Hukumat partiyalari va uning yollanma jangarilari xalqning gapirishiga toqat qilolmay uni o‘ldirish yo‘liga o‘tdi

640
0

Hukumat partiyalari va uning yollanma jangarilari xalqning gapirishiga toqat qilolmay uni o‘ldirish yo‘liga o‘tdi

Poytaxt va boshqa joylardagi namoyishlarda namoyishchilarning mahkam turishi hamda hukumat vakillarini quvib solib, kelajakda siyosiy faoliyat olib borishlariga yo‘l bermaslikka qat’iy qaror qilishi Iroqni jar yoqasiga olib kelgan korruptsionerlar, hukumat partiyalari va ularning qurolli malaylarini tang ahvolga solib qo‘ydi.

Ahvol shunday bo‘lib turgan bir paytda jinoyatchi guruh 6 dekabr juma kuni ertalab Bag‘dodning Xo‘loniy maydoni va Sinak ko‘prigi atrofida yig‘ilgan yoshlarga o‘q ota boshladi. O‘q otganlar fuqarolar kiyimida bo‘lib, ularni turli avtomobillar olib yurar edi. Ular namoyishchilarni tarqalib uyiga ketishlari zarurligi haqida aytishdi. O‘q otilishi natijasida 21 nafar odam o‘ldi va 120 nafar odam turli darajada jarohat oldi.

Bu jinoyatchilar ayni qilmishga hukumat partiyalari undovi ostida qo‘l urishdi, bunga aslo shubha yo‘q. Chunki bu partiyalar o‘zlarining zolim saltanatlari qulay boshlagani va imtiyozlaridan mahrum bo‘layotganini bilishgan edi. Bu ish yana yovuzligi bilan mashhur bo‘lgan eronlik arablardan bo‘lmish Sulaymoniy tomonidan yashil chiroq yoqilishi ortidan ro‘y berdi. Sulaymoniy hozir Bag‘doddadir, Eronning malay va o‘z xalqiga qarshi hukumati ham shu andoza asosida ish yuritdi. Biz aytamizki, ular ushbu alamli qirg‘inlari tufayli qulash bayrog‘ini ko‘tardilar, ko‘chaning bosimi va haqiqiy talabiga taslim bo‘ldilar. Bu esa, ularning ushbu yurtga begona ekanliklarining yorqin dalilidir. Shuningdek, bu – ular butun er yuzi aholisi foydalanayotgan narsadan mana shu yurt aholisi minimal darajada bo‘lsa ham foydalanishini ko‘ra olmayotganliklarining yorqin dalilidir.

So‘nggi so‘z o‘rnida shuni aytamizki, ishdan ketgan Abdulmahdiy hukumati og‘ir va sharmandali ahvolda edi. Hatto uning avratlari ochilib qoldi. Chunki Islomiy Ummat xalqlari boshdan kechirayotgan narsa sababli Amerikaning kofir siyosatchilari unga tahdid va qo‘rqitish orqali qarshi chiqishdi. 16 yil ular uchun yordamchi va himoyachi bo‘lib kelgan kishilar ularga jazo e’lon qilishdi. Shuning uchun Ummat «Xalqaro hamjamiyat» nomli tashkilotga murojaat qilishi bilan kofir dushmanlarning yomonligidan hech qachon qutulolmaydi. Payg‘ambarlik minhoji asosidagi muborak, sodiq va haqiqiy Xalifalikni barpo qilish orqaligina xavfsizlikka va shon-sharafga erishiladi. Xalifalikki uning nizomini Muhammad ﷺ ta’sis etgan. Xalifalik Islom diyoriga yomonlik bilan yaqinlashgan har qanday tajovuzkorga chek qo‘yadi.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تُطِيعُوا الَّذِينَ كَفَرُوا يَرُدُّوكُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ فَتَنْقَلِبُوا خَاسِرِينَ * بَلِ اللَّهُ مَوْلَاكُمْ وَهُوَ خَيْرُ النَّاصِرِينَ

«Ey mo‘minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizlarni ortingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko‘rguvchilarga aylanib qolasizlar. Yo‘q, (ular sizlarning do‘stingiz emas, balki) Alloh xojangizdir. Va U zot eng yaxshi yordamchidir» [Oli Imron 149-150]

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.