Janjallashgan talaba qizlar sababli muallimlar ishdan bo‘shatildi

874
0

Janjallashgan talaba qizlar sababli muallimlar ishdan bo‘shatildi

Qirg‘izistonning Aqsi rayonida joylashgan Jo‘rabek Mamitbekov nomli o‘rta maktablarning birida talaba qizlar orasida kelishmovchilik chiqib, mushtlashish sodir bo‘ldi. 20 noyabr kuni ushbu janjal aks etgan video lavha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Hodisa yuzasidan mamlakat qonun kodeksdagi № 266 bandga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atilib, bir guruh mahalliy rahbarlar, jumladan Aqsi rayon ta’lim berish bo‘limining rahbari O‘g‘iloy Ziyabekova ishdan bo‘shatildi.

Viloyat etakchisi Qiyanbek Sotiboldiev qizlarning janjaliga asosan o‘smirlar orasidani tushuntirish ishlarining etishmasligini sabab qilib ko‘rsatdi. O‘quvchilar uchun  muallimlarning ishdan bo‘shatilishiga mahalla faollari e’tiroz bildirishdi. Chunki bolalarning tarbiyasi ota-onalarga bog‘liq deydi ular.

Hodisaga bog‘liq o‘z fikrini bildirgan filologiya ilmlari kandidati Dilbar Chokoeva  shunday deydi:

– Birinchidan bu migratsiyaning ta’siri. Farzandlar o‘z ota-onalaridan uzoq, yaqinlari qo‘lida noto‘g‘ri tarbiya olmoqda. Ikkinchidan xorijiy saytlardan internet orqali turli tuman videotasmalarni ko‘rishlik bolalar tarbiyasiga salbiy ta’sir qilyapti. Uchinchidan mamlakat ichkarisida korruptsiyaning kuchayishi, puli bor oldinga jilib, kambag‘allar ortda qolib ketishmoqda. Bizda qizlarga to‘g‘ri tarbiya bera oladigan maktablar yo‘q. Munosib kadrlar ham etishmaydi”.

 Izoh: Rosululloh (s.a.v.) shunday dedilar: “Mana bu oylarda urush harom qilinganidek, musulmonning boshqa musulmonga obro‘si, moli va joni ham harom qilindi”.

Afsuski din davlatdan ajratilgan jamiyatda musulmon boshqa musulmon tarafidan tolon-toroj qilinib, uning haqqiga, obro‘siga xiyonat qilish va shunga o‘xshash boshqa salbiy ko‘rinishlar oddiy narsaga aylanib qolgan. Bir inson boshqa birodariga nisbatan nohaqlik qilayotib, bu ishi Shariat nuqtai nazarida jirkanch ekanligi, ayni damda uni Yaratuvchisi kuzatib turayotganligiyu farishtalar yozib qo‘yayotganligi va Qiyomat kuni o‘sha amali xususida javobgarlikka tortilishi haqida andisha qilmay qo‘ydi. Ikki-uch o‘smir qiz janjallashib qolsa, ta’lim berayotgan o‘qituvchida nima ayb?!

Hamma nuqson buzuq saqofatda, o‘sha muallim ham oliygohda noto‘g‘ri saqofat olgan. O‘zi olgan ta’limini talabalarga berayotib xech qachon savob va gunoh haqida gapirmasa kerak? Chunki  kufr  sistemasi belgilab bergan ta’lim programmasida amallarning oqibati –  savobi, gunohi to‘g‘risida xech nima yo‘q.

Bundan 2-3 yil muqaddam Rossiyadagi maktab o‘quvchilari (xossatan talaba qizlar)  bir-birlari bilan janjallashib, majburiy tarzda pul yig‘ishi (reket, tovlamachilik, tamaxo‘rlik) holatlarini kuzatar edik. Ularni Islomdan bexabar fosid tarbiya qurboni deb baholadik. Bugunga kelib din kengayib, diniy qadriyatlar rivojlangan mintaqalarda ham talabalar orasida nizolar chiqib, begunoh o‘qituvchilarni ishsiz qolishiga sababchi bo‘layotgan hodisalar achinarli albatta.

Demak, ilmoniy mutaxassislar aytganidek “tushuntirish ishlari olib borilishi va Ota-onalar bilan kuch organlari birlagalikda faoliyat ko‘rsatishi” ham eng samarasiz yo‘llardan biri hisoblanadi. Zero ming bora tushuntirish ishlari olib borilsa-da, agar farzandlarimizning zehnida” musulmonning haqqi, uni obro‘si, unga ehtirom ko‘rsatishlik zarur ekanligi” muhrlanmagan bo‘lsa, baribir nasihatlar foyda bermaydi.

Demokratik tamoyillarga ko‘ra “har bir  shaxs o‘zini o‘zgartirsa jamiyat o‘zgaradi, isloh bo‘ladi” degan tushuncha bor, ammo bu noto‘g‘ri tushuncha ekanligini har birimiz bilamiz.

Misol uchun men oila davrasida farzandimga islomiy tushunchalarni singdirib, uni ibodatlariga qattiq e’tibor bersam-da, u borib jamiyatga qo‘shilgani zahoti, maktabda yoki oliy o‘quv yurtida men aytgan narsalarning aksini eshitib keladi. Tabiiyki men o‘z tushuncham bilan yolg‘izlanib qolaman, mening gaplarimdan ko‘ra ta’limdagi fikrlar kuchliroq ta’sir qilishi tabiiy hol.

Jamiiyatni isloh qilishning yagona yo‘li shar’iy qonunlar bilan bo‘ladi. Islomiy qonundan boshqa qonunlar insonning tabiatiga mos kelmaydi va odamlarni bir-biriga bog‘lashlikka yaramaydi. Insonlardagi fikr, tuyg‘u, qonunlar bir maromda bo‘lsagina, keyin jamiyat isloh bo‘ladi.

Shuning uchun odamlarni bir-biriga bog‘lab turishga yaroqli kuchli robitani takomillashtirish uchun ish olib borishmiz zarur. Bu ish islomiy nizom to‘la tatbiq etilsagina samara beradi. Zero islomiy ahkomlar asosida tuzilgan ta’lim programmasida eng avvalo aqidaga doir hukmlar beriladi. Bola zehnida aqida to‘g‘ri gavdalansa, u har bir amalini aqidasiga bog‘lab bajaradi, yoki undan bosh tortadi.  Barcha tartib- intizomlar  Islomiy  davlatni barpo qilish bilan amalga oshadi.

Munavvara 

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.