Husiylar Saud oilasi rejimini qabul qiladigan holga keltirildi

474
0

Husiylar Saud oilasi rejimini qabul qiladigan holga keltirildi

Husiylar o‘tgan oylar davomida, aniqrog‘i sentyabr oyidan beri Masqat shahrida Saud oilasi rejimi bilan Amerika homiyligida olib borilgan muzokaralarni sir tutib kelishdi. Chunki ular o‘zlarining Shimoliy Yamanda jang qilayotgan tarafdorlari ushbu muzokaralar tafsilotlaridan xabar topib qolishidan xavfsirashayotgan edi. Husiylarning rasmiy notig‘i Muhammad Abdussalom 2019 yil 18 noyabr dushanba kuni Ammon poytaxti Masqatda «Masqat Husiylar bilan Saud oilasi rejimi o‘rtasida vositachilik qilmoqda», deb bayonot berdi. Bu shuni ko‘rsatadiki, o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan muzokaralar Saud oilasi rejimi bilan hamkorlik qilish yo‘liga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan va muzokaralar oshkor bo‘lishidan oldin Husiylarning tarafdorlari muzokaralarga rozi bo‘ladigan holga keltirilgan. Ayniqsa, Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz 2019 yil 15 noyabr kuni Masqatga tashrif buyurganidan keyin muzokaralar bo‘layotgani aniq bo‘lib qoldi.

Yagona qibla ahli bo‘lmish ikki taraf o‘rtasida kechgan urush go‘yo hech narsa bo‘lmagandek, qo‘l qisishlar, o‘zaro tabassumlar, o‘pishishlar va birga suratga tushishlar bilan yakun topmoqda. Qalblarni bundan ham ko‘proq yaralagan narsa shuki, bu muzokaralar Amerika homiyligida o‘tmoqda. Holbuki, Amerika bu urushda bir tarafni qurol va qiruvchi uchoqlar bilan ta’minlasa, ikkinchi tarafni razvedka ma’lumotlari bilan ta’minladi. Shuningdek, Amerika askarlari bevosita urushda ishtirok etishdi. Manosihdagi Saolib tog‘ida, Yaklada va Yamanning boshqa joylarida ro‘y bergan hodisalar bunga yorqin dalildir.

Husiylar Saudiyani o‘z xohishlari bilan qabul qilishlari uchun asta-sekin xabarlarni tarqatish orqali jamoatchilik fikri shakllantirilmoqda. Kim bu ishga rozi bo‘lmasa, yaxshilik bilan qo‘lga o‘rgatiladi, shunda ham qabul qilmasa, xoinga chiqarilib, tarix axlatxonasiga uloqtirib yuboriladi. Sizlar va Hodiy hamda sizlardan oldingilar shu tariqa Saud oilasi rejimi quchog‘iga o‘zingizni otmoqdasiz. Sizlarning orangizni vaqt ajratib turibdi xolos.

Husiylar bilan Saud oilasi rejimi o‘rtasidagi ish shu tarzda yakun topsa, Saud oilasi yaqinda himoya qilinishi zarur bo‘lgan tug‘ishgan aka yoki ukaga aylanadilar. Kechagina ular Aqso masjidini ozod qilish uchun yo‘ldan uloqtirib tashlanishi zarur bo‘lgan dushman edilar. Husiylar o‘z rahnamolariga tilini tiyishi va o‘z bayonotlari bilan Aqsoni iflos qilmasligi haqida nasihat qilsinlar. Chunki Muiz Lidinillahi Fotimiy va Ali Xomanaiylarning bayonotlarini tinglaymizu, lekin qurolidan o‘q otganini eshitmaganmiz. Husiylar Quddus va Masjidul Aqsoni Umar ibn Xattob va Salohiddin Ayyubiylar kabi kishilarga qoldirishsin. Chunki ikkinchi roshid Xalifalik tiklangan kuni Quddusni ozod qiladigan kishi er yuzini titratadi. Ana o‘sha kunda Husiylar ikkinchi Aqaba bay’ati kechasida Azabbul Aqaba ismli shayton faryod qilganidek faryod qilurlar. Chunki o‘sha kechada ansorlar Madinai Munavvaraning boshqaruv tizginini Islomga topshirish borasida Payg‘ambar ﷺga bay’at bergan edilar.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.