Muftiyotning “bayram” bo‘yicha fatvosining shariatga hech qanday aloqasi yo‘q

464
0

Muftiyotning “bayram” bo‘yicha fatvosining shariatga hech qanday aloqasi yo‘q

 Bugun OAVlari muftiyotning “yangi yil bayramiga” taalluqli fatvosi chiqqani haqida xabar tarqatishdi. Fatvoda “Qirg‘iziston qonun hujjatlarida belgilangan va tasdiqlangan rasmiy bayramlarga nisbatan imomlar tomonidan salbiy tashviqot olib borilmasin” deb aytilgan.

 Bu fatvoga munosabat bildirishdan avval, dastlab fatvo to‘g‘risida ayrim tafsilotlarni esga olib o‘taylik. Aslida har bir musulmon o‘z hayotida duch keladigan har qanday xodisa yoki narsani shar’iy hukmini bilishi farz va shunga yarasha amal qilishi shart. Shar’iy hukmlar esa shariat manbalaridagi jazm nususlardan yoki mujtahid ijtihodidan olinadi. Muqallid musulmon shaxs shar’iy hukmni bilish uchun mujtahidning ijtihodiga murojaat qiladi yoki o‘zidan ilmliroq musulmondan fatvo so‘raydi. Bunda alohida e’tibor qaratiladigan jihat, so‘ralganda beriladigan fatvo ham biror mujtahidning shar’iy manbalardan ishlab chiqqan sahih ijtihodiga asoslanishi kerak. Mana shundagina bu fatvo shar’iy fatvo bo‘lib hisoblanadi, aks holda uni shariatda hech qanday qiymati bo‘lmaydi.

 Endi bugungi fatvoga kelsak, u hech qanday jazm nususga ham, biror mujtahidning sahih ijtihodiga ham asoslanmagan. Bu fatvo faqat “Qirg‘iziston qonunlarida belgilangan va tasdiqlangan” degan so‘zgagina asoslangan. Shu sababli bu fatvoning shar’iy jihatdan hech qanday ahamiyati yo‘q va uni chiqargan, tarqatgan, shuningdek, amal qilgan odamlar gunohkor bo‘lishadi.

 Demak, bu masala bo‘yicha musulmonlar o‘rtasida munozara bo‘ladigan bo‘lsa, u holda har bir musulmon uning jazm nususlardan yoki qanday sahih ijtihoddan olinganini surishtirib bilishi kerak. Mana shundagina musulmonlar bir fikrga kela olishadi.

 Aslida Islom ulamolari yangi yilni bayram qilish jazm nususlar bilan harom qilinganiga biror ihtilofsiz ittifoq qilishgan. Shuning uchun musulmonlar boshqalarni “yangi yilni nishonlash” degan munkar ishdan qaytarishlari farz.

 Muftiyotning yuqoridagi fatvosi bo‘lsa “mo‘’tadil islom”ning “mevasidan” boshqa narsa emas. Chunki, kofirlar o‘ylab topgan “mo‘’tadil islom” loyihasi bo‘yicha Islom dinini demokratiyaga moslashtirish kerak bo‘ladi. Haqiqatda esa sof Islom dinimiz buzuq demokratiyaga zid va har qanday holatda ham unga moslashmaydi.

 Davlat va muftiyot har doim “an’anaviy islom”ga rioya qilishlarini, uning doirasida hanafiy mazhabiga amal qilishlarini aytib kelishadi. Shu o‘rinda savol paydo bo‘ladi: bu fatvo Hanafiy mazhabining qaysi rayiga asoslangan ekan?!

 Afsuski, turmush haqiqatlari ko‘rsatib turganidek, bu fatvo hech qanday hanafiy mazhabidagi rayga asoslanmagan va u dunyoviy davlat qonunlaridangina kelib chiqqan…

Turkiston

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.