Tojikiston: arab tili – “xatarli til”mi?

612
0

Tojikiston: arab tili – “xatarli til”mi?

Garchi tojik hukumati arab tiliga cheklov borligini inkor qilsa-da bu tilga muxlis insonlar etarli darajada bilim olishga imkon topa olmayaptilar. Bir necha o‘quv markazlarida arab tili saboqlari man etilgan. Zero hukumat aynan arab tilini fuqarolarning ongini buzadigan “xatarli” til deb biladi. Mutasaddi rahbarlar bu jihatni “aholining arab tiliga talablari  yo‘qligi”ni sabab tariqasida ko‘rsatmoqda.

Xususiy o‘quv markazlari rahbarlaridan biri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan holatga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra hukumat idoralaridagi mas’ul shaxslar arab tili kurslari ochilishiga ruxsat bermaydi. Ayni damda bu til “eng xatarli tillar” qatoriga kirgan.

 «Yuqori lavozimli shaxslarni arab tilidan qo‘rqishlari meni taajublantiradi. Go‘yo arab tilini o‘rgansak, ekstremist bo‘larkanmiz. Bundan chiqdi Xitoy tilini o‘rgansak, butparast, ingliz tilini o‘zlashtirsak nasororo bo‘lamizmi? Mantiq qaerda? », –  deya savolga savol bilan murojaat qildi markaz rahbari.

Tojikiston Islom Universiteti rektori Tojiddin Asomiddinzodaga ko‘ra ayni zamonda arab tiliga talab  yo‘q. “Menimcha arab o‘lkalaridagi inqiroz sabab odamlarning arab tiliga e’tiborlari susaygan” deya ta’kidlaydi u.

(Manba: AHBOR.RUS.com sayti)

Izoh: Dunyo hamjamiyatning qarori bilan har yili 18 dekabr – Xalqaro arab tili kuni sifatida nishonlanadi.

Arab tili bugungi kunda dunyoda eng keng tarqalgan va eng talabgir tillardan hisoblanadi. Bu talab borgan sari o‘sib bormoqda. Arab tili dunyodagi 350 millionga yaqin kishining ona tilisi hisoblanadi. U Osiyo va Afrikadagi 22 davlatning rasmiy tili hisoblanadi. Arab tilida ko‘p so‘zlashuvchi aholi Saudiya Arabistoni Iroq, Quvayt, Suriya, Misr, Iordaniya va Livan davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, arab tili jahondagi Islom diniga e’tiqod qiluvchi 1 millairddan ortiq insonlar uchun e’tiborli va hurmatlidir. Dunyoda 18 dekabr kuni Xalqaro arab tili kuni sifatida nishonlanadi. Turli tadbirlar, uchrashuvlar va konkurslar tashkil etiladi. Tarixga nazar solsak 1973 yili 18 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi arab tilini tashkilotning rasmiy tillari tarkibiga kiritish bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilgan. Arab tili BMTning 6 ta rasmiy tili – ingliz, ispan, xitoy , rus va frantsuz tillaridan biridir.

Endi arab tilining  Islom olamidagi mavqei, ahamiyati xususida to‘xtaladigan bo‘lsak, arab tili Shariatdagi asosiy omil hisoblanadi.

Ayni zamonda  boshqa din vakillaridan farqli o‘laroq Musulmonlarning yagona Davlati va ularni birlashtiradigan yagon rasmiy tili mavjud emas. Islom olami beqaror holatda kufr sistemasi boshqaruvi ostida kun kechirmoqda. Asrlar davomida Islom olami qoloqlashib ketgan.

“Hizbut Tahrir tushunchalari” kitobidan iqtibos; “Islom olami qoloqligining yagona sababi Islomni tushunishda zehnlarda o‘rnashib qolgan og‘ir zaiflikdir. Bu zaiflikning sababi VII  hijriy asrdan boshlab Islomni tushunish va uni etkazishda arab tiliga e’tibor bermaslik oqibatida arab tili qudratirini islomiy qudratdan ajratib qo‘yish bo‘ldi. Modomiki Islom tili bo‘lmish arab tilini Islomning ajralmas tarkibiy qismiga aylantirish bilan arab tili qudrati Islom qudratiga qorishtirib yubortlmas ekan, qoloqlik musulmonlarni o‘z qa’riga  tortaveradi . Zero, Islomning to‘liq shaklda  ifoda etish qudratiga  ega  bo‘lgan va Islom qudrati bilan qorishib ketgan yagona til arab tilidir. Bu tilga e’tibor bermaslik bilan shariatda  ijtihod yo‘qoladi.  Shariatda  ijtihod faqat arab tili bilan bo‘ladi. Chunki arab tili ijtihoddagi asosiy shartdir. Ijtihod UMMAT uchun zaruriydir. Zero, Ummatning taraqqiyoti faqat ijtihod bilandir”. (iqtibos tugadi).

Kufr sistemasi   musulmonlarning  fikriy o‘yg‘onishligidan va arab tili orqali  Shar’iy nususlaridan xabardor bo‘lishidan qo‘rqadi. Shuning uchun  Islomdagi muqaddas til – arab tilini “xatarli” til deb biladi. 

Munavvara

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.