بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Profilaktik xavfsizlik xizmati Korona pandemiyasidan foydalanib, sog‘liqni saqlash xodimlari niqobida Hizb ut-Tahrir a’zolarini qamoqqa olmoqda
Falastin xavfsizlik xizmati 2020 yil 20 mart juma kuni asr paytda ustoz As’ad Qabojani qamoqqa oldi. Tarqumiya shahridan bo‘lgan ustoz Hizb ut-Tahrir a’zolaridan bo‘lib, shahardagi «Shuhado» nomli bosh madrasada mudarrislik qiladi.
Xavfsizlik xizmati xodimlari ustoz Qabojani juda xunuk uslubda qamoqqa olishdi. Uyini taqillatib, biz sog‘liqni saqlash vazirligidanmiz, ochinglar, deyishdi. Ustoz eshikni ochganda esa, hech qanday ordersiz uni qamoqqa olishdi. Yolg‘on ishlatib, sog‘liqni saqlash vazirligidan ekanliklarini da’vo qilishdan tashqari, xavfsizlik xodimlari ustozning farzandlari otalariga osilgan paytda havoga o‘q uzishdi… Mana shunday vahshiy qilmish bilan ustozning to‘qqiz yoshdan oshmagan farzandlarini qo‘rqitishdi.
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi o‘z bayonoti orqali hozirgi favqulodda vaziyatda sodir etilgan bunday siyosiy qamoqqa olishga qarshi chiqdi. Xavfsizlik xizmatining o‘q uzish bilan tinch insonlarni qo‘rqitishdek ahmoqona va bolalarcha qilig‘ini qoraladi. Falastin rejimidan ustoz As’ad Qabojaning darhol ozod etilishini talab qilib, shunday qaltis sharoitda uning sihat-salomatligi jovobgarligini rejim zimmasiga yukladi. Chunki rejim Korona pandemiyasiga nisbatan sog‘liqni saqlash va sanitariyaning eng oddiy vositalariga ham ega emasligini urg‘uladi.
Bayonotda aytilishicha, Falastin rejimining bunday qamoqqa olish ishlari va qo‘pol xatti-harakatlari, uning biz Falastin aholisi sihat-salomatligiga qayg‘uramiz, degan da’vosi soxta ekanini ko‘rsatmoqda. Chunki kim Falastin ahli sihat-salomatligiga chindan qayg‘urayotgan bo‘lsa, hargiz ularga zulm qilmaydi, qamoq zindonlariga otmaydi. Zero, bunday favqulodda vaziyatlarda boshqa hukumatlar fikr tutqunlarini qamoqlardan chiqarib yubormoqda.
Bayonotda yana quyidagilar ta’kidlandi: Rejimning bunday xatti-harakatlari Falastin ahlini unga nisbatan yanada g‘azabini orttiradi. Shuningdek, Hizb ut-Tahrir a’zolarining haqni mahkam ushlab, ma’rufga buyurish va munkardan qaytarishga bo‘lgan g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shadi, voqelikni o‘zgartirish va islomiy hayotni qayta boshlashdek Islom aqidasi buyurgan siyosiy faoliyatlarni mustahkamlaydi.
Roya gazetasining 2020 yil 25 mart chorshanba kungi 279-sonidan