Putin va Erdog‘an o‘rtasida yangi kelishuv imzolandi

301
0

Putin va Erdog‘an o‘rtasida yangi kelishuv imzolandi

Moskvada 6 soat davom etgan muzokaralardan so‘ng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muhim shartnoma imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, ma’lum nuqtalarda harbiy harakatlar to‘xtatiladigan bo‘ldi.

Sochi kelishuviga qo‘shimcha protokol sifatida taqdim qilingan 3 moddadan iborat matn ommaga o‘qib berildi. Matnning bosh mavzusi «Idlibda tinchlikni saqlash zonasida vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha memorandumga qo‘shimcha protokol» deb e’lon qilindi.

Ammo oldingi kelishuvlarda aytilganidek, Rossiya va Assad rejimi o‘zlari «terrorchi», deb atab olgan guruhlar bilan kurashni davom ettirishi belgilab o‘tildi. Bu esa qirg‘inlarni davom ettirish uchun rus va Asad kuchlariga tayyor bahonadir. Avvalda Astana va Sochida tuzilgan “hujumlarni to‘xtatish” bitimlari ham shu tariqa yakunlangan va har gal Rossiya hamda Asad rejimi bitimni buzib, tinch aholini qirg‘in qilishda davom etgan edi.

Mazkur uchrashuv rus harbiylari Suriyada 33 nafar turk askarlarini o‘ldirgandan so‘ng bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv boshlanishidan oldin Putin biz turk askarlarining turgan joyini bilmas edik, deb, Erdog‘anga ta’ziya izhor etdi. Ammo Suriyada koordinatsion markaz mavjud bo‘lib, uning boshida Rossiya turadi. Shuning uchun Rossiya buni bilmasligi mumkin emas. Turkiya mudofaa vaziri Hulusi Akar ham Rossiya turk askarlarining turgan joyini bilishini e’lon qildi.

Aslida ruslarning bu hujumi muxolif kuchlar Tukiya armiyasi yordamida Asad kuchlarini chekinishga majbur qilgani uchun javob zarbasi edi. Chunki Rossiya Idlib masalasini tezroq hal qilib, u erdan xarbiy jixatdan chiqib ketishni xohlayotgan bo‘lsa, AQSh bunga yo‘l qo‘ymoqchi emas. Chunki Oq uy muxolifatni birma-bir o‘ziga og‘dirib, siyosiy echim bilan Suriya masalasini hal qilmoqchi. Bu vazifa esa Turkiyaga topshirilgan. Shuningdek Rossiya Suriyada qancha ko‘p tursa, shuncha ko‘p kuchini yo‘qotadi. Bu esa AQShga qo‘l keladi.

Qiyomuddin Sharif

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.