Tunis rejimi koronavirusga qarshi tanglikni kuchaytirish orqali kurashmoqda!

440
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Tunis rejimi koronavirusga qarshi tanglikni kuchaytirish orqali kurashmoqda!

Toriq Rofe qalamiga mansub

Tunis rejimi koronavirusga qarshi kurashni taqlidiy shaklda olib bormoqda va bu ajablanarli hol emas. Chunki biz yurtdagi siyosatchilarning odatini yaxshi bilamiz, doim dengiz ortidan keladigan oliy farmonni kutishadi, farmon kelgach, uni o‘zlari uchun faxriy yorliq qilib olib, so‘zsiz bajarishadi… Yollanma va haromxo‘r ommaviy axborot vositalari orqali uni ko‘klarga ko‘tarib maqtashadi. Masalan, uning birinchi qadami dahshatli axborot hujumi bo‘ldi. U koronavirusni juda tez tarqaluvchi isyonkor iblis qilib tasvirladi… Shifoxonalarda kasallar sun’iy kislorod yutib o‘lim bilan olishayotganini, ko‘chalar o‘liklar bilan to‘lib ketganini, o‘liklarning ko‘pligidan dafn qilib ulgurilmayotganini xabar qildi. Bunga ba’zi jonli kadrlarni ko‘rsatish va ayrim g‘arblik siyosatchilarni ahmoqona bayonotlarini dalil qilib keltirdi… Hammaning qalbini qo‘rquv va dahshat egalladi, odamlar og‘ir echimlarga sabr qilishga va dohiylardan olinuvchi qattiqqo‘l echimlarni ko‘tarishga ko‘nika boshladi. Zero, masala jiddiy va unga engil qarab bo‘lmaydigan qilib ko‘rsatildi.

Tunislik hukmdorlar «mustaqillik»dan beri biz imkoniyati oz kambag‘al davlatmiz, degan uydirmani targ‘ib va tashviq qilishga odatlanishgan. Fursat topdi deguncha shu uydirmani ta’kidlashgani ta’kidlashgan va buni o‘zlari ham dalil talab qilmaydigan aniq narsa deb o‘ylashadi. Ular bunday deyishyapti: Ahvol shu ekan, agar koronavirus hujumi – Alloh asrasin – murakkab tus oladigan bo‘lsa, hech narsa qilolmaymiz. Ana, rivojlangan davlatlar, hatto yirik davlatlar ham ushbu epidemiya va uning kurashi oldida ojiz qolishyapti. Demak, donolik va najot virus yuqishini oldini olishda va uni izolyatsiya qilib, tarqalishdan to‘xtatib qolishdadir. Bu borada birinchi chora-tadbir odamlarning to‘planishi va bir-birlari bilan aloqa qilishini taqiqlashdan boshlanadi. Hukmdorlar shunday deyishlari ortidan xususiy va davlat muassasalaridagi ish soatlar qisqartirildi, kafelar kech soat to‘rtdan kechikmay berkitiladigan bo‘ldi. Masjidlar esa, ya’ni, G‘arb davlatlarining halovatini buzadigan va terrorchilik o‘chog‘i, deya baholanayotgan dargohlarimizga kelsak, bu xususdagi qaror keskin va shafqatsiz bo‘lib, juma va jamoat namozlari taqiqlandi, masjidlar yopib tashlandi, faqat namoz vaqtida azon aytiladigan bo‘ldi, xolos! Bu qaror musulmonlar tomonidan norozilik va qoralov bilan qabul qilindi. Chunki ilgari bunga tog‘utlar ham jur’at qilisholmagan edi. Ammo ularning bir siqim haybarakallachilari ayrim shar’iy matnlarga noto‘g‘ri ma’no berishni uddasidan chiqishdi hamda shu orqali bunday jinoyatni – hokimiyat fuqarolar salomatligi va yurt manfaati uchun shunday qaror qabul qildi, degan narsaga o‘zgartirishdi, shu bilan norozilik ovozlari ham o‘chdi!

Bunday holatlarda doim odatga aylanib qolgan asosiy choralar xayriya fondlarini ochish bo‘lib qolgan. Chunki sog‘liqni saqlash muassasalari barcha texnik-sanitariya vositalarining tanqisligidan shikoyat qilishadi, davlat esa, ayni virusga qarshi kurasha olmaydigan darajada kambag‘al… Virusga qarshi tunisliklar bir yoqadan bosh chiqarib, birdamliklari va himmatlarini ko‘rsatishlari, ayni kurashga qarshi o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak emish… Bunday masxarabozlik qonuniy tarzda talonchilik qilinishidan darak bermoqda.

Xabardorlikni oshirish tadbirlari doirasida sog‘liqni saqlash vazirligi xalqqa tavsiya va yo‘llanmalar berdi. Xoh, to‘g‘ridan-to‘g‘ri programmalar orqali bo‘lsin, xoh reklamalar vositasida bo‘lsin, sog‘liqni saqlash mutaxassislarining infektsiyani oldini olishga qaratilgan ushbu qator tavsiyalari qo‘lni sovunlab yuvish, sterillangan vositalardan foydalanish, tez-tez og‘iz va burunni chayqab turish, qo‘l berib va quchoqlashib ko‘rishmaslik… kabilar bo‘ldi. Maqsad, virusning halqumga kirib, undan o‘pkaga o‘tishidan, shu orqali ko‘payib, organizmni ishdan chiqarishidan saqlanish ekani aytildi. Oradan bir necha kun o‘tib-o‘tmay hokimiyat kechki soat oltidan tongi soat oltiga qadar komendantlik soati e’lon qildi, uydan chiqmasdan sog‘liqqa oid ushbu umumiy majburiyatlarga amal qilishga buyurdi, eng shoshilinch ehtiyojlar uchungina chiqishga ruxsat berdi. So‘ng oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan tashqari, kafe va restoranlarni hamda barcha muassasalarni berkitdi. Shuningdek, ehtiyojmandlarning ehtiyojini ta’minlashga va ayni taqiqdan aziyat chekkanlarga – ayniqsa sarmoya egalariga – kompensatsiya to‘lashga, kambag‘al-bechoralarga 200 dinor hadya berishga va’da berdi.

