Karamushkina BMT va OBSEdan Koʻy-Toshda yuz bergan hodisalarga baho berishni soʻradi

624
0

Karamushkina BMT va OBSEdan Koʻy-Toshda yuz bergan hodisalarga baho berishni soʻradi

Qirgʻiziston Jogorku kenesh deputati Irina Karamushkina parlamentdan BMT va OBSE vakillariga murojat qilib, ularni 7 – 8 avgust kunlari Qoʻy-toshda yuz bergan voqealarga baho berishga chaqirdi.

Karamushkina ashaddiy rossiyaparst siyosatchilardan biri hisoblanadi. U Atambayev Qoʻy-toshdan Rossiyaga uchib borganda unga hamrohlik qilganlarning biri edi. Lekin Putin Atambayevni emas, rasmiy prezident Sooranbay Jeenbekovni tanladi. Shundan keyin ishlar teskarisiga keta boshladi. Oxir oqibat Karamushkina Gʻarbdan yordam soʻray boshladi.

Bu holat rossiyaparast siyosiy elitaning Qirgʻizistonda yoʻq boʻlib yoki oʻzgarib ketganini anglatmaydi. Balki Rossiya oʻziga itdek vafo bilan xizmat qilgan siyosiy guruhni unga qarshi boʻlgan yangi, quvvatliroq va oʻzi uchun qulayroq boʻlgan boshqa bir guruhga almashtirib yuborganini anglatadi xolos. Xalqaro siyosat olamiy mustamlaka siyosatini aynan mana shu mexanizm asosida olib boradi. Ular faqat kuchlilarni tanlashadi. Avvalgilarini esa, keyingilariga tashlab berishadi yoki hamkorlikda amalga oshirgan jinoyatlari uchun ularni oʻzlari jazolashadi. Saddam Husayn, Muammar Qaddofiy, Slobodan  Miloshevich, Husni Mubarak, Muhammad Mursiy, Asqar Akayev, Kurmanbek Bakiyev, Almazbek Atambayev…. va hokazolar bunga ochiq misoldir.

Xalqaro siyosat dunyoni yetakchi davlatlarga mustamlaka qilib beradigan va zayif davlatlarning mustamlakadan qutulishiga yoʻl qoʻymaydigan olamiy boshqaruv sistemasi asosiga qurilgan. Bu olamiy sistemaning quvvati, har bir mamlakatning ichki boshqaruv sistemasini oʻzining mabdasiga (aqidasiga) moslashtirish asosiga qurganligida. Yaʼni BMT singari olamiy tashkilotlar xalqaro qonunlar vositasida dunyoni yetakchi mustamlakachi davlatlarga bogʻlab berish mexanizmi asosida dunyoni boshqarib boradi.

Atambayev komandasi ustida borayotgan zulmlar, ularning mamlakatga yetkazgan milliardlagan dollar zararlari yoki boshqa jinoyatlari ustida borayotgani yoʻq, korruptsiya hozirgi hukumat tomonidan avvalgidek davom etayapti. Aksincha bularning deyarli barcha jinoyalari tashqi davlatlar bilan hamkorlikda, ularning qoʻllovi ostida amalga oshiriladi. Muammo saltanat Atambayevning qoʻlidan chiqib ketishi bilan boshlandi. Demak yetakchi guruhlar xalq ularga ishonib topshirgan saltanatdan oʻz manfaatlari yoʻlida va yetakchi davlatlar qoʻllovi yoki taʼsiri ostida ularning manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoʻlida foydalanishadi. Aks holda ularga qarshi, ularning davlati va xalqiga qarshi repressiv harakatlar boshlab yuborishadi.

Karamushkina Rossiyaning koʻrsatmasi yoki ruxsati bilan borayotgan repressiv jarayonlar mexanizmini juda yaxshi biladi. Shuning uchun u Rossiyaga taʼsir qila olishi mumkin boʻlgan quvvatga, yaʼni BMT mexanizmi vositasida xalqaro siyosatga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan Gʻarb sistemasiga murojaat qildi.

Lekin olamiy boshqaruv sistemasi oʻzgarmasa, mahalliy siyosatlarda hech narsa oʻzgarmaydi. Chunki Gʻarb olami oʻzaro kelishib olingan rasmiy xalqaro qonunlarni Qirgʻiziston uchun buzmaydi, Rossiya bilan ham kurashga kirmaydi. Olamiy zulm faqat inqilob yoʻli bilan, yaʼni kufr zulmi ostida olib borilayotgan xalqaro siyosatni oʻzgartirib, Islomiy mabdaiy boshqaruv sistemasini barpo qilish bilangina oʻzgaradi. Buning uchun Islom Ummati olam ustidagi oʻz javobgarligini his qilishi kerak. U nafaqat musulmonlar, balki insoniyat ustidan javobgardir! Shuning uchun har bir musulmon, Islomni hayotga qaytarish maqsadida olamga shu javobgarlik nazari bilan qarashi kerak! Dunyoda boʻlayotgan voqea hodisalardan boxabar boʻlib, ularni keltirib chiqarayotgan sabablari, kasofatlari va bartaraf qilish yoʻllarini bayon qilish bilan Ummatning olam oldidagi sharʼiy javobgarligini his qildirib borish daʼvatning asosi boʻlishi lozim. Aks holda, botqoqqa botgan odam singari harakat qilaveramiz, ammo botqoqdan qutulish oʻrniga, aksincha harakatimi tufayli botqoq bizni oʻz domiga tortib boraveradi.

Abdurazzoq Moʻʼmin.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.