بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Shom qo‘zg‘oloni cho‘g‘ ustida yurib, o‘ninchi yilga o‘tdi
U xolis, ongli siyosiy etakchilikka juda-juda muhtojdir
Doktor Muhammad Hivroniy
Hizb ut-Tahrirning Suriya viloyatidagi aloqalar bo‘limi a’zosi
Shu kunlarda Shom qo‘zg‘oloni o‘zining o‘ninchi yiliga kirar ekan, ham ichki, ham tashqi darajada juda achchiq azob-uqubatlarni boshdan kechirmoqda. Darhaqiqat, u xavfli burilishga kelib qoldi. Vaholanki, shundoq ham ko‘plab, muyulish va notekis yo‘llarni kechib kelgan edi. Qarib o‘n yilni qo‘lida haqiqiy uyg‘onishga olib boruvchi haqiqiy o‘zgarish loyihasi bo‘lgan hamda barqaror maqsadlarga rioya qiladigan xolis etakchilikdan mosuvo holda bosib o‘tdi.
Zotan, bu kabi jinoyatkor bir rejimga qarshi qo‘zg‘algan har qanday xalq harakatiga nisbatan voqeda shunday bo‘lishi tabiiy. Zero, Asad rejimi o‘zining mash’um hukmronligi davrida har qanday erkin ovozni bo‘g‘ib keldi hamda unga nasihat qilgan, to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan va yaxshilik qilgan xalqini o‘zining mustabid rahbariyati ostida ushlab turishga qattiq harakat qildi.
Asad rejimi kuchli xavfsizlik tarmoqlarini o‘rnatib, qamoq lagerlari infratuzilmasini yaratdi, minbarlarga hukmronlik qilib, xalqni hidoyatdan zalolatga etaklash maqsadida hamda o‘zining qonxo‘r changalidan qochib qutulmasliklari uchun jarchi axborotchilarni etishtirdi.
U xalqning birorta ham etakchisi, nufuzli va ta’sirli kishisini va murabbiysini qoldirmay yo‘q qildi. Chunki bildiki, bu xalq mabodo uning nazorati ostidan chiqib ketadigan bo‘lsa ham, uning xolis ongli etakchisi bo‘lmaydi, demakki, harakatida qoqilib-adashaveradi… adashganda rejim darhol unga etib olib, qayta o‘z zulmiga tiz cho‘ktirib oladi.
Har qanday harakat uchun uning o‘z maqsadiga etishishi va istaklarini ro‘yobga chiqarishi uchun albatta bir etakchi bo‘lishi shart. Mudom qo‘zg‘olonlar tartibsiz ravishdagi xalq harakati ekanmi, etakchisiz yo‘lini to‘g‘rilay olmaydi, g‘oyasiga etolmaydi. Biz musulmon yurtlaridagi – arab bahori deyilgan – qo‘zg‘olonlarni kuzatdik, ularning hammasida o‘zgartirishning dastur va loyihasiga ega bo‘lgan xolis ongli siyosiy etakchilik etishmadi. Shuning uchun ham davlatlar osongina bu qo‘zg‘olonlarni jilovlab olib, adashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Biz taxmin etilgan rasmiy etakchilikka baho berishda ongli va xolis bo‘lishga hamda uning dastur va loyihasini aniqlashga da’vat qilamiz. Chunki ushbu qo‘zg‘olon o‘zining harakati davomida etakchilar masalasida ko‘p muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ular haqida yaxshi gumonda bo‘lib, so‘ng hafsalasi pir bo‘lish hollari ko‘p bo‘ldi.
Ummat garchi bu rejimlarga qarshi ularning asl basharasini anglab etgan holda qo‘zg‘algan bo‘lsa-da, biroq bu ong umumiy ongdan kelib chiqqan. Shu sababli har bir burilish oldida to‘xtalib-o‘ylanib qoldi, har bir yangi voqea oldida to‘xtalib, rost, ongli va xolis maslahat beradigan kishini qidiradigan, kim gapirsa o‘shanga quloq soladigan, eshitganiga amal qilaveradigan bo‘lib qoldi. Xuddi cho‘kayotgan odam cho‘pga osilgani kabi, g‘oyasiga eltmaydigan yo‘llarga ham yuraverdi. Ummat turli shaxslarga, guruhlarga, qo‘mitalar va etakchilarga ishonib umid qildi. Biroq afsuski, etakchilarining ba’zilari Ummat dushmaniga malaylik qilish, ba’zilari u bilan aloqa qilish bilan Ummatning umidini puchga chiqarishdi… Buni ular ba’zan ongsizliklari va yuzaki fikrlashlari sababli qilsa, ba’zan hech qanday faoliyat dasturiga ega bo‘lishmagani sababli qilishdi.
