Islomiy mahbuslarning oila aʼzolari Qirgʻiziston prezidenti Soronbay Jiyanbekovga murojaat yoʻllashdi

897
0

Islomiy mahbuslarning oila aʼzolari Qirgʻiziston prezidenti Soronbay Jiyanbekovga murojaat yoʻllashdi

Qirgʻizistonning sobiq rejimi tomonidan nohaq ayblanib, uzoq muddatga qamoqqa olingan islomiy mahbuslarning onalari va oila aʼzolari prezident Soronbay Jiyanbekovga ariza yozishdi. Ular ijtimoiy tarmoqlar vositasida video murajaat orqali, oʻz yaqinlariga nisbatan boʻhton qilinganligi va ular ustidan noqonuniy hukm chiqarilganligini aytib chiqishdi. Onalar koʻzyosh toʻkib, avvalgi buzuqi, korruptsiyalashgan rejimning kasofatidan oʻz boquvchilaridan ayrilib, qiyin ahvolda qolganlaridan arzlanishdi. Ular prezidentga, “agar rejim tomonidan siyosatchilarga nisbatan zulm qilingani aniqlanib, sud hukmi qayta koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, bizning farzandlarimizning ustidan chiqarilgan hukmlarni ham qayta koʻrib chiqishinglarni soʻraymiz” deya murojat qilishmoqda!

Ular: “Qamoqda yotgan shaxslarning oila aʼzolari boquvchisiz qolsa, hukumat ulardan javobgar hisoblanadi. Nega ularga atayin nafaqa toʻlanmaydi”, “Prezident muslima onalar arziga eʼtibor berarmikin?”, “Janob prezident, qamoqqa olingan shaxslarning oila aʼzolari boquvchisiz qolishsa, nima qilishlari kerak?”….. degan maʼnodagi shiorlar bilan, ijtimoiy tarmoqlarda aktsiya boshlab yuborishdi.

Qirgʻizistonda hokimiyat almashish amaliyoti yuz bermoqda. Bu jarayon, birinchi marotaba tinch yoʻl bilan amalga oshirilishi mumkin. Hokimiyatning tinch yoʻl orqali almashuvi bilan xalq qoʻzgʻaloni orqali agʻdarilishi oʻrtasidagi farqi shundaki, toʻpalon bilan amalga oshirilgan hokimiyat agʻdarilishida avvalgi rejim vakillari mamlakatdan qochib ketishadi yoki darrov qamoqqa olinadi. Tinch yoʻl orqali rejimning almashuvi esa, yangi hokimiyat vakillari avvalgilarning butun noqonuniy harakatlarini va boshqa barcha kirdikorlarini ochiqqa chiqaradi, ularning hatolarini toʻgʻrilash bilan jinoyatchilarni javobgarlikka tortish jarayonlari toʻla amalga oshirilgan hisoblanadi. Agar shu jarayon toʻla amalga oshirilmasa, unda yangi hokimiyat ham avvalgisi singari inqirozga uchraydi. Yaʼni yangi hokimiyat, eski hokimiyatning obroʻyini oʻziga meros qilib olgan boʻladi! Natijada, hukumat lavozimlaridagi siyosiy shaxslar oʻzgargani bilan, korruptsiyalik sxema oʻzgarmay qolaveradi.

Shuning uchun, eski rejimning musulmonlarga nisbatan ikki yoqlama muomalasini takrorlab boʻlmaydi. Avvalgi rejimda, ijroiy organ va sud xodimlari islomiy shaxslarga nisbatan ochiq boʻhtonlar uyushtirganlarida, ularning ortida turgan butun boshlik hokimiyat sistemasi, mazlum musulmonlarning arzlariga eʼtiborsiz qarab, zolimlarni himoya qildi! Shu bois odamlarda, ayniqsa musulmonlarda, hokimiyatga nisbatan umidsizlik, nafrat va ishonchsizlik ortib boraverdi! Natijada, Atambayevning rejimi eng kuchli quvvatdan, yaʼni xalq va ummat qoʻllovidan mahrum boʻldi! Agar u mana shu halq quvvatidan mahrum boʻlmaganida, siyosiy elita unga qarshi isyon qilishga jurʼat qila olmas edi. Chunki har qanday diktator yetakchi bir guruhga suyanadi. Yetakchi guruh esa, xalq raʼyi va xohishi bilan paralel yurishga majbur.

Shu fikrlarga tayangan holda, hokimiyatga kelayotgan yangi siyosatchilarga va ularni birlashtiruvchi yagona quvvat boʻlib turgan prezidentga murojaat qilib shuni aytib oʻtmoqchimizki, avvalgilar yoʻlidan bormanglar! Har qanday muxolif kuchga qarshi kurash olib borishda oʻzlaring oʻylab topgan qonuniy mexanizmni buzib, ikki yoqlama muomalaga, yaʼni musulmonlarga nisbatan faqat adovat bilan, shaxsiy ambitsiya va gʻaraz asosida kurash olib bormanglar! Har bir musulmon – xohlaymizmi, yoʻqmi – mamlakat fuqorosidir. Soliq toʻlaydi, ustilaridagi majburiyatlarni qonun kuchi bilan bajarishga majburlanadi. Demak musulmonlarning qonuniy haq huquqlarini ham oʻzlariga qaytarish kerak!

Abdurazzoq.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.