EI O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini isloh qilishga 40 million evro ërdam ajratadi
Evropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish uchun 40 million evro ërdam ajratadigan bo‘ldi.
Toshkent hukumati bilan bu haqda kelishuv imzolanganini Evropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduard Striprays rasmiy saytida xabar qildi.
EI moliyaviy ërdami hukumatning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan yangi davlat strategiyasi¸ xususan¸ er islohotlari¸ fermerlarga maslahat berish va qishloq xo‘jaligiga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilishga sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.
6 mart kuni O‘zbekison prezidenti qishloq xo‘jaligini isloh qilishga qaratilgan ikkita qaror qabul qildi.
Bu qarorlar bilan 2020 yildan boshlab davlatning paxta va g‘alla xarid narxini belgilashi¸ fermerlarga davlat buyurtmasi berish kabi bozor iqtisodiga zid bo‘lgan sovetcha boshqaruv uslubidan voz kechish belgilab berildi.
Izoh: Markaziy Osiyo, shuningdek O‘zbekiston ham, Evropaning tashabbusi bilan ota-bobolarimizdan qolgan qishloq xo‘jaligiga aloqador fikriy boyliklarimizni yo‘qotib boryapti.
G‘arb olamini boshqarib borayotgan kapitalistik hazorat moddiy manfaat oldida hech qanday diniy, milliy, insoniy qadriyatlarni inobatga olmaydi.
Evropa O‘zbekistonni butun agrar siyosatini falaj, mutloq qaram holatiga olib boryapti. Ular mintaqaning deyarli butun agrosiyosatidagi poliz mahsulotlarining urug‘chilik tarmog‘ini va bog‘dorchilikda ko‘chat ishlab chiqish mexanizmini hamda agrotexnika va ularni etishtirish mexanizmlarini o‘z ta’sirlari ostiga olib kelishyapti. Birorta dehqon ularning geni o‘zgartirilgan urug‘larisiz deyarli birorta poliz mahsulotini etishtira olmay qoldi. Bu holat qishloq xo‘jaligining ham G‘arb olamiga qaram holatga tushib borayotganini anglatadi.
Abdurazzoq Mo‘’min