Xalqaro tizim hamon Ummatning Suriyadagi qo‘zg‘oloniga makr qilishda davom etmoqda

295
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Xalqaro tizim hamon Ummatning Suriyadagi qo‘zg‘oloniga makr qilishda davom etmoqda

«Sputnik» veb-sayti (hijriy 1441 yil 17-sha’bon, milodiy 2020 yil 10 aprel juma kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin bilan Turkiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sadat Unal juma kuni Suriyadagi Idlibga oid kelishuvga erishish va siyosiy jarayonga turtki berish masalasini muhokama qildilar.

Rossiya tashqi ishlar vazirligi bayonotida bunday deyiladi: «Suriyadagi vaziyatni tartibga solish bilan bog‘liq qator masalalar, jumladan, Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Rossiya-Turkiya kelishuvining bajarilishi muhokama qilindi. Shuningdek, Xavfsizlik Kengashining 2254-sonli rezolyutsiyasiga muvofiq, BMT ko‘magi ostida suriyaliklarning o‘zlari olib borayotgan va amalga oshirayotgan siyosiy jarayonni rivojlantirish vazifalari ham ko‘rib chiqildi»».

Roya gazetasi sharhi:

Suriyaga bo‘lgan ajnabiy aralashuvdan ko‘zlangan asl maqsad, asosan, ushbu yurt ahliga dushman bo‘lgan davlatlarning qarorlarini tatbiq etishdir. Salibchi Amerika boshchiligidagi xalqaro tizim Ummatning Suriyadagi qo‘zg‘oloniga qarshi turishga va o‘zlari chiqargan qarorlarga qo‘zg‘olonchilarni majburan rozi qilishga qaror qilgan. Buning uchun yollanma jangarilarni va davlatlarni ishga solib keldi. Ular Suriya ahlini o‘zgartirish ishidan hafsalalarini pir qilish va xalqaro qarorlarga itoat ettirish yo‘lida vahshiyona urush olib borishdi. Haligacha bu xalqaro tizim qo‘zg‘olonga makr qilib, uning malay baaschi rejimni ag‘darish va Islom boshqaruvini barpo etish maqsadiga etishini oldini olishga harakat qilib kelmoqda. Ayni damda qo‘zg‘olon ham o‘ninchi yilida cho‘g‘ ustida yurib, yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash uchun kurashib, Allohning izni ila, g‘oyasiga etishish uchun barcha mashaqqatlarni engib o‘tishda davom etmoqda.

Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.