Qirg‘izistondagi hujjatli filьmlar festivali bolalar huquqlarini himoya qilish mavzusiga bag‘ishlanadi
Bu yil “Bir Duyno – Qirg‘izstan” inson huquqlari tashkilot tomonidan tashkil qilinadigan hujjatli filьmlar festivali bolalar huquqlarini himoya qilish mavzusiga bag‘ishlanadi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari ma’lum qildilar.
Qayd etilishicha, festivalda jahonning 10 dan ortiq mamlakatidan 20 dan ziyod hujjatli filьm taqdim etiladi.
Festivalь 11 noyabrdan 15 noyabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Anjuman doirasida bolalar huquqlariga rioya qilish mavzusiga bag‘ishlangan 15 ta seminar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
O‘n ikki yildan beri o‘tkazib kelinayotgan festivalda shu kungacha 450 dan ortiq hujjatli filьm namoyish qilingan bo‘lib, har yili tadbirga 5 mingdan ziyod odam qatnashadi. Har yili festivalь dasturi inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq mavzulardan biriga qaratiladi.
Tahlil: Olamiy inson huquqlarini himoya qilish, jumladan bolalar huquqlarini himoya qilish ham kufr dunyoqarash asosida olib boriladi. Noto‘g‘ri asosga qurilgan bu himoya, mamlakatlarda demografiyalik (aholi soni ozayib ketish) muammoni paydo qiladi.
Huquq himoyachilari tomonidan mintaqalarda avval oilani rejalashtirish tartibini kiritishga targ‘ib qilinadi. Tug‘ilmagan farzand uchun mukammal shart sharoitlar yaratish, har bir bola uchun alohida xona va anjomlar tayorlash, ota-ona barcha farzandlarini ta’minlay oladigan iqtisodiy sharoitlarga ega bo‘lish talabi ham oilani rejalashtirish ishlari jumlasidandir. Keyinchalik bu targ‘ib talabga, undan so‘ngra qonun bilan davlatning qat’iy talabiga aylanadi. Oqibatda farzandiga qonun talabi darajasida sharoit yarata olmaganlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinadi. Oqibatda tug‘ish sonini kamaytira boshlanadi. Demokratiya cho‘qqisidagi Evropa davlatlari bunga misol bo‘la oladi. Shu kunga kelib ularda ishchi kuchiga yaroqli fuqorolar qatlami etishmaslik krizisi kuchayib, tashqi migrantlarga muhtojlik toboro kuchayib boryapti.
Yuqoridagi ta’qiq va talablar, shuningdek demokratiya asosi (aqidasi) bo‘lgan erkinlik tushunchalari evropaliklarni serfarzandlikdan tiyib qo‘ydi. Farzandlariga davlat talab qilgan sharoitlarni yaratib berish va ularning tarbiyasini ham davlat nazorati ostida olib borish mashaqqatlari ularni farzand ko‘rishdan qaytaryapti. Tortib olingan yoki tashlab ketilgan bolalar bilan etimxonalar to‘lib, ularning soni ortib boryapti. Eng yomoni, shuncha mashaqqat bilan voyaga etkazilgan farzandlari ota-onalarini tashlab ketishadi. Rivojlangan davlatlarga e’tibor bersangiz etimxonalar bilan bir qatorda qariyalar uylari ham ko‘payib borayotganiga guvoh bo‘lasiz. Shular bizga farzand tarbiya qilishni o‘rgatadimi!
Abdurazzoq Mo‘’min.