Qirg‘izistonda bolalarni masjiddan to‘sish reydi bo‘lib o‘tdi

434
0

Qirg‘izistonda bolalarni masjiddan to‘sish reydi bo‘lib o‘tdi

18 oktyabr juma kuni Qirg‘iziston O‘sh oblastining Qorasuv shahrida bolalarni masjiddan to‘sish maqsadida militsiya xodimlari reyd uyushtirdi. Ular masjidlardan chiqqan yosh bolalarni xususiy mashinalarga majburan tiqib noma’lum tomon olib ketishga harakat qilishgan. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda bir qancha vidio lavhalar tarqaldi. Vidio lavhada vaziyatga aralashib, mashinaga majbur tiqilayotgan bolalarning tarafini olib, organ xodimlari bilan tortishayotgan o‘nlagan musulmon erkaklarni ko‘rish mumkin. Alloh bu va shu kabi Islom va Musulmonlar manfaati yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan barcha Mo‘’minlardan rozi bo‘lsin! Ular bizning farzandlarimizni himoya qilishdi. Alloh bizni beparvolik, loqaydlik, qo‘rqoqlik va taqvosizlikdan saqlasin!

Organ xodimlari farzandlarimizni himoya qilgan bu birodarlarimizga tajovuz qilishlari mumkin. Birodarlar! biz ham ularga va boshqa jur’at ko‘rsatayotgan musulmonlarga beparvo bo‘lmaylik. Kufr bizni aynan shu shijoatimizni sindirmoqchi. Ular olib borayotgan zulmlarga e’tibor bermasligimizni, bir birimizni qo‘llab himoya qilishimizni oldini olish maqsadida avvalgi safdagi etakchi musulmonlarga zarba berishga harakat qilishadi. Ogoh bo‘laydik bir birimizni kufr changaliga tashlab qo‘yish bilan shu dunyoda hor bo‘lib yashab, oxiratda Allohga osiy bo‘lgan holda tirilib qolishimiz mumkin, birodarlar.

Payg‘ambar s.a.v. “Men ojizlikdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, baxillikdan, g‘amdan, xafalikdan, qarzni engib qo‘yishidan, kishilarning zo‘rovonligidan Allohdan panoh so‘rayman” dedilar.

Payg‘ambarimiz s.a.v. aytadilar “Agar Ulug‘ va Buyuk Alloh bir qavmni yaxshi ko‘rsa, ularga balo yuboradi. Kim sabr qilsa sabrga ega bo‘ladi. Kim betoqat bo‘lsa, betoqatlikka yo‘liqadi”.

Sabr – bu haq gapni gapirmoq, haq ishni qilmoq, Allohning yo‘lidagi ozorlarga engilmasdan, bukulmasdan, oh – voh qilmasdan musibatni ko‘tarmoqdir.

Payg‘ambarimiz s.a.v. yana “Islom g‘arib bo‘lib boshlandi, yana xuddi boshlanganidek, g‘arib bo‘lib qaytadi, g‘ariblarga jannat bo‘lsin”, dedilar. “g‘ariblar kimlar ey Rosululloh?”, deb so‘rashdi. “Odamlar buzilib ketgan paytda o‘nglaydigan kishilar”, deb javob berdilar”. “Kabir” Tabaroniy.

Har qanday buzuqchilik, zulm biz musulmonlarning loqaydligimiz, bir birimizga bee’tibor bo‘lishimiz oqibatidan sodir bo‘ladi. Zulm yomon, lekin zulmga ko‘nikib qolish, uni his qilmay unga qarshi kurashishdan to‘xtab qolish undan ham yomondir.

Loqaydlik iymoniy muhitni buzilishiga olib boradi. Iymoniy muhit – har bir fikr va amal muayyan bir maqsadga qaratilishidan paydo bo‘ladi. Yashashdan maqsad Allohning rozi qilish bo‘lsa, demak har bir harakatimiz shariatga muvofiq bo‘lishligini taqazo etadi!

Biz bo‘shatib borayotgan har bir tarmoq kufr tomonidan bosib olinyapti. Ayollarimizga beparvo bo‘ldik, kufr ularni hijobiga osildi. Da’vatga bee’tibor bo‘ldik, kufr da’vatga to‘siqlar qo‘yib boryapti. Farzandlarimizga bee’tibor bo‘ldik, ularni kufr namozdan to‘syapti. Kufr bilan Islom hech qachon birlasha olmaydi! Ular bir birini doim poylab ta’qib qilib kelishadi. Bir birini zaiflashtirishga urinib, hayotning har bir jabhasidagi chekinishimiz uni kufrga topshirib borayotganimizni anglatadi. Ya’ni jamiyatdan Islomni chetlab borishidan kufr quvvatlanib boraveradi. Chunki Islom aniq din bo‘lib, undan tashqarida bo‘lgan barcha narsa kufr deb e’tibor qilinadi! Beparvolik taqvosizlikdan kelib chiqadi, birodarlar!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.