بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ
Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini: G‘arb, feministik tashkilotlar hamda hukmdorlar muslimalarga qarshi fikriy terrorni qo‘llab, ularni yo‘ldan ozdirishmoqda
2019 yil 9 oktyabr chorshanba kuni Hizb ut-Tahrirning Birzayt universiteti talabalari doirasidagi Al-Va’y guruhi siyosiy intellektual yig‘in o‘tkazdi. Falastin zaminidagi xotin-qizlar va ular yo‘liqayotgan so‘nggi paytdagi fitnalar mavzusidagi yig‘inga Hizb ut-Tahrir – Falastin matbuot bo‘limi a’zosi muhandis Bohir Solih mezbonlik qildi.
Bohir Solih vaqti-vaqti bilan o‘tkazilib turadigan kampaniyalarga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, bunday kampaniyalarda ayolga nisbatan adolatsizlik qilinayotganiga va nomus himoyasi uchun qotillikka qo‘l urish holatlari kuzatilayotganiga e’tibor qaratiladi. Ishlar shu darajada bo‘rttirib ko‘rsatiladiki, voqea-hodisalarni kuzatib bormagan kishi – bu erda katta, xatarli muammo bor, bu muammo Falastindagi ayolni o‘z domiga tortishidan oldin tezda unga qarshi kurashilmog‘i lozim, degan xayolga borishi mumkin. Bohir Solih voqea-hodisalarning — go‘yoki bu ishlarga islom sababchidek – ayolga nisbatan zo‘ravonlik qilinishiga qarshi kurashish bahonasida islom hukmlariga hujum qilishga olib boradigan darajada ta’vil qilinayotganini qoraladi.
Yig‘inda ma’ruza qilar ekan, Bohir Solih feministik tashkilotlar va ayollar harakatlari haqida tanqidiy savollarni ko‘tardi hamda bunday dedi:
«Nega bu tashkilotlar marhuma qiz Isro G‘arib masalasiga e’tiborni qaratishadi-yu, ammo Saudiyadagi erkin ayollardan tashqari, boshqa muslimalarga e’tibor qaratishmaydi, masalan, tahqirona tarzda hibsga olinib, ikki oydan buyon qamoqda saqlanayotgan Alo Bashir xonim masalasi, vahshiyona o‘ldirilgan muhandisa Navin Avorida masalasi hamda pokistonlik ajoyib olima Ofiyat Siddiqiy masalasi kabi?!
Jamiyatimizda boshdan kechirayotganimiz muammolar faqat xotin-qizlar muammosidan iborat emas, shungagina cheklanmaydi. Balki giyohvand moddalar, qotillik jinoyatlari, korruptsiya, zulm kabi muammolar talaygina. Bu muammolarning barchasiga Islom sababchi emas, balki Islomning yo‘qligi sabab. Chunki Islom tatbiq etilmayapti, aksincha, uning o‘rniga kapitalistik demokratik tuzum tatbiq etilmoqda».
Bohir Solih yana quyidagilarni ta’kidladi:
«Dunyoda ayolning hurmat-izzatini o‘rniga qo‘ygan va huquqlarini muhofaza qilgan Islomdek tuzum yo‘q. Islom erkak va ayolga rahm-shafqat qiluvchi dindir, u rozi bo‘lib ixtiyoran qabul qilinadigan dindir. Islomni majburan qabul qildirilgan hech kim yo‘q. Binobarin, shariatga murojaat qilish haqqi ishonch va rozilikdan kelib chiqadi. Shariat qonun chiqarish huquqini shu huquq egasiga, ya’ni, Alloh Subhanahu va Taologa berdi. Biroq feministik tashkilotlar va faol ayollar muslimalarni ilmoniylikka itoat qilishga va G‘arb mafkurasini qabul qilishga majbur qilishyapti, vaholanki, musulmonlar bu mafkuraga o‘zlarining birinchi dushmanlari o‘laroq qaraydilar. Shuningdek, bu tashkilotlar o‘z qarashlarini zo‘rlab o‘tkazish uchun kuch va zo‘ravonlik yo‘lini tutishyapti. Bunga yaqinda nikoh qurish yoshini kechiktirishgani kabi qonunchilik va qonunlarini majburan joriy qilishayotgani misol bo‘ladi».
Bohir Solih quyidagilarni xulosa qildi:
«G‘arb, feministik tashkilotlar va hukmdorlar qanoatli, roziya va mo‘mina bo‘lgan muslimalarga qarshi fikriy terrorni qo‘llashyapti. Ularni G‘arbning liberal fikrlarini qabul qilishga majburlashyapti. Holbuki, bunday fikrlarning qiblasi Parij, London va Vashingtondir. Go‘yo G‘arbda xotin-qizlarni juda baxtli yashayotgan qilib ko‘rsatish bilan ularni aldashga, yo‘ldan ozdirishga urinishyapti, holbuki, G‘arbdagi ayollar holati buning aksi, chunki ular qon yig‘lashadi».
Shuningdek, Falastin politexnika universitetidagi Al-Va’y guruhi «Muslima, mo‘mina, qonita, toiba, obida bo‘l» nomli namoyish ham o‘tkazdilar. Namoyishda Al-Va’y guruhi yoshlari feministik tashkilotlarga murojaat yo‘llab, «sizlar dinimizdan uzoqsiz, qadriyatlarimizga begonasiz, bas, musulmonlar ayollariga sizni kimlar vakil qildi», deya bu tashkilotlarning asl sifatlarini ochiq aytishdi.
«Askarlari bizning opa-singillarimiz nomusini toptagan va Ummatimiz qonini halol qilib olgan davlatlar tomonidan moliyalashtiriluvchilar bizning vakillar emas. Bizni yolg‘on targ‘ibotlaru soxta shiorlaringiz bilan hargiz aldolmaysiz. Bizning vakillar Islomni o‘zlariga manba, halol-haromni o‘lchov qilib olgan muslima, mo‘mina, qonita va obida ayollardir», deyildi murojaatda.
Roya gazetasining 2019 yil 16 oktyabr chorshanba kungi 256-sonidan