Inson huquqlari, soʻz erkinligi va insonparvarlik missiyasi yaltiroq shiorlar va nopok niyatlardir

939
0

بِسْمِ اللهِ الرَّحْمٰنِ الرَّحِيمِ

Inson huquqlari, soʻz erkinligi va insonparvarlik missiyasi yaltiroq shiorlar va nopok niyatlardir

Sputnik veb-sayti (hijriy 1440 yil 26 zul-hijja, milodiy 2019 yil 2 avgust seshanba kuni) nashr qilgan xabarda bunday deyiladi:

“Dushanba kuni amerikalik bir rasmiy – Qoʻshma Shtatlar Sudanni terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatidan chiqarishdan oldin, Sudandagi yangi oʻtish davri hukumatining inson huquqlariga, soʻz erkinligiga amal qilish-qilmasligini hamda insonparvarlik missiyachining kirishiga yordam berish-bermasligini albatta tekshiradi, dedi.

Reyterning ushbu xabariga koʻra, Tashqi ishlar vazirligidagi ismi sir qolishini shart qilgan bu rasmiy, jurnalistlarga Sudan yangi Bosh vaziri Abdulloh Hamduk Amerikaning asosiy aloqachisi boʻlajagini ochiqladi. Biroq uning izohlashicha, amerikalik diplomatlar – Hamidatiy deb tanilgan hamda ilgari tezkor xavfsizlik xizmatini boshqargan Harbiy Kengashning sobiq raisi sudanlik general Muhammad Hamdon Daqlu bilan ham aloqa qilishadi.

Rasmiy yana qoʻshimcha qildi: “Bosh vazir Hamduk hamma ishlar toʻgʻri ketayotganini aytdi, shu bois biz shu shaxs bilan aloqa qilamiz. Uning hukumati shu paytgacha yuqorida aytilgan narsalarga amal qilib keldi. Bu yogʻiga amal qilish-qilmasligini tekshiramiz”.

Iqtisodchi ekspert Hamduk oʻtish davri hukumati bosh raisligi uchun qasamyodga keltirildi… Sudanda barqarorlikni roʻyobga chiqarish va iqtisodiy krizisni hal etishga vaʼda berdi”.

Roya gazetasi sharhi:

Hamduk bayonoti bu hukumatning harbiy va fuqaroviy ikki qanoti basharasini odamlarga ochib bermoqda. Ha, bu hukumat hali biror ishni qilmasidanoq oʻz omadsizligini isbotlamoqda… Ummat dinini sariq chaqaga olmasligini koʻrsatyapti. Masalan, Jahon Banki va Xalqaro Valyuta Fondi kabi sudxoʻr muassasalar bilan muloqot olib borish Sudanga yanada qashshoqlik olib keladi, boshqa narsa olib kelmaydi. Ustiga-ustak, yurt boyliklari bilan aktivlarini shu muassasalarga va ular ortida turgan mustamlakachi davlatlarga garov qilib beradi, oʻzlarining mustamlakachilik, manfaatparastlik maqsadlarini amalga oshirishlariga yordam beradi.

Sudanning Vashingtonning “terrorizm”ni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatidan chiqarilishi masalasi ham shunday. Chunki bu roʻyxatdan chiqish uchun AQShning Islomga qarshi kurashiga qoʻshilishi kerak. Bu kurash esa, Islom va musulmonlarni bostirish, quvgʻin qilish hamda shaxslar, hizblar va xalqlarning Ummatni Islom asosida uygʻotib, uni talab qilishdan taqiqlash, taʼlim dasturini oʻzgartirishdan iborat. Chunki bu dastur oʻzgartirilsa, farzandlarimiz Gʻarbning razil madaniyatini olishadi, Islom va ahkomlari taʼlimidan mahrum boʻlishadi. Eng muhimi, bugungi kunda Vashington bilan yaxshi munosabatda boʻlib, soʻzidan chiqmaslikni istagan har bir davlat zimmasida, yahudiy vujudi bilan munosabatlarni normallashtirish vazifasi turibdi.

Qachon Sudan ahli siyosiy sahnaning mohiyatini anglab, oʻzlariga qarshi dushmanlar kuchli til biriktiruv olib borayotganini anglasalar, qoʻzgʻolonlarini qaytadan oppoq sahifa bilan boshlashlari va oʻzgarish shiorini baland koʻtarishlari kerak boʻladi. Albatta, bu Islom asosida hamda Paygʻambarlik minhoji asosida ikkinchi roshid Xalifalik davlati soyasida amalga oshadi.

Roya gazetasining 2019 yil 4 sentyabr chorshanba kungi 250-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.