Toshkentda Markaziy Osiyo raxbarlarining konsultativ uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

605
0

Toshkentda Markaziy Osiyo raxbarlarining konsultativ uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi yillarda 2 barobarga, qo‘shma korxonalar soni 4 barobarga o‘sdi. Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan chegaralarning huquqiy rasmiylashtirish ishlari yakunlanishi arafasida, oltmishga yaqin o‘tish punktlarining to‘laqonli faoliyati ta’minlandi, vizalar bekor qilindi. Ishbilarmonlik va hududlararo aloqalar, transport qatnovlari, madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib bormoqda.

Bu haqda prezident Mirziyoev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 29 noyabrda Toshkentda o‘tayotgan uchrashuvida bildirgani to‘g‘risida davlat rahbarining rasmiy sayti xabar qildi.

Tahlil: 28 noyabr kuni “kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti” (KXShT)ning nabatdagi yig‘ini ortidan, 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining maslahat – konsultativ yig‘ini bo‘lib o‘tdi.

Har ikki uchrashuvda ham bir qator olamiy va mahalliy masala va manfaatlar ko‘rib chiqildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bishkekda Afg‘oniston tomondan kutilayotgan xavf xatarlar to‘g‘risida to‘xtalib, Rossiyaning “terrorizm”ga qarshi Suriyada orttirgan harbiy qirg‘in tajribasi bor ekanini aytib, muammoni harbiy echimi tomon burishga urindi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ham Afg‘oniston tomondan kutilayotgan xavf xatarlar bor ekanini ta’kidladi. Lekin, O‘zbekiston Afg‘oniston infrastrukturasini ta’mirlab, rivojlantirish ishlariga qo‘shayotgan salmoqli hissasini aytib, mintaqada tinchlikni kafolatlash u bilan iqtisodiy va siyosiy hamkorlikni rivojlantirish ortida ekanini ta’kidladi. Shuningdek, har bir qo‘shni davlatlarini xavfsizlik va boshqa masalalarda mintaqaviy manfaatlardan kelib chiqib echim va chora ko‘rishga chaqirdi.

Afg‘oniston Markaziy Osiyoning iqtisodiy muammolar echimi va xalqaro siyosat diqqat markaziga aylanib boryapti.  Afg‘oniston orqali O‘zbekistondan  okeanga chiqadigan alternativ yo‘l, Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiyaning iqtisodiy mustamlakasidan ozod qilishi mumkin. AQSh prezidenti Donald Trampning 28 noyabr kuni kutilmaganda Afg‘onistonga tashrif buyurishi ham, shunga aloqadordir. Mazkur tashrif Tolibon bilan hamkorlik masalasiga aloqador ekanini uning o‘zi ta’kidladi. AQSh O‘zbekistonga Afg‘oniston orqali tranzit yo‘lini ochishdan manfaatdor. Rossiya bu yo‘lni ochilishi ortidan mintaqadagi manfaatlariga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni oldini olish maqsadida Markaziy Osiyo rahbarlarini O‘zbekistonga qarshi yo‘naltirmoqchi. Shuningdek Afg‘onistonda va unga chegaradosh qo‘shni bo‘lgan Tojikiston va O‘zbekistonga qo‘shni va strotegik hamkor bo‘lgan Qirg‘izistonga bosim o‘tkazish bilan mintaqada notinchlik paydo qilmoqchi.

O‘zbekiston Rossiya talabi bo‘lgan Evroosiyo ittifoqiga qo‘shilishdan bo‘yin tovlamoqchi bo‘lyapti. AQSh va’da qilganidek Afg‘on tranzit yo‘lini ochib bera olmasa, O‘zbekistonga Rossiya tomonidan nafaqat tashqi bosim, balki energetika etishmovchiligi ortidan ichki xalq noroziligi ham keskinlashib borishi mumkin. Chunki O‘zbekiston fuqorolariga elektr va tabiiy gaz etishmasligining sababi hukumatning elektr va tabiiy gazni Afg‘onistonga etkazib berayotganligidandir. O‘zbek vaziri oqlanmoqchi bo‘lib “agar ularda gaz va elektr bo‘lmasa, qo‘liga qurol olishadi” deb buni tan oldi. Shuning uchun Mirziyaev turkmanboshi bilan Turkmanistondan elektr enegiyasi sotib olishga kelishishdi.

Putin Markaziy Osiyoni harbiy bosim ostiga olmoqchi. Suriyadagi harbiy tajribasini ular bilan baham ko‘rishga chaqirganida, mintaqada jiddiy muammolar keltirib chiqarishi mumkinligiga ishora qildi.

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.