Koronavirus vahimasi haqiqatda vabomi yoki siyosiy firibgarlik

455
0

Koronavirus vahimasi haqiqatda vabomi yoki siyosiy firibgarlik

 Qirg‘izistonning har turli viloyatlaridan koronavirusga chalingani e’lon qilingan bir qator fuqorolar, hech qanday kasal bo‘lmaganliklari, davolanmaganlari, faqat karantinda ushlab turilganlarini aytib video murojat bilan chiqa boshlashdi. Ba’zilari karantin shart sharoitlaridan shikoyad qilishsa, yana boshqalari karantin oqibatidan ularni boshqa kasalliklari  avj olib borayotganidan arz qilishdi.

 Bir oqsaqol odam Umradan qaytganida test analizi gumonli chiqqani uchun butun oila a’zolari bilan karantinga olinganini aytdi. 14 kun davomida o‘zida hech qanday istma yoki boshqa kasallik alomatlarini sezmagan bo‘lishiga qaramay uni virus yuqtirganlar ro‘yxatiga kiritishgan. Qariyaning aytishicha ularga ikki xil dori berishni boshlashganida o‘zlarini yomon seza boshlagan. Shunda qariya o‘zi ham, oilasi ham bu dorini ichishdan bosh tortishgan. Shunda yana ahvoli avvalgi sog‘lom holatiga qaytgan.

 Parlamentda bir qator deputatlar hukumatdan virusga chalinganlar ro‘yxatini ochiq e’lon qilishni talab qilishdi. Lekin bu ro‘yxat nafaqat Qirg‘iziston hatto AQShda ham e’lon qilingani yo‘q! Chunki pandemiya deb dunyoda olib borilayotgan global karantin holati, faqat ommaviy psixologik vahima va shubhali noaniq ro‘yxatlar bilan olib borilayapti. Ro‘yxat ertami kechmi bari-bir e’lon qilinadi. Haqiqat ochiqqa chiqadi! Qirg‘iz hukumati juda qisqa fikrlab bilan olamiy pandemiya afyorasiga qo‘shilib oldi.

 Bular aytayotgan pandemiya balki bordir. Lekin matbuot kurashi pandemiyani oldini olishga qaratilmadi, balki uni vahimasini yanada kuchaytirish strotegiyasi bilan olib borilayapti. Demak pandemiya har bir siyosiy quvvat uchun o‘zining shaxsiy maqsadini ro‘yobga oshirib olish quroliga aylanib qoldi!

 Qirg‘iziston xalqaro siyosatning pandemiya shartlarini ushlab iqtisodiy krizis tomon qulab borayapti. U o‘zining ichki sharoit va imkoniyatlaridan qai’iy nazar xalqaro normalarni rioya qilaman deb, karantinni kuchaytirib borayapti. Qirg‘iz hokimiyati vaziyatdan, saylov oldidan siyosiy vaziyatlarni jilovlab turish va yana xalqaro tashkilotlar nazariga tushib ulardan moliyaviy ko‘mak olish kabi bir qancha maqsadlarini ro‘yobga chiqarib olmoqchi.

Ana endi pandemiya ishonarli darajada tus olmasa, ya’ni vaximali surat ola-olmasa, uni yolg‘on ro‘yxat tuzish bilan jamoatchilikni e’tiborini jumbushga keltirishadi. AQSh shu yo‘l bilan dunyoni karantin holatiga solib borayapti. Qirg‘iziston ham unga ergashib mamlakatni vaximaga solishda har turli firibgarlikdan toymaydi.

 Mamlakatlarni muhosaba qilishi mumkin bo‘lgan ikki quvvat, olamiy G‘arb matbuoti va SSSRdan qolgan rossiyaparast matbuot mashinalari mavjud. Lekin pandemiya masalasida AQSh ham Rossiya ham bir fikrda.

 Shuning uchun birodarlar mavjud rasmiy matbuot mexanizmlariga ishonib o‘tirish to‘g‘ri emas. Hukumatlarimizdan virusga chalinganlar ro‘yxatini talab qilaylik.  Kasalga chalinganlar rost bo‘lsa, ularga rahmat aytamiz. Lekin qallobliklari ochilsa, ularni imkoniyatimiz boricha muhosaba qilamiz! Chunki hukumatlar keladi, qopini to‘ldirib ketishadi. Inqiroz va tashqi qarzlar bizning boshimizga tushadi. Beparvo bo‘lmaylik, ogoh bo‘laylik birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.