Alimov: “Rossiya va Xitoy – Markaziy Osiyoning ikki qanoti”

458
0

Alimov: “Rossiya va Xitoy – Markaziy Osiyoning ikki qanoti”

 Samarqandda “Valday” muloqot klubining X Osiyo konferentsiyasi o‘tkazilmoqda. “Markaziy Osiyo va Evroosiyo: global tartibsizlik chaqiriqlari oldidan ko‘p tomonlama hamkorlik” mavzusida o‘tkazilayotgan bu konferentsiyada Shanxay hamkorlik tashkilotining tojikistonlik sobiq bosh kotibi ham qatnashdi. U Rossiya va Xitoyni mintaqa uchun ikki muhim mamlakat deb atadi.

 “Mintaqa mamlakatlari uchun Rossiya va Xitoy eng ishonchli hamkorlar hisoblanadi. Parvozga shaylanayotgan O‘rta Osiyoning qanotlari aynan Rossiya va Xitoy. Mintaqa mamlakatlari o‘zaro hamkorlik orqali rivojlanishi mumkin. Oxirgi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi tijorat hajmi o‘sib bormoqda. Xitoy va Rossiya mintaqaning dominantlari emas, mavjud hamkorlardir.

 Rossiya, Xitoy va mintaqadagi 5 ta mamlakatning o‘zaro tovar aylanmasi bir yilda 20 foizga, ya’ni 25-27 milliard dollarga oshdi. Taqqoslash uchun AQSh va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,7 milliard dollarni tashkil qiladi. Gap taqqoslashda ham emas, hamma o‘z hamkorini o‘zi topadi.

Erishilgan yutuqlardan havolanib, to‘xtab qolish emas, ishonchli hamkorlar bilan ishlashda davom etish kerak”,- dedi Alimov.

 Izoh: 2004 yili Rossiyaning Novgorod shahrida tashkil etilgan “Valday” rossiyaparast ekspertlar yig‘iladigan maydon sifatida ma’lum. Samarqandda bo‘lib o‘tgan navbatdagi konferentsiyada ham “ekspertlar” Rossiya quvvati, EOIIning imkoniyat va istiqbollari haqda fikr yuritib, mintaqa davlatlari uchun eng maqbul yo‘l Rossiya boshchiligidagi EOIIga a’zo bo‘lish ekanligiga alohida e’tibor qaratishdi. Ekspertlardan biri, Rossiya Fanlar akademiyasi E.M.Primakov nomidagi xalqaro tashkilotlar va global siyosiy tartibga solish sektori xalqaro siyosiy muammolar bo‘limi ilmiy xodimi Aleksey Kupriyanov, “SSSR qulaganidan keyin yo‘q bo‘lib ketgan ulkan iqtisodiy bazani tiklamoqchimiz”, -dedi.

 Aslida ham Rossiyaning EOII tashkil etishdan ko‘zlagan maqsadi, SSSRdan meros qilib olgan mustamlakalarini yana qayta o‘zining iqtisodiy ta’siri ostiga olish va o‘zida ishlab chiqarilgan, ma’nan eskirgan maxsulotlari uchun bozor ochishdan iborat edi. Shu sababli ham EOIIga a’zo bo‘lgan davlatlar ichida faqat Rossiyanigina savdo balansi ijobiy bo‘ldi. Qolgan respublikalar esa tashkilotga a’zolikdan faqat zarar ko‘rib kelishmoqda. Mintaqada nuzuf talashayotgan Xitoyning maqsadi esa mintaqadagi davlatlarni qarz botqog‘iga botirish orqali o‘zining iqtisodiy ekspansiyasini kengaytirishdan iborat. Rossiya va Xitoy davlatlari mintaqa davlatlari uchun ikki qanot emas, aksincha, qanotlarini qayiradigan qonhur changallardir.

 Abdurahmon Odilov

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.