To butun korruptsiyachi to‘dalar supurib tashlanib, Allohning hukmi o‘rnatilmas ekan, Iroq masalasi echilmaydi

441
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

To butun korruptsiyachi to‘dalar supurib tashlanib, Allohning hukmi o‘rnatilmas ekan, Iroq masalasi echilmaydi

Al-Jazira net veb-sayti (hijriy 1441 yil 4 robiul-avval, milodiy 2019 yil 1 dekabr yakshanba kuni) tarqatgan xabarda bunday deyiladi:

«Shanba kuni Milliy Mehvar alyansi prezidentning ham, vakillar palatasi raisining ham iste’fosini talab qildi. Qolganlar esa, texnokratik hukumat tuzishni talab qilishdi. Bundan oldin, namoyishlarning davom etishi va ko‘plab insonlarning o‘ldirilishi manzarasida hukumat bosh vaziri Odil Abdulmahdiy iste’fo bergan edi.

Shanba kuni Iroq bosh vaziri Odil Abdulmahdiy o‘zining iste’foga chiqishi to‘g‘risida parlamentga rasman maktub taqdim qilgan edi. Uning ma’muriyatidagi manbalar bosh vazirning iste’fo masalasini muhokama qilish uchun vazirlar mahkamasining favqulodda majlisiga raislik qilayotganini ma’lum qildi. Ma’muriyat chiqargan bayonotdan bosh vazir iste’fosining bir ovozdan ma’qullangani ma’lum bo‘ldi. Ammo iste’fo rasmiy bo‘lishi uchun parlament yakshanba kuni o‘tkaziladigan sessiyada uni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishga majbur.

«Vazirlar mahkamasi raisi hukumatning namoyishchilar talablarini qondirish va islohotlar loyihasini taqdim etish uchun qo‘lidan kelgan barcha imkoniyatni sarflaganini ta’kidladi», deyiladi bayonotda».

Roya gazetasi sharhi:

Bu korruptsiyachilar to‘dasini kofir Amerika olib keldi va nopok urushi orqali vayron qilolmagan narsalarni vayron qilish uchun ularni o‘z xalqi elkasiga zo‘rlab mindirib qo‘ydi. Shuning uchun Amerika ularning hokimiyatda turishlaridan manfaatdor. U voqea-hodisalarni kuzatib boryapti… Agar ular namoyishlarni o‘zlarining xavfsizlik kuchlari bilan bostirisha olsa, yaxshi. Biroq bostirishga muvaffaq bo‘lisholmasa, u holda, bu to‘dani ag‘darishga kirishadi. Chunki bu Amerikaning o‘z xizmatkor va malaylari namoyish tomonidan qarshilikka uchragan paytda qo‘llaydigan odatidir. Keyin ularning o‘rniga xiyonat va Ummat dushmanlariga xizmat qilishga «o‘rganib qolgan» boshqa malaylarni olib keladi.

Shuning uchun bu jinoyatchilar to‘dasidan qutulish uchun albatta ularning kofir demokaratik tuzumini yo‘q qilmoq hamda Alloh Taoloning shariati bilan hukm yuritmoq shart. Insonlar xavfsizligi va izzat-hurmati shu bilan amalga oshadi.

Roya gazetasining 2019 yil 4 dekabr chorshanba kungi 263-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.