Insonlar hayotiga g‘amxo‘rlik xarakterida ko‘ringan bu chora-tadbirlar g‘amxo‘rlik o‘rniga ko‘proq dard bo‘ldi. Chunki odamlarning rizq-nasiba topadigan o‘rinlar yopib qo‘yilib, ularni sa’y-harakatsiz ushlab turildi, ustiga-ustak, har doimgidek hokimiyat bergan va’dalarini bajarmadi, yurtning bir necha viloyatlarida asosiy ehtiyoj mollari tamom bo‘ldi, ikki haftadan ziyod vaqt hojatmandlarga yordam pullarini tarqatish uzilib qoldi… oqibatda, mana shularning barchasi vaziyatni izdan chiqishiga va norozilik namoyishlari boshlanishiga olib keldi. Prezident bo‘lsa, milliy kengash, deyilgan yig‘ilishda chiqib olib, xuddi muxolafatchi rolini o‘ynadi va hukumatni sustkashligi uchun muhosaba qildi, unga nasihat va yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatdi… unga na biror farmon berdi, na undan biror narsani talab qildi. Bu albatta davlatning o‘z ishiga mutlaqo ega emasligini anglatadi!

Bunday chora-tadbirlar hayotni falajlanishiga olib keldi… rasmiylarga nisbatan qattiq norozilik va intiqom holatini keltirib chiqardi. Bularning barchasi hokimiyatning Alloh ahkomlaridan yuz o‘girib, unga isyon qilishi sabablidir. Agar bu hukmdorlar Allohning amrini qabul qilib, Nabiy ning hidoyat yo‘lini tatbiq qilganda edi, bu ahvolga tushmagan bo‘lar edik. Hokimiyat yurt ahlidan harakatlanishni qisqartirishni talab qilgan bir paytda, vabo tarqalgan davlatlardan keluvchilarga yurtning hamma yo‘llarini lang ochib qo‘ydi. Vaholanki, Rosululloh ﷺning ushbu

«إِذَا سَمِعْتُمْ بِهِ بِأَرْضٍ فَلَا تَقْدَمُوا عَلَيْهِ وَإِذَا وَقَعَ بِأَرْضٍ وَأَنْتُمْ بِهَا فَلَا تَخْرُجُوا فِرَارًا مِنْهُ»

«Agar vaboni biror erda tarqalganini eshitsangiz, u erga kirmang, agar u siz turgan erda tarqalsa, vabodan qochib u erdan chiqmang», degan so‘zlariga binoan, yurt chegaralarini yopib, kirish va chiqishni taqiqlashi lozim edi. Mana shu chora-tadbirdir. Shuning o‘zi mana shu musibatlarning barchasidan chetda bo‘lishga kafil. Keyin, agar hukmdorlar – kelayotganlar shu yurtning fuqarolari, o‘z oilalariga qaytishga haqlari bor, degan hujjat-bahona bilan buni tatbiq qilishmasa, u holda, ularni o‘zlari mavjud bo‘lgan erlarda boshpana bilan ta’minlash mumkin-ku, masalan, portlar, aeroportlar yoki chegara qismlari oldida. Bunga Rosululloh ﷺning sog‘lom shaxsni kasal shaxsdan ustun qo‘yganliklari va kasaldan moxovdan qochgandek qochishga buyurganliklari dalildir. Yana haqiqiy chora-tadbirlardan biri sog‘lomlar orasidan kasallarni aniqlash uchun klinik tahlil o‘tkaziladi. Shu bilan yuqumli kasallik xavfidan omon qolamiz. Agar hokimiyatdagilar uni ham, buni ham qilishmasa, u holda, hammani tahlil qilishlari va buning qanchalar ko‘p xarajat talab qilishiga qaramasliklari kerak. Chunki bu xarajatlar qanchalik yuqori bo‘lmasin, biz bugun mana shunday iqtisodiy tang ahvolda ko‘tarayotganimiz ziyonlardan albatta kam bo‘ladi. Agar shunday qilinsa, kasal shaxslar sog‘lom shaxslardan aniqlanadi-da, kasallar izolyatsiyaga olinib, muolaja qilinadi, sog‘lom kishilar bemalol o‘zlarining oddiy hayotiy faoliyatlarini davom ettiraveradilar.

Ushbu krizisni bartaraf etish echimi mana shu. Biroq mustamlakachi kofirga o‘z qarorini ham, irodasini ham garov qilib berib qo‘ygan kimsalar qayoqdan ham ushbu haq yo‘ldan yursinlar?! Mana, hokimiyat o‘z zalolatida davom etib, karantinni yana ikki haftaga uzaytirdi va bu yana bir necha oy davom etishi mumkinligi taxmin etilayotganini da’vo qildi… Bu esa, butunlay bankrotlikka va qulab tushgan iqtisodiyotni butunlay yo‘q qilinishiga rozi bo‘lish, demakdir. Chunki bu rejim omonatga xiyonat qildi, ishni noloyiq kimsalar qo‘liga topshirdi… La havla va la quvvata illa billah!

Roya gazetasining 2020 yil 8 aprel chorshanba kungi 281-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.