Falastin ahli uchun rejimga va uning mag‘lublarcha tutgan yo‘liga qarshi chiqish vaqti keldi

469
0

Falastin ahli uchun rejimga va uning mag‘lublarcha tutgan yo‘liga qarshi chiqish vaqti keldi

Falastin tashqi ishlar vaziri Riyoz Molikiy Oslodan turib, Falastin rejimi qonuniy saylovlar bilan hokimiyatga kelgan «yahudiy hukumati» bosh vaziri bilan muzokara qilishga tayyor ekanini ta’kidladi. O‘z navbatida, Hizb ut-Tahrir – muborak Falastin zamini matbuot bo‘limi ham o‘z bayonoti orqali bunga quyidagicha izoh berdi:

«Chorak asr muqaddam Osloda boshlangan muzokaralar natijalari fojeali bo‘ldi. Bu muzokaralar o‘sha paytdagi tashviqotchilar chaqirgan «Falastin mustaqilligi» orzusiga etishda ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shuningdek, G‘arbiy Sohil aholisini yuraklarini tilka-pora qilib, hayotlarini zaharlayotgan yuzlab to‘siqlardan hatto bittasini olib tashlashga ham ojizlik qildi. Shuncha fojea va muvaffaqiyatsizliklardan keyin ham yahudiylar bilan tuzilgan xavfsizlik kelishuvini «muqaddas» deb bilgan rejim o‘zining yon beruvchi muzokaralarini davom ettirish yo‘lidan ketmoqda. Buning natijasi o‘laroq, mana, Falastin tashqi ishlar vaziri Riyoz Molikiy har qanday saylangan yahudiy hukumati bilan hamkorlik qilish orqali yangi Osloni boshlashga tayyorligini bildirmoqda».

Izohda quyidagilarga diqqat qaratildi:

«Molikiyning bu bayonoti Falastin rahbari Mahmud Abbos rejimi bergan bayonotdan bir necha kun o‘tib paydo bo‘ldi. Bu bayonotda yahudiylarning qurolsiz fuqarolarga zo‘ravonlik qilishlari va erlarni musodara qilib, uy-joylarni muntazam buzishlari e’tiboridan, go‘yo «ular bilan bo‘lgan har qanday shartomani uzish» aytilgan edi… Rejim gumashtalarining yahudiylarga mana shunday chirik muzokaralar bilan yalinishayotganidan, ularning bosqinchi yahudiylar bilan imzolangan xoinona shartnomalardan hech birini to‘xtatmoqchi emasliklari yaqqol ko‘rinib turibdi. Demak, bu hukmdorlarning shartnomalarni rad etishlari jiddiy emas. Bil’aks, bu manzilgoh qurayotgan va muqaddas dargohlarni toptayotgan yahudiylardan ko‘p azob-uqubatlar tortgan o‘z xalqlariga nisbatan bir aldov va manyovrdan boshqa narsa emas! Rejimning bunday sharmandali xatti-harakatidan ko‘rinib turibdiki, u yahudiylarning yangi bosh vazirini saylov muvaffaqiyati bilan tabriklab, G‘azo sohilida o‘zlarining ekspansionistik siyosatlarini yana davom ettirishlariga ruxsat beryapti. Jinoyatkor siyosatlariga aslo qarshi chiqmaslikka, balki faqat orzu qilingan tinchlikning buzilyotganiga yolg‘on ko‘z yosh to‘kib, BMTning mustamlakachi muassasalariga bosh urishda davom etishga va’dalar beryapti».

Bayonot quyidagi so‘zlar bin yakunlanadi:

«Falastin ahli uchun rejim va uning siyosatiga yon berib, taslim bo‘luvchi pozitsiyasiga qarshi baralla hayqirish, yo‘llarini to‘g‘ri tomonga burish va Ummatni yordamga chorlash vaqti keldi. Toki, Ummat o‘zining butun kuch-qudratini safarbar qilib, ushbu muborak zaminni qutqarsin va Rosululloh ﷺning Isro maskanini ozod etsin».

Roya gazetasining 2019 yil 25 sentyabr chorshanba kungi 253-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.