O‘zbekistonga 40 davlatdan 93 nafar bloger taklif qilindi

481
0

O‘zbekistonga 40 davlatdan 93 nafar bloger taklif qilindi

O‘zbekiston hukumati 40ta davlatdan 93 nafar bloger uchun mamlakat bo‘ylab 5 kunlik tur uyushtirdi. Bu kabi turlar avvalda Gruziya, Indiya kabi bir qator mamlakatlar tomonidan ham uyushtirilgan edi.

“O‘zbekiston Osiyo va Yaqin Sharqning taniqli blogerlarini yig‘a oldi”, deydi Maximum Exposure Limited turizm bo‘yicha maslahat berish kompaniyasi asoschisi Sofi Ibbotson.

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev xalqaro festevalga ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan mahalliy va xorijiy bloggerlar bilan uchrashgan edi. Suhbat yakunida “Keyingi yillarda O‘zbekiston dunyoga ochilmoqda va xalqaro hamjamiyatga haqiqatni etkazishga intilish bor. Eng muhimi, muhokama qilish, tanqid qilish mumkin”, degan edi davlat rahbari.

O‘zbekiston xalqaro hamjamiyat oldida, mamlakatda demokratik islohotlar o‘tkazilayotganini ko‘rsatish maqsadida matbuot bilan bir qatorda ijtimoiy tarmoqdagi norasmiy blogerlar xizmatidan ham foydalanmoqchi. Hozirda internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqab borayotgan malumotlar, rasmiy malumotlardan ancha ildamlab ketdi. Ularda rasmiy malumotlardagi kabi bir qator stsenzura va tarqatilayotgan materiallar uchun javobgarlik deyarli mavjud emas. Shuning uchun ijtimoiy tarmoqlar barcha rasmiy matbuot tizimlaridan, malumot tarqatishda ham, ko‘lamining kengligida ham oldinga o‘tib boryapti. Davlat rahbarlarining bu tarmoqqa qiziqib, undan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanmoqchi  bo‘lishayotgani fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Internet bu – Allohning ne’matidir. Undan kufr yoki uning xizmatchilari unumli foydalanishga harakat qilishmoqda. Mirziyoevni ijtimoiy tarmoqdagi milliardlagan odamlarning ra’yi qiziqtiryapti. Chunki xalqaro siyosat ham, mahalliy davlat rahbarlari ham shu jamoatchilik ruhidan tasirlanishadi. Ushbu jamoatchilik ruhi iymoniy muhitni paydo qilsa, jamiyat islomiylashadi. Islom bilan kufr o‘rtasidagi kurash, aynan mana shu jamoatchilik fikri ustida, ya’ni uni o‘z tomoniga og‘dirish maqsadi asosida boradi! Shuning uchun – modomiki biz musulmonlarga da’vat farz ekan – uning eng manfaatli tomonlariga e’tibor qaratishimiz, uslub va manfaatli taktikalar paydo qilish haqida fikr yuritishimiz va da’vat uchun qulay sharoitlar yaratishimiz ham da’vatga aloqador ishlardan hisoblanadi.

Demak da’vat farz bo‘lgani kabi, shar’iy qoidaga muvofiq unga olib boruvchi barcha vositalar ham farzdir. Shuning uchun internetda ijtimoiy tarmoqdagi fikriy etakchilikni kufrga yoki uni himoya qilayotgan saroy blogerlariga topshirib qo‘yishdan ehtiyot bo‘laylik! Ularning maqsadi, o‘z xojalari va hokimiyatda turgan kufr qonuni va qadriyatlarini himoyasi uchun Islom nususlarini ta’vil qilib, musulmonlarni kufrga moyillashtirishdan iboratdir.

Da’vat bu – Allohning dinini oliy qilish uchun bor imkoniyatlarimizni sarflash demakdir. Imkoniyatlarimiz Allohning marhamati bilan juda keng. Ijtimoiy tarmoqlar da’vat olib borishda eng manfaatli tarmoqqa aylanib boryapti, undan manfaatli foydalanish haqida fikrlamaslik musulmon uchun joiz emas!

Abdurazzoq Mo‘’min.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.