Lukashenko: Rossiya Qozog‘istondan Belarusga neft’ yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmoqda

463
0

Lukashenko: Rossiya Qozog‘istondan Belarusga neft’ yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilmoqda

Belarus’ prezidenti Aleksandr Lukashenko Moskva qozoq neftining o‘z mamlakatiga yetkazib berilishiga to‘sqinlik qilayotganini bildirdi. Bayonot Rossiya bilan neft’ narxi borasida yuzaga kelgan bahslar qabatida yangradi.
“Qiziq, ittifoqchimiz boshqa bir ittifoqchimizning bizga neft’ yetkazib berishiga rozilik bermayapti. Ne tongki, neft’ yetkazib berish bo‘yicha hozir vaziyat shunaqa va biz bu muammoni hal qilishimiz lozim”, dedi Lukashenko.
Qozog‘iston, Belarus’ va Rossiya Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi a’zosi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur ittifoqdan Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq sovet respublikalariga Moskva ta’sirini oshirish hamda YeI va NATOga qarshi turishda foydalanishga urinib keladi.
“Rossiya Federatsiyasining soliqqa oid manevrlari tufayli respublika byudjetiga tushadigan daromad kamayadi, neftni qayta ishlovchi zavodlarimizda ish samaradorligi yomonlashadi. Haqiqatan, shu tobda Rossiya neftiga boshqa muqobil yo‘q. Biroq avval kelishganimizdek, diversifikasiya yo‘lidan borishimiz kerak”, degan Lukashenko Belarus’ neft’ yetkazib berishda Rossiya ulushini 30-40 foizga tushirish uchun “harakat qilishi lozim”ligini qo‘shimcha qildi.
Belarus’ so‘nggi paytlarda neft’ tranziti narxi masalasida Rossiya bilan bahslashayapti. Bu Moskvaning integratsiyani chuqurlashtirish borasida Lukashenkoga bosimi kuchayishi qabatida yuz bermoqda. Belarus’ yoqilg‘i yetkazib berish va moliyalashtirishda Rossiyaga qaram, ayni paytda u Rossiya neftini Yevropaga yetkazishda asosiy tranzit marshrut bo‘lib hisoblanadi.
14 yanvar’ kuni Belarus’ bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Krutoy Minsk Yevropa mamlakatlaridan bir nechtasi, shuningdek Qozog‘iston va Ozarbayjonga Rossiyani aylanib o‘tgan holda Belarusga neft’ sotish taklifi bilan murojaat qilganini bildirgandi. Avvalroq Qozog‘iston neft’ yetkazib berish masalasini Belarus’ bilan 20 yanvargacha muhokama qilishi aytilgan edi.
O‘tgan yili Putin va Lukashenko o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv integratsiyani rivojlantirish nuqtai nazaridan muvaffaqiyatli bo‘lgani yo‘q. Lukashenko o‘shanda “teng” shart-sharoit tarafdori ekanini bildirgan.
Dekabr’ oyida Belarusda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan. Aksiya ishtirokchilari integratsiya bo‘yicha muzokaralar shaffof emasligini urg‘ulab, Rossiya bilan aloqalarning yanada tig‘izlashuviga qarshi chiqqandilar.

Taxlil: Yevro-Osiyo ittifoqi faqat Rossiyaning manfaatiga xizmat qiladi! Rossiya boshqa ittifoqqa a’zo davlatlar o‘z manfaati asosida bir birlari bilan erkin va ixtiyoriy aloqa o‘rnatishlariga qarshi imkoniyati boricha qarshilik qiladi.
Rossiya xoldan toyib, siyosiy, iqtisodiy inqirozlar girdobiga botib boragani sari, o‘z manfaatidan kelib chiqib Yevro-Osiyo ittifoqi tashkilotiga qo‘ygan shart va talablari kuchayib boraveradi. Shuningdek o‘z manfaati yo‘lida tashkilotga a’zo boshqa davlatlar manfaatlarini cheklab boraveradi.
Rossiya, YeOI shartlaridan foydalanib, Qirg‘iziston singari zaif davlatlarning boj va boshqa chet el bilan olib boradigan tashqi siyosiy aloqalarini o‘z ta’siri ostiga olib borayapti. Masalan, Xitoy bilan O‘zbekiston orqali o‘tishi kutilayotgan temir yo‘l tizimini o‘z ta’siri ostiga oldi va muzlatib turibdi. Qirg‘iziston iqtisodi Rossiyaga muxtoj xolatda ekanidan foydalanib, Qozog‘iston orqali unga tranzit yo‘l xarakatida muammolar yaratish bilan to‘la bosim bera oladi. O‘zbekistonni YeOIga qo‘shish maqsadida unga bosim berish yo‘lida xam, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan foydalanishga xarakat qilayapti. Oxirgi kunlardagi O‘zbek-Qirg‘iz chegarasidagi keskinliklar va cheklovlar Rossiya bilan O‘zbekiston o‘rtalaridagi manfaatlar kelishmovchiligi ortidan sodir bo‘layapti. Bu keskinliklar va aloqalarni zaiflashish xolatlari Qirg‘iziston uchun moddiy va ma’naviy zararli aloqalar bo‘lib, bu Qirg‘izistonga YeOIga qo‘shilishi ortidan kelayotgan kasofatlarning navbatdagisidir.
Belorusiya Qirg‘izistondan farqli o‘laroq Yevropa (NATO)ga nisbatan bufer xudud ekanligidan, Rossiya uchun strategik axamiyati kuchliroq. Shunga qaramay Putin, Rossiyaning shu kungi xolatidan kelib chiqib, o‘z rejimini saqlab qolish maqsadini xayotiy masala qilib oldi. U rejimga qarshi xalqining inqilobiy xarakatlarini oldini olish maqsadida Rossiya fuqorolari axvolini, yashash sharoitlarini yuqori ko‘tarishga qattiq e’tibor beradi.
YeOI, ODKB, SNG kabi o‘zi tuzgan bir qator tashkilotlarni beetibor tashlashga majbur. Yoki u tashkilotlardan o‘zining xayotiy masalasi yo‘lida maksimal foydalanishga xarakat qiladi.
Shuning uchun maxalliy siyosatlarimizda bo‘layotgan barcha zulm va makrlarni xalqaro siyosatga bog‘lab, taxlil qilamiz. Xar bir olamiy tashkilot uni tashkil qilgan yirik davlat manfaatiga xizmat qiladi degan siyosiy ongdan turib baxo berishimiz to‘g‘ri bo‘ladi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.