Modomiki, xalq harakatlari ongli xolis siyosiy etakchilikka muhtoj ekanlar, demak, Shom qo‘zg‘oloni ularga hammasidan ham ko‘proq muhtojdir. Nega ham shunday bo‘lmasin, axir, Shom qo‘zg‘oloni butun dunyo jinoyatchilariga, tarixda misli ko‘rilmagan sistematik ravishdagi dushmanliklariga duch kelmoqda. Dunyo davlatlari Shom qo‘zg‘olonini yo‘q qilib tashlashga til biriktirib, bir yoqadan bosh chiqarib, makr qilishdi. O‘zaro vazifalar bo‘lishib olib, ba’zilari Suriya xalqiga yolg‘ondan firib bilan o‘zini sadoqatli do‘st qilib ko‘rsatdi, ba’zilari unga o‘zini homiy ekanini da’vo qildi, aslida hammalari bu qo‘zg‘olonni bo‘g‘ib, yo‘q qilishga juda o‘ch bo‘lishdi.
Shomdagi guruhlarning xolis jangchilari o‘z etakchilarining dushman bilan aloqa qilishlari naqadar xatarli ekanini anglab etishgach, xolis ongli siyosiy etakchilik rolining g‘oyat muhimligi ko‘rinib qoldi. Chunki bu xoin etakchilik o‘zini homiy va vasiy qilib ko‘rsatgan davlatlar buyrug‘i bilan yuzlab shahar va qishloqlarni tashlab chiqdi. Bu holat Halab, G‘uta, Qalamun, Hivron, Idlib va Hama kabi shaharlarda ko‘p marta sodir etildi.
Ha, dushmanning rejalarini anglab etuvchi ongli xolis siyosiy etakchilikning naqadar zarurligini hamma o‘z tanasida his etdi. Biz ham hozirgi guruh etakchilarining roli naqadar salbiy oqibatlarga olib kelayotganini ko‘rib turibmiz. Chunki ular hamon qonxo‘r rejim xavfsizlik kuchlari va bosqinchi ruslar qo‘mondonlarining gaplariga quloq solib, ishonishyapti… Ko‘pchiligi bosqinchi ruslar va qonxo‘r rejimning xavfsizlik kuchlari bilan birga o‘tirgan bugungi etakchilarga odamlar Hivronning og‘ir damlarida rozi bo‘lib, ishongan edilar. Biroq bugun bu etakchilar xavfsizlikni saqlash hujjati, shartnomalar va konventsiyalar dastagi ostida qo‘zg‘olon va qo‘zg‘olonchi yoshlar elkasiga minib olishdi. Vaholanki, na ahdga va na burchga boqadigan Asad rejimi bor ekan, hargiz xavfsizlik bo‘lmasligini etakchilarning o‘zlari ham bilishadi. Masalan, bugun Dir’ada yastanib o‘tirib olgan etakchilar, qo‘zg‘olon ahlini qo‘zg‘olon qilishlariga qo‘yib berish o‘rniga, qo‘zg‘olon kunini bayram qilish va ramziy ko‘rinishdagi namoyish o‘tkazish bilan ovora… Holbuki, shunday bir paytda qonxo‘r rejim Jillin shahrini bombardimon qilib, og‘ir artilleriya va raketalar bilan u erdagi aholining qonini daryo qilib oqizyapti.
