Suiqasd uyushtirish orqali Hamduk hukumatini tiriltirishga harakat qilayotgan kim?!
Sun’iy yo‘ldosh kanallari bosh vazir Abdulloh Hamdukka suiqasd bo‘lgani va bu ish u uyidan chiqqanidan keyin Xartumning Kubr ko‘prigi yaqinida mashina portlatilishi orqali uyushtirilgani to‘g‘risida aytilgan edi.
Bu ajablanarli xabar odamlar transport vositalari yomonligi va yoqilg‘i etishmasligidan paymonasi to‘lgan, mashinalar gazelin va benzin izlab ko‘chalarni to‘ldirgan, bir burda non topish qiyinlashgan, shakar va sut kabi zaruriy tovarlarning narxi haddan tashqari ko‘tarilib ketgan, bir dollar 120 Sudan funtiga teng bo‘lgan va elektr energiyasidagi uzilishlar xunuk suratda ko‘paygan bir paytda e’lon qilinmoqda. Bosh vazir barcha sohalarda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutganidan keyin kim unga suiqasd qilishi mumkin yoki uning muvaffaqiyatsizligi bartaraf etiladimi?! Kim oxirgi nafasini olayotgan o‘tish davri hukumatining hayotini saqlab qolmoqchi?!
Aksar suiqasd amaliyotlarini ag‘darilish arafasida turgan davlatlarning jirkanch ishlarni amalga oshiradigan maxsus organlari amalga oshiradi. Bundan quyidagilar ko‘zlangan bo‘ladi:
1 – Jamoatchilikni chalg‘itish, ayniqsa jamoatchilik hukumatga qarshi bo‘lsa.
2 – Etakchi shaxsning obro‘si tubanlashib, odamlar uni kam quvvatlaydigan bo‘lib qolsa, uning shaxsiyatini ko‘tarish. Biz bugun shu narsaning guvohi bo‘lib turibmiz. Chunki suiqasd amaliyotidan hech qancha vaqt o‘tmay bir guruh odamlar ko‘chaga chiqib, Hamduk hayoti haqida qichqira boshlashdi.
3 – Odamlarni qiyinchiliklardan chalg‘itish, ayniqsa bu davlat ijro qilishni istayotgan jinoyat bo‘lsa. Toki, odamlar ushbu jinoyatdan chalg‘isin va u tufayli o‘zlarining asosiy muammolaridan burilsin.
4 – Xalq orasida o‘z obro‘sini yo‘qotgan hukumatni xalq qo‘llab-quvvatlashiga majburlash. Chunki non va yoqilg‘iga navbatga turish va narxlarning ko‘tarilib ketishi har qanday hukumatni qulatadi.
5 – Qaysidir davlat qaysidir tarafga qarshi zo‘ravon chora tadbirlarni amalga oshirishni xohlasa. Chunki bu narsa qonuniy tarzda amalga oshirilishi mumkin emas. Bunday muhit hukumat uchun muxolafatga zarba berishda qo‘l keladi. Gitler shunday degan edi: (Agar odamlar ustidan hukmron bo‘lishni istasang, ularga xatar etishi haqida xabar ber. So‘ngra ularning xavfsizligi xatar ostida ekanidan ogohlantir. So‘ngra muxolafatdagilarni xoinga chiqar hamda ularning do‘stligi va vatanparvarligi haqida shubha uyg‘ot).
Amerika, Rossiya, Frantsiya va ularga o‘xshagan kapitalistik davlatlar josuslik organlarini mana shunday jirkanch ishlarda ishlatishga mohir bo‘lib ketgan. Bizning yurtlarimizdagi hukumatlar ham ushbu davlatlar bilan aloqada bo‘lar ekan, ularning uslublaridan ta’sirlanishi tabiiydir. Chunki ushbu hukumatlar mustamlakachi davlatlar elchixonalariga to‘la erkinlik berib qo‘ygan. Mustamlakachi davlatlar elchixonalari rejalarini amalga oshirish uchun yurtlarimizning ichki ishlariga aralashishini ta’kidlaydigan ko‘p bayonotlar berilgan.
Portlatish amaliyotlarini sodir etish pastkashlik va qo‘rqoqlik bo‘lib, ularni faqat qalbida kasalligi bo‘lgan kimsalar amalga oshiradi. Chunki bunday kishilar o‘z rejalarini faqat odamlarni aldash, chalg‘itish, berkitish va o‘rash orqali amalga oshirish mumkinligini bilishadi. Zolim rejimlar va ularning jirkanch organlari amalga oshirgan jinoyatlardan keyin, Islom Ummatining ongini ochgan Allohga hamdlar bo‘lsin.
Biz Alloh Taolodan qaerda bo‘lmasin zolimlarni sharmanda qilishini, haqiqatlarni ochishi hamda odamlarni uyida-yu safarlarida tinch qilishini so‘raymiz. Shuningdek, Islomni tiklaydigan va shariatini tatbiq qiladigan kuchli davlatni tiklab berishini so‘raymiz. Ana o‘shanda Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik tiklanishi orqali Allohning va’dasi va Rosulining xushxabari ro‘yobga chiqadi. Shuningdek, terror uyasi bo‘lgan Amerika, Britaniya, Frantsiya va boshqa mustamlakachi davlatlar elchixonalari berkilgach odamlar tinch bo‘ladi. So‘ngra ushbu elchixonalardagi shubhali kimsalar kuzatuvga qo‘yiladi.
الَّذِينَ آمَنُواْ وَلَمْ يَلْبِسُواْ إِيمَانَهُم بِظُلْمٍ أُوْلَئِكَ لَهُمُ الأَمْنُ وَهُم مُّهْتَدُونَ
«Imon keltirgan, o‘z imonlarini zulm (shirk) bilan aralashtirmagan zotlar — ana o‘shalar xotirjam bo‘lguvchidirlar va o‘shalar hidoyat topguvchidirlar» [An’om 82]
Hizb ut-Tahrirning Sudandagi matbuot bo‘limi