Ustoz Ahmad Xutvoniy

157
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Saudiyaning golf o‘yiniga nisbatan aloqasining siri!

Ustoz Ahmad Xutvoniy

Yaqinda Saudiya Arabistoni unchalik urf bo‘lmagan va umuman mintaqa xalqlarida ommalashmagan yangi sport turniri – golf turnirini joriy qildi. Saudiya bu o‘yinni qo‘llab-quvvatlash hamda uni moliyalashtirish uchun vaqti-vaqti bilan 100 million dollar ajratish majburiyatini oldi.

Bu g‘alati xabarni sinchiklab o‘rganish natijasida golfga oid sir ortida sobiq AQSH prezidenti Donald Tramp turgani aniqlandi. Trampning o‘zi buni e’tirof etdi, ya’ni unga ko‘ra, golf tashkiloti saudiyaliklarning millionlab dollariga muhtoj bo‘lgan va buning evaziga Tramp Salmonni taxtdan yiqilishidan himoya qiladigan bo‘lgan, o‘z navbatida, Salmon ushbu serxarajat o‘yinni himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan. Demak, bu Saudlar xonadoni hukmdorlariga nisbatan Amerikaning yangi shantajlaridan biridir. Darvoqe, buni ham Tramp quyidagicha izohladi: «Men bilgan boylarning puli cheklangan, qolgan hayotlari uchun 100 million dollar sarflashni istashmaydi. Ammo saudiyalik boylar bu masalada pul ayashmaydi, ularning cho‘ntaklari juda chuqur… Saudiya golfni sevadi».

Bunday bachkana turnirni joriy qilgan Saudiya endi uning musobaqalariga millionlarni sarflaydigan bo‘ldi. Zotan, o‘tgan iyul oyida tashkil etilgandan beri musobaqalar uchinchi martasiga yetib keldi. Golfning mashaqqatli ko‘plab turlari «Live Golf Invitational», deb nomlanib, unda «Bed Minster» nomi ostida Tramp klubi ham ishtirok etadi.

Saudiya golf turnirini moliyalash bilangina kifoyalanmadi, balki Ummon mamlakatida «Dar Al Arkan Real Estate Development Company» (Dorul Akon Rivojlanish kompaniyasi) orqali yirik golf loyihasini barpo etish uchun Tramp tashkiloti bilan 1.6 milliard dollarlik shartnoma imzoladi. Loyiha 3500 uy-joy, golf o‘yingohlari, 450 xonali ikkita mehmonxona va kurortlardan iborat.

Ushbu shartnomaning imzolanishi Tramp 2024 yilgi saylovlarda prezidentlik lavozimiga rasman o‘z nomzodini e’lon qilgan paytga to‘g‘ri keldi.

Muhammad ibn Salmonning Tramp klubi va tashkilotiga bunday saxovatpeshalik bilan sarf-xarajat qilganligi faqat bitta ma’noni ifodalaydi: Ibn Salmon ikki yildan keyingi prezidentlik saylovlari kampaniyasida Trampni qo‘llab-quvvatlamoqda hamda saylov kampaniyasida Respublikachilar partiyasining eng yirik homiylaridan biri Saudiya bo‘lyapti, bu bilan u go‘yo AQSHdagi saylov o‘yinlarining bir qismiga aylandi.

Saudiya Tramp va partiyasiga hamda Saudiya bilan bitim tuzgan AQSH kompaniyalariga shunday saxiylik qilgandan so‘ng, tabiiyki, Amerika ma’muriyati Muhammad ibn Salmonni huquqiy daxlsizlik bilan ta’minlaydi, jumladan, uni kelajakda qonuniy ta’qib qilmaslik va jurnalist Jamol Hoshaqjiyning o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortmaslik kabi.

Kimdir, hozirgi prezident Bayden va Demokratlar partiyasiga Saudiyaning ayni homiyligining foydasi yo‘q, bu Tramp va partiyasiga tegishli, bas, shunday ekan, nega Bayden ma’muriyati Ibn Salmonga daxlsizlik bersin? – deb so‘rashi mumkin. Bunga javobni Amerika saylovlari xarakteridan topamiz. Gap shundaki, Amerika saylovlarida homiylarga har ikki partiyani moliyalashtirishga ruxsat beriladi. Chunki gap Tramp va partiyasi ham emas, Bayden va partiyasi ham. Yo‘q, balki hamma gap Amerika va partiyalaridir. Saudiya golf turniriga yirik miqdorda pul berayotgan ekan, bundan faqat Tramp foydalanmaydi. Balki AQSH kompaniyalari, amerikalik o‘yinchilar va hatto AQSH davlati ham foydalanadi. Shuning uchun bu yerda Ibn Salmonni shantaj qilayotgan Amerikadir. Bu esa, Amerika davlatchiligiga katta moliyaviy tushim keltiradi. Shu bois, uni qabul qilmaslikka mutlaqo o‘rin yo‘q.

Shunday qilib, demak, Ibn Salmon musulmonlar molini mana shunday bema’ni o‘yinlarga isrof qilmoqda. Bu Amerikaning manfaatlaridan boshqa narsaga xizmat qilmaydi. U mamlakatda hech kimga foydasi tegmaydi, balki Ibn Salmonga taxtini saqlab qolishiga va qora ro‘yxatdan nomini o‘chirib olishiga yordam beradi. Ma’lumki, qora ro‘yxat yashirish mushkul bo‘lgan aniq jinoyat sodir etgani uchun Amerika tomonidan qidiruvga berilgan shaxslarni ta’qib qilish maqsadida tuzilgan.

Agar Ibn Salmon bu pullarni real sanoat bunyod etish va insonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishga sarflasa, o‘z mamlakatining muhim infratuzilmasi va obyektlariga jiddiy sarmoya sifatida yotqizsa, shubhasiz, Saudiya mustaqil davlatgina emas, hatto yirik davlatga aylangan bo‘lur edi. Yoki bu kabi pullarni kambag‘al musulmonlarga ulashsa edi, yer yuzida bitta ham kambag‘al qolmagan bo‘lardi.

Biroq, Ibn Salmonning bu mablag‘larni faqat ajnabiy o‘yinchilar foydalanuvchi golf o‘yingohlari va mehmonxonalariga sarflayotgani Ummat dushmanlaridan boshqasiga xizmat qilmaydi. Bu mablag‘lar dushmanga xizmat qilishi bilan birga, saudlar rejimini dunyo oldida kulgiga aylantiryapti. Hamma bu kimsaning mamlakat pullarini butkul tentaklik va bachkanalik bilan isrof qilib, birovlarga sovurayotganini gapiradigan bo‘lib qoldi.

Roya gazetasining 2022 yil 7 dekabr chorshanba kungi 420-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.