بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati Konstantinopol fathi xotirasi munosabati bilan «Fath ruhi va musulmon yoshlar» nomli konferentsiya o‘tkazdi
Hizb ut-Tahrir markaziy matbuot bo‘limining Konstantinopol fathi munosabati bilan boshlagan kampaniyasi doirasida Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati «Fath ruhi va musulmon yoshlar» nomli konferentsiya o‘tkazdi. Konferentsiya Istanbuldagi musulmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Konferentsiya boshida Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati yoshlar bo‘limi a’zosi Muhammad Okif Shen Qur’oni Karim oyatlaridan tilovat qildi. So‘ng ayni bo‘lim nomidan Muhammad Budak ochilish ma’ruzasini qilib, «Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati yoshlar bo‘limi Ummatning Islom mabdasi asosidagi uyg‘onishi g‘oyasini qabul qilib, uni amalga oshirish uchun har qanday qoralash va ayblovlardan qo‘rqmay, kechayu kunduz faoliyat olib bormoqda», dedi. So‘ng ushbu konferentsiyani tashkil qilish va o‘tkazishga muvaffaq qilgani uchun Allohga hamd aytdi.
Ochilish ma’ruzasi ortidan «Tubdan o‘zgartirish» jurnali yozuvchilaridan biri Muso Boyo‘g‘li birinchi ma’ruzani boshlab, Islom oldidagi to‘siqlarni engib o‘tish uchun bir qancha fathlar bo‘lganini, Islom Ummati har doim fath qiluvchi Ummat bo‘lib kelganini, fath qiluvchilarning kattasi esa, Rosululloh ﷺ bo‘lganliklarini ta’kidladi hamda yoshlarning «va’da qilingan fathlarni ro‘yobga chiqarishga javobgar» ekanliklarini eslatdi.
Birinchi ma’ruzadan so‘ng konferentsiya ishtirokchilariga Hizb ut-Tahrir amiri ulug‘ olim Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Konstantinopol fathi xotiralari munosabati bilan yo‘llagan audioma’ruzasi taqdim etildi. Unda amirning ushbu so‘zlari yangradi: «Rosululloh ﷺning birinchi bashoratlari ro‘yobga chiqqani kabi, keyingi uchta bashoratlari ham albatta ro‘yobga chiqishini eslatib, qalblaringizni xotirjam qilish. Darhaqiqat, sarvari olam ﷺ bizga Konstantinopol fath bo‘lajagini, undan so‘ng Rim fath bo‘lajagini, shuningdek, Payg‘ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalik barpo etilishini hamda yahudiylarga qarshi jang qilib, ularni er tishlatishimizni bashorat qilganlar».
Amirning ma’ruzasidan so‘ng yoshlar bo‘limi a’zosi Husayn O‘zturkning qasidasi taqdim qilindi, uni Husayn Taksol o‘qib eshittirdi.
Konferentsiya so‘nggida yozuvchi va musulmon olim Abdulloh Imomo‘g‘li ma’ruza qilib, unda «Konstantinopol fathi haqidagi bashorat ro‘yobga chiqqani kabi roshid Xalifalikning qayta barpo bo‘lishi va Rimning fath qilinishi bashorati ham albatta ro‘yobga chiqajak bashoratdir», dedi.
So‘zining nihoyasida Imom Imomo‘g‘li barcha yig‘ilganlar bilan birgalikda Alloh Subhanahuga duo qilib, U Zotdan ushbu bashoratlarning har biri bugungi kundagi musulmonlar qo‘li bilan amalga oshishiga muvaffaq aylashini tilab qoldi.
Roya gazetasining 2020 yil 22 yanvar chorshanba kungi 270-sonidan