Siyosiy etakchilikning vazifasi xavfli o‘rinlarni ko‘rsatib, u erlardan ehtiyot bo‘lishni o‘rgatishgagina cheklanmaydi. Yo‘q, balki shu bilan birga, etakchilikda uslublar va ong bo‘lmog‘i darkorki, shu orqali qo‘zg‘olonning harakatini muhofaza qilib, o‘z maqsadiga imkon qadar engil yo‘l bilan etib borishini ta’minlasin. Buning uchun qo‘zg‘olonga yo‘l ko‘rsatadi, g‘oyasi sari to‘g‘ri yo‘nalishga boshlab, uning har bir muammolari va mashaqqatlari uchun kerakli echimni beradi. Albatta, ayni yo‘lda uchrashi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlardan ham ogoh etib boradi. Hammasidan ham, bu etakchilik qo‘lida Ummatning rejimni yiqitishdan oldin va keyingi istaklarini ro‘yobga chiqaruvchi loyiha bo‘lmog‘i darkor. Chunki g‘oyaga olib boruvchi dasturi va o‘zgartirish loyihasi yo‘q bo‘lgan qo‘zg‘olon yovuz kuchlarga oson o‘lja bo‘ladi… Bu kuchlar uni itdek qopib, o‘z maqsadlariga erishishadi. Tarixda islomiy va g‘ayriislomiy yurtlarda bo‘lib o‘tgan qo‘zg‘olonlar shunga guvohlik bermoqda. Xususan, bunga Misr va Tunis ham yaqin misoldir.
So‘zim nihoyasida shuni aytmoqchimanki, Shom qo‘zg‘oloni ulkan qurbonliklar berdi. Qo‘zg‘olon ahli butun olamning ko‘z o‘ngida qatli om, qiynoq, zulm va qochqinlik kabi turli azob-uqubatlardan iborat eng qattiq kunlarni boshdan kechirdi va hamon kechirmoqda. Biroq bu ahlimiz hanuz qo‘zg‘olonlarini mukammal tamomlashga qat’iy turibdilar. Biz yurt janubi, shimoli va Furot sharqida rejimga qaytishni mutlaqo rad etayotgan xalq harakatlariga guvoh bo‘lyapmiz va bu qo‘zg‘olon olovining insonlar qalbida o‘chmaganligiga eng kuchli dalildir. Chunki o‘zining o‘ninchi yiliga o‘tgan ushbu qo‘zg‘olon bugun mag‘rur turib, jobirlar jabriga va zolimlar zulmiga itoat qilishga bo‘yin egishni aslo istamaydigan qo‘zg‘olonga aylangan. Odamlarning Turkiya patrul xizmatlariga norozilik sifatida «M5» trassasiga chiqqanliklari ayni mag‘rurlikka yaqqol dalildir.
Ammo g‘oyaga etish uchun Alloh Subhanahuga tavakkal qilmoq shart. Shuningdek, Allohning nusrat berishi va o‘z yo‘liga yordam berishini shior qilib olib, rejimni ag‘darganimizdan so‘ng amalga oshiradigan maqsadimizni ochiq e’lon etmog‘imiz ham zarur. Zero, ushbu maqsad, Alloh Azza va Jallani rozi qiladigan tuzumni, ya’ni, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikda gavdalanuvchi buyuk Islom tuzumini barpo etish maqsadidir. Ushbu tuzum qurbonliklarni muhofaza etib, zoe ketkazmaydi, barcha insonlarga adolat, baxt-saodat va hurmat-izzat ulashadi. Zotan, bu tuzum bugun insoniyat intiq bo‘lib turgan tuzumga aylandi. Chunki olamni boshqarayotgan va insoniyatni o‘z olovida kuydirayotgan tuzumning asl basharasi odamlarga fosh bo‘lib bo‘ldi. Insoniyat bu tuzumning qulay boshlaganini, u bilan birga makr-hiylalari ham, aldovi va firibi ham qo‘shilib ag‘darilayotganini, uning alьternativi Alloh Subhanahu va Taoloning tuzumi ekanligini ko‘rmoqda.
Shunday ekan, ey Shom ahli, biz sizni ushbu umumiy ezgulik va buyuk fazlga chaqiryapmiz. Sizga va butun insoniyatga jon baxsh etuvchi rabboniy yo‘lga da’vat qilyapmiz, bas, ushbu ezgulikni oluvchilardan bo‘ling. Alloh Taolo bunday dedi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اسْتَجِيبُوا لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ
«Ey mo‘minlar, Alloh va Uning Rosuli sizni abadiy hayot beradigan narsaga (ya’ni, dinga) da’vat qilar ekan, uni qabul qilinglar» [Anfol 24]
Roya gazetasining 2020 yil 1 aprel chorshanba kungi 280-sonidan