Kapitalistik mustamlakachi davlatlar insonlar hayotini vayron etishda davom etmoqda

393
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Kapitalistik mustamlakachi davlatlar insonlar hayotini vayron etishda davom etmoqda

«Reyter» axborot veb-sayti (hijriy 1441 yil 18 sha’bon, milodiy 2020 yil 11 aprel shanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

«Juma kuni Jahon banki prezidenti Devid Malpass dunyodagi eng qashshoq davlatlar qarzlarining rasmiy to‘lovlarini vaqtincha to‘xtatib turish bo‘yicha Xalqaro Valyuta Fondi bilan hamkorlikda kiritgan taklifining albatta muvaffaqiyat qozonishiga ishonishini ma’lum qildi.

Malpass «LinkedIn» veb-sayti nashr qilgan bayonotida «Dunyo kambag‘allari xalqaro hamjamiyat tomonidan ularning qarzlarini engillatish sari keskin qadam tashlanishini intizor bo‘lib kutmoqdalar va men bu boradagi taklifimizda muvaffaqiyat qozonishimizga ishonaman», dedi. U ayni taklifida Xitoy va boshqa yirik kreditor davlatlarni ham 1 maydan boshlab dunyodagi eng qashshoq davlatlar qarzlari to‘lovini to‘xtatib turishga hamda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash uchun mablag‘lar ajratishga chaqirdi».

Roya gazetasi sharhi:

Kapitalistik mustamlakachi davlatlar insonlar hayotini, ayniqsa, kambag‘al davlatlardagi odamlar hayotini vayron etishda davom etishmoqda. Ular kambag‘al davlatlarning boylik va resurslarini talab, hamon protsentli qarzlarga botirishmoqda. Bu protsentlar bugun global iqtisodiy krizislar sababli battar murakkablashib ketdi. Mustamlakachi davlatlar qo‘lida echim yo‘q, chunki ularning kapitalistik tuzumi buzuq-yaroqsizdir. Aksincha, shu davlatlar krizislarni keltirib chiqarishdi va shundan ozuqalanishyapti. Mabodo, ular echim haqida o‘ylashgan taqdirda ham, echimlari yirik sarmoyador ajdaholar foydasiga xizmat qiladi, odamlarni krizisdan chiqarib, og‘irini engil qilishga xizmat qilmaydi.

Butun insoniyatning muammolarini hal eta oladigan sog‘lom yagona echim faqat Islom tuzumida mavjud. Bu o‘n uch asr davomida tatbiq qilib kelingan echimlardir. Bas, shunday bo‘lgach, Islom Ummati qayta oyoqqa turib, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish bilan ishlar tizginini qo‘liga olmaydimi?! Zero, Xalifalik o‘zining odil tuzumini tatbiq qilib, butun insoniyatga qayta tinchlik-barqarorlik, xotirjam va farovon hayot olib keladi.

Roya gazetasining 2020 yil 15 aprel chorshanba kungi 282-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.