoqda. Ana, yaqinda shimol sektori xalqi bo‘linishni talab qilib namoyish qildi va bu fikrimizning yaqqol dalilidir. Albatta bunday xalq namoyishining kelib chiqishiga sabab, ilmoniylik yoki o‘z taqdirini o‘zi belgilash masalasini muzokara stoliga tashlangani bo‘ldi.

O‘tish davri hukumati yurtni mavhum taqdir sari etaklamoqda. Biz kaltak bu yoshlar boshida sinmasligidan oldin ularga bunday deymiz: Juda ehtiyot bo‘ling! Inqilob, muddatidan oldin saylov, qobiliyatli hukumat kabi nomlar berilgan tuzoqqa tushib qolmang! Bu ham eski plastinkaning o‘zi. Bas, juda ehtiyot bo‘ling. Chunki haqiqiy o‘zgarish ishi faqat bir yo‘l bilan amalga oshadi. U ham bo‘lsa, armiyaning xolis zobitlari yordamida hokimiyatni olish va Ummatni qaytadan Allohning Kitobi va Rosuli ﷺning sunnatlari asosida bir kishini saylashi yo‘lidir. Mana, Hizb ut-Tahrir halol ogohlantiruvchi va buyuk Islom asosida haqiqiy o‘zgartirish kemasining etakchisi bo‘lib turibdi. Bas, u bilan birga harakat qiling va unga yordam bering. U sizni bu dunyo va oxirat ne’matiga etaklovchi buyuk Xalifalik loyihasini taqdim etmoqda. Hizb buning uchun boshqaruv, iqtisod, siyosat kabi hayotning boshqa sohalarida mufassal dastur tayyorlagan. U nafaqat Sudanni, balki butun dunyoni tuban hayotdan azizu mukarram hayotga olib chiqishga qodir dasturdir, insha Alloh.

إِنْ تَنْصُرُوا اللَّهَ يَنْصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

«Agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (ya’ni Uning yo‘lida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida qadamlaringizni sobit-barqaror qilur» [Muhammad 7]

Roya gazetasining 2020 yil 22 aprel chorshanba kungi 283-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.