بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Kuala-Lumpur sammiti muvaffaqiyatsizlikka uchragan oldingi minglab sammitlardek muvaffaqiyatsizlikka uchraydi
Payshanba kuni ertalab Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda Islom mini sammiti boshlandi. Sammit Islom dunyosi duch kelayotgan muammolarni hal qilish uchun yangi strategiyani muhokama qilish maqsadida, Malayziya bosh vaziri Mohathir Muhammad tomonidan chaqirildi. Unda 18 davlatdan rasmiy vakillar hamda 150 nafar ulamo va mufakkirlar ishtirok etdi.
O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrirning Malayziyadagi rasmiy notig‘i ustoz Abdulhakim Usmon o‘zining matbuot bayonotida quyidagilarni ta’kidladi:
«Ushbu sammit ham avval Malayziyada yoki dunyoning biror bir qismida o‘tkazilgan minglab sammitlarning muvaffaqiyatsizligining yaqqol ifodasidir. Ammo buni ayni sammit tashkilotchilari ham, delegatlari ham tushunishmadi. Ummat taxminan bir asrdan buyon, Usmoniy Xalifalik qulagandan beri saqlaydigan va himoya qiladigan qalqonsiz juda ko‘p azob-uqubatlarni boshdan kechirdi. U mustamlakachi xo‘jayinlaridan olingan tuzumlarni ijro etayotgan, hukm yuritishda Qur’on va Sunnatdan ko‘z yumayotgan mustabid va ilmoniy hukmdorlar davrida yashamoqda. Zotan, Ummat duch kelgan barcha muammolarning tub sababchilari mana shu hukmdorlardir. Biroq, shunga qaramay, bu hukmdorlar Ummat muammolarini hal etish uchun yig‘ilishganini butun dunyoga jar solishyapti!». Bayonot so‘nggida quyidagilar ta’kidlandi:
«Ummat bunday quruq so‘zlashuv va qarorlardan zada bo‘ldi, ularning «echim»lariga muhtoj ham emas, ularni eshitishni ham istamaydi. Aksincha, Ummat chiqish yo‘lini qidirmoqda va shubhasiz, uni bu kabi sammitlardan ham, bundan oldingi minglab sammitlardan ham topolmaydi. Ummatning xalos bo‘lishi Alloh Subhanahu va Taologa va Rosuliga xiyonat qilgan hukmdorlar tomonidan bo‘lmaydi. Ushbu yagona qutulish yo‘li yurtimizda qaytadan Qur’on va Sunnat asosida hukm yuritish orqali keladi. Bu esa, roshid Xalifalikni barpo etish va barcha musulmon yurtlarimizni qayta birlashtirish hamda Allohning ahkomlarini tatbiq qilish bilan bo‘ladi. Allohning ahkomlari Ummatni rivojlantiradi, barcha bosib olingan yurtlarimizni ozod qiladi, dunyodagi hamma musulmonlarni kofirlar hukmronligi va zulmidan qutqaradi.
Roya gazetasining 2019 yil 25 dekabr chorshanba kungi 266-sonidan