Falastin rejimi Tramp kelishuviga qarshi chiqqan o‘qituvchilar va imom-xatiblarni qamoqqa olmoqda

393
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Falastin rejimi Tramp kelishuviga qarshi chiqqan o‘qituvchilar va imom-xatiblarni qamoqqa olmoqda

Bu Tramp ma’muriyati bilan parda ortida olib borilayotgan stsenariylarning boshlanishimi?!

2020 yil 1 mart kuni Falastin xavfsizlik kuchlari ustoz Muhammad Najjorni o‘quv vaqti tugagandan so‘ng muallimlarni tashuvchi mikroavtobusdan o‘g‘irlab ketishdi. Ustoz Baytilahmdagi Battir shaharchasidan bo‘lib, o‘sha erdagi maktablarning birida islomiy tarbiyadan dars beradi.

Shuningdek, Yatta aholi punktidagi xavfsizlik kuchlari ustoz Hotim Hidorni ham o‘quv vaqti tugagandan so‘ng uyiga qaytgan paytda qamoqqa oldi. Ustoz Yattadagi o‘z uyi yaqinida joylashgan Ziror ibn Azvar nomli maktabda fizikadan dars beradi.

Izna shaharchasidagi xavfsizlik kuchlari ham yana bir ustozni qamoqqa olish uchun pistirma qo‘ydi. Ustoz ayni shaharchadagi o‘g‘il bolalar o‘rta maktabida dars beradi. Biroq xavfsizlik kuchlari muallimlarni tashuvchi mikroavtobusni to‘xtatganda undan ustozni topisholmadi.

Aytishlaricha, bugun Falastin rejimi mahkamalari shayx Yunus Ruboni to‘rt kunga, ustoz Voil Tumayzani uch kunga hibsda saqlash muddatini uzaytirgan.

Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini o‘z a’zolarining rejim tomonidan to‘xtovsiz qamoqqa olinishini va hibs muddatlari uzaytirilishini qattiq qoralaydi hamda bu ish ayni rejimning yolg‘onchiligini yana bir bor tasdiqlayotganini ta’kidlaydi. Chunki u o‘zining Tramp kelishuviga norozi ekanini iddao qila turib, o‘sha kelishuvda o‘zi ham ishtirok etmoqda. Rejimning Tramp kelishuviga norozilik bildirayotgan shaxslarni qamoqqa olayotgani uni o‘sha kelishuvda bor ekanini tasdiqlab turibdi.

Hizb bayonotiga ko‘ra, rejimning odamlar ichida odob-axloqli, ziyoli va xolis insonlar sifatida tanilgan o‘qituvchi va imom-xatiblarni qamoqqa olishi sharmandali holdir. Ularni faqat Tramp kelishuviga nisbatan mardlarcha pozitsiyada turib, unga qarshi chiqqanlari uchungina qamoqqa olmoqda, boshqa sababdan emas.

Hizb o‘z a’zolarining zudlik bilan ozod etilishini talab qildi hamda ularning salomatligi javobgarligini rejim va uning xavfsizlik xizmati zimmasiga yukladi.

Roya gazetasining 2020 yil 4 mart chorshanba kungi 276